5 – Amaliy mashg’ulot
MIM-7 va MIM-8 METALLOGRAFIK MIKROSKOPLARNING TUZILISHINI O’RGANISH
Umumiy ma’lumotlar:Talabalarni metallografik mikroskoplarni tuzilish va ishlashi bilan amaliy jihatdan tanishtirishdir.
Nazariy qism:Metal va qotishmalarning strukturasini tekshirish uchun metallografik mikroskoplardan foydalaniladi. Metallografik mikroskoplarning biologik mikroskoplardan farqi shundaki, metallografik mikroskoplarda
qaytgan nurlar asosida, biologik mikroskoplarda esa o’tgan nurlar asosida strukturalar tekshiriladi.
Hozirgi vaqtda 1500 martagacha kattalashtiradigan vertikal Mir- 46 MIM- 7, MMU- 3 va gorizontal MIM-8 markali metallografik mikroskoplar ishlatiladi.
Metallografik mikroskop yordamida tekshiriladigan, masalan AV jism(shlif) linzalar sistemasidan iborat bo’lgan ob’ektiv oldiga qo’yiladi. Shlifdan qaytgan va ob’ektivdan o’tgan nur sinib xaqiqiy tuzilishning kattalashtirgan aksini «A», «V»ni beradi. Tekshiriladigan shlif okulyar yordamida kuzatiladi. Ob’ektivdan xosil qilingan optik tasvirini okulyar to’g’rilaydi va mavhum kattalashtirilgan tasvirni xosil qiladi. Tasvir normal odam ko’zi uchun qulay bo’lgan 250mm masofada proektsiyalanadi.
Ko’z bilan qaraganda mikroskopning umumiy kattalashtirishning ob’ektiv bilan okulyar birga xosil qiladi.
m
v -mikroskopning
kattalashtirishi;
vok -okulyarning kattalashtirishi;
vob -ob’ektivnikattalashtirishi;
Fok .
Fob -okulyar va ob’ektivning
fokus aro masofasi, mm.
l -tubusning optik uzunligi;
250- kuzatish burchagining normal masofasi, mm. maksimal foydali kattalashtirish.
Bu shunday kattalashtirish bo’lib, kuzatiladigan namuna tasviri yaxshi ko’rinadi.
Max
d1
d
Mikroskop ostida aniq ko’rinadigan eng kichik zarrachaga mikroskopning ko’ra olish qobiliyati deyiladi. Optik sistemaning maksimal ko’ra olish qobiliyati difraktsiya shartidan aniqlanadi.
Odatda xavo muxitida (
n 1,0 ) oddiy quruq ob’ektivb bo’lgan mikroskopda
kuzatish olib boriladi. Katta kattalashtirishga erishish uchun imersiyali muxit sifatida n =I,5 bo’lgan kedr moyi qo’llaniladi. U xolda optik sistemaning ko’ra
olish qobiliyati