5- amaliy mashg‘ulot. Talab va taklif elastikligi


Talab funksiyasi quyidagi ko‘rinishda berilgan: Q



Yüklə 84,01 Kb.
səhifə3/4
tarix18.05.2023
ölçüsü84,01 Kb.
#115947
1   2   3   4
5- amaliy mashg‘ulot. Talab va taklif elastikligi

7. Talab funksiyasi quyidagi ko‘rinishda berilgan:
QD=60-4P
Ne’matning narxi necha so‘mga teng bo‘lganda, elastiklik koeffitsienti -2 ga teng bo‘ladi?
;
-120+8 P =-4P
-120=12P
P=10
8. Tovarning narxi 300 so‘mdan 330 so‘mga ko‘tarildi.Tovarning narxi 300 so‘m bo‘lganda, nuqtaviy talab elastikligi -2 ga teng edi. Tovarning narxi ko‘tarilganda unga bo‘lgan talab hajmi 1200 donani tashkil qiladigan bo‘lsa, boshlang‘ich talab hajmi qancha bo‘lganligini aniqlang? Yechimi:
demak Q1 ni noma’lum deb hisoblab formulaga qo‘yamiz:



9. Nonning narxi 300 so‘mdan 360 so‘mga ko‘tarildi. Nonning narxga bog‘liq talab elastikligi -1/3 ga teng. Iste’molchilarning nonga bo‘lgan xarajati qanday o‘zgaradi?
bu erdan ni topib olamiz
SHuning uchun demak, iste’molchilarning nonga bo‘lgan xarajatlari 12% ga ko‘tarilar ekan.
10. Tovarga bo‘lgan talab funksiyasi chiziqli. Ma’lum bo‘lishicha, Q=20 bo‘lganda narxga bog‘liq talab elastikligining absolyut ko‘rsatkichi 2 ga teng. Talab hajmining maksimal qiymatini aniqlang.
Yechimi:
Q=a-bP bu erda a va b noaniq parametrlar. Masalaning sharti bo‘yicha biz a parametrni topib olishimiz kerak chunki talab hajmi P=0 da maksimal bo‘lib uning qiymati a parametr qiymatiga teng bo‘ladi
bu erdan bP =40 ga teng.
Q D=20=a-40
a=60
11. Tovarga bo‘lgan talab funksiyasi chiziqli. Ma’lum bo‘lishicha, talab hajmi Q=30 ga teng bo‘lganda narxga bog‘liq nuqtaviy talab elastikligi moduldan chiqarilganda 2 ga, tovarning narxi P=25 ga teng bo‘lganda esa, elastiklik koeffitsienti 1 ga teng. Talab funksiyasini toping.
Yechimi:
Bizga ma’lumki, chiziqli talab funksiyasi formulasi
Q=a-bP. Bu erda, a va b parametrlar noaniq parametrlar. formulasidan foydalanib a parametrni topib olamiz. ; bP.=60
30=a-60
a=90.
1= b×25/(90-b25)
b=1.8
Demak, talab funksiyasi QD=90-1.8P ko‘rinishida bo‘ladi.
Mustaqil ishlash uchun masala va topshiriqlar



  1. Jahon bug‘doy bozorida bozor o‘zining muvozanat holatiga yaqin holatda. Bug‘doyga talab chiziqli bo‘lib, 2000 mln. kg.ni tashkil qiladi. Bir kg. bug‘doyning narxi 500 so‘m. Bug‘doy narxiga bog‘liq talab elastikligi koeffitsenti -1.5, taklif elastikligi esa +0.8 ni tashkil qiladi. Tabiiy iqlim sharoitining o‘zgarishi natijasida taklif hajmi 20% ga qisqardi.

A)Bug‘doyning muvozanat parametrlari aniqlansin.
V)Fermerlarning o‘zgargan daromadlari hisoblansin.



  1. Agar barcha ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish imkoni bo‘lsa mahsulot narxi 10% ga ortsa umumiy tushum hajmi 8% ni tashkil qilishi mumkinmi?

  2. Bozordagi go‘shtga talab funksiyasi quyidagicha: QD=25 000-20P go‘sht narxi qanday oraliqda bo‘lganda talab elastiklik bo‘ladi?

  3. Taklif funksiyalari berilgan:


Tovar taklifi qaysi narxdan boshlab elastik bo‘ladi?



  1. SHakar bozori muvozanat holatga yaqin. Har kuni 360 tonna shakar P=1500 so‘m narxda sotiladi. SHakar narxi 20 foizga oshsa, taklif 15 foizga oshadi. SHakarning chiziqli taklif funksiyasi aniqlansin.

  2. “Qora marvarid” vinosiga bo‘lgan taklif va talab chiziqli. 2008- yilda 1 shisha vino 3600 so‘m bo‘lganda, unga bo‘lgan bir kunlik muvozanat talab 20000 shishani tashkil qildi. Narx bo‘yicha talab elastikligi -1,5 va narx bo‘yicha taklif elastikligi 0,6. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta’siri natijasida “Qora marvarid” vinosiga bo‘lgan talab 20 foizga qisqardi.

Aniqlansin:
a) “Qora marvarid” sotish qanchaga qisqargan?
b) “Qora marvarid” vinosi sotuvchilarining daromadlari qanchaga kamaygan?

  1. A tovarning talab funksiyasi berilgan:


Bu erda: PA-A tovar narxi,
PB-B tovar narxi.
Agar PA 10 so‘m va PB 50 so‘m bo‘lsa. A tovarga bo‘lgan talabni B tovar narxiga ko‘ra kesishgan talab elastikligi aniqlansin.

  1. Mahsulotining narxi 10%ga ko‘tarilganda firmaning pul tushumi 32%ga oshdi. Agar barcha taklif qilingan tovarlarni sotish imkoni bor degan shart qo‘yilsa, u holda nuqtaviy taklif elastiklik koeffitsentini hisoblang.

  2. Sigaret mahsulotiga bo‘lgan taklif funksiyasi quyidagi tenglama orqali berilgan:


Muvozanat narx PE = 1000 so‘mga teng. Har bir sigaret qutisiga 100 so‘m soliq belgilandi. Agar talabni narxga ko‘ra elastikligi-2 ga teng bo‘lsa, sigaret bozorining muvozanat parametrlari va talab funksiyasi (chiziqli) aniqlansin. Soliq yukini iste’molchi va ishlab chiqaruvchi zimmasiga to‘g‘ri keladigan miqdori hamda “jamiyatning yo‘qotishi” topilsin.



  1. Biron tovarga taklif funksiyasi QS= -4+2P, talab funksiyasi esa QD=14-2P ko‘rinishda berilgan. Davlat tomonidan soliq qo‘yilgandan keyin muvozanat hajm 2 birlikni tashkil etdi. Davlat tomonidan qancha soliq qo‘yilgan va jamiyatning sof yo‘qotishini toping?

  2. O‘zbekiston sovun bozoridagi “YAngi yo‘l” sovuniga talab funksiyasi QD=1700-2P, taklif esa QS=-100+P ko‘rinishida berilgan. Soliq stavkasi qanday qilib qo‘yilsa umumiy olinadigan soliq tushumi maksimal bo‘ladi?

  3. Sotilayotgan mahsulot narxi 10 %ga orttirilgandan so‘ng elastiklik E= -3 ga teng bo‘lsa, sotuvchining foydasi qanday o‘zgaradi?

  4. Talab funksiyasi quyidagicha berilgan: QD=24000-6P

Aniqlansin:

  1. Talab elastik iligi.

  2. Narx qanday bo‘lganda elastiklik EDP= -0.5 ga teng bo‘ladi.

  3. Narx 2000 va 3000 oralig‘idagi qaysi qiymatda elastiklik maksimal bo‘ladi.

14. Haridorlar ‘NOKIA 2626’ telefonini jadvalda ko‘rsatilgan narxdan yuqori bo‘lmagan narxda sotib olishga tayyor

Haridor

A

B

C

D

Narx(ming.so‘m)

80

90

100

110

  1. bozorning umumiy talab shkalasi aniqlansin.

  2. Bozordagi talab elastikligi qanday o‘zgaradi, agar narx 102 dan 110 ga qadar oshsa?




Yüklə 84,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin