Ishdan maqsad: Talabalarda funktshiya masteri fx dan foydalanib formulalar kiritish va undan foydalanish, shuningdek trigonometrik funktsiyalar (SIN, COS, TAN, ACOS va boshqalar) bo’yicha bilim va malakalarni hosil qilish.
Kerakli jihozlar: Kompyuter.
1. Ustun va qator qiymatlari yig’ndisini hisoblash.
Xuddi shu tarzda A1:E1 kataklarga 1, 3, 5, 7, 9 qiymatlar kiritilsin;
F1 katakka =СУММ(A1:E1) formulani kiriting;
Shu =СУММ(A1:E1) formulani E4 va F3 kataklarga ham kiriting;
Quyidagi natijani olamiz:
2. Soha qiymatlari yig’ndisini hisoblash.
A1:F5 soha kataklariga turli qiymatlar kiritilsin;
H4 katakka =СУММ(A1:F5) formulani kiriting;
Quyidagi natijani olamiz:
3. Sohalar va ular birlashmasi qiymatlarini yig’ndisini hisoblash.
B1:C7 hamda C5:D10 soha kataklariga 1 qiymati kiritilsin;
B1:C7 hamda C5:D10 sohalar kataklaridagi qiymatlar yiq’indisini hisoblash uchun F2 katakka =СУММ(B2:C7;C5:D10) formulani kiritamiz. Yig’indi 24 bo’ladi;
B1:C7 va C8:C10 hamda D5:D10 sohalar, ya’ni B1:C7 hamda C5:D10 sohalar kesishmasini bir marta hisoblash orqali kataklaridagi qiymatlar yiq’indisini hisoblash uchun F6 katakka =СУММ(B2:C7:C5:D10) formulani kiritamiz. Yig’indi 21 bo’ladi.
C5:C7 soha, ya’ni B1:C7 hamda C5:D10 sohalar kesishmasi kataklaridagi qiymatlar yiq’indisini hisoblash uchun F10 katakka =СУММ(B2:C7 C5:D10) formulani kiritamiz. Yig’indi 3 bo’ladi;
Quyidagi natijani olamiz: