Maqsadga intilish xususiyati. Har qanday murakkab tizim maqsadga intil-gan bo‘ladi. Maqsadga intilish tizim ichida dasturlangan bo‘ladi. Murakkab tizim avtonom ravishda ishlay oladi va muayan maqsadga intiladi. Agar tizim maqsadga intilmasa, demak u murakkab tizim emas, aksincha, sodda tizim.
Murakkab tizimda qaror qabul qiluvchi yoki boshqaruvchi quyi tizim yoki gomeostazis xususiyati mavjud bo‘ladi.
Murakkab tizim qarorlar qabul qilish mexanizmi orqali yoki avtomatik tarzda yoki muvozanatga tortuvchi kuch yorda-mida boshqarilishi mumkin.
Avtomatik tarzda boshqariladigan murakkab tizimlar kibernetik tizimlar bo‘lib, kibernetika tomonidan o‘rganiladi va mazkur darslik doirasida ko‘rilmaydi.
Agar A tizimi B tizimning quyi tizimi bo‘lsa, u holda B tizimi yuqori tizim deyiladi. Odatda yuqori tizimni tashqi muhit deb ham atashadi.
1-rasm. Murakkab tizimning elementlari, uning yuqori va quyi tizimlari.
Tizimning funksional modeli – tizimning maqsad (ya’ni endogen) ko‘rsat-kichlarini ularga ichkaridan, hamda tashqaridan ta’sir etuvchi (ya’ni ichki omilli va tashqi omilli) ko‘rsatkichlar bilan bog‘lovchi mantiqiy, matematik hamda statistik qurilmalar majmuasi.
Ob’ekt murakkab tizim sifatida namoyon qilinganda, uning tizimli tahlil uchun muhim hisoblangan tarkibiy qismlari tizim elementlari deb nomlanadi.
Ob’ektning muhim bo‘lmagan qismlari tizimda aks ettirilmaydi. Har qanday murakkab tizim tuzilma shaklida bir-biri bilan bog‘langan elementlardan tashkil topgan bo‘ladi.
2-rasm. O’rganish obyektini tizim sifatida namoyon qilish, tizim va uning komponentlari.