1-ish. Botrik (ratsemoz, noaniq, yongulli) oddiy va murakkab to‘pgullar. Ishning borishi: to‘pgullarning barcha shakllari va ularning xilma – xilligini o‘rganish. Botanika bo‘yicha o‘quv dala amaliyoti davrida yig‘gan gerbariy misolida bo‘ladi. To‘pgullarning barcha turlarini chizish.
Ratsemoz (botrik) ochiq to‘pgullarning quyidagi tuzilishi mavjud.
Oddiy to‘pgullar. Asosiy o‘qda navbat bilan sezilarli, tartib bilan o‘sib boruvchi to‘pgullar tipda gulbandlarda gullar joylashadi (yovvoyi sholg‘om, may marvaridguli, ko‘pchilik ayiqtovon, qoraqat, oddiy cheremuxa).
Oddiy boshoq. Asosiy poyada tartib bilan bandsiz gullar joylashadi (zubturum).
So‘ta. Yo‘g‘onlashgan asosiy poyada bandsiz gullar joylashadi. So‘ta o‘raluvchi barglar yoki qanotlar bilan ta’mirlanib bo‘ladi (makkajo‘xori).
Boshcha. Yumaloq asosiy o‘qda kalta bandli yoki bandsiz gullar to‘plami joylashadi (sebarga).
Qalqon. Pastki gullarning bandi uzun bo‘lib, ustki yuzasi teng bo‘ladi (oddiy nok).
Oddiy soyabon. Asosiy o‘q qisqargan, barcha gullarning gul bandlari xuddi uning uchidan chiqqandek ko‘rinadi va deyarli bir xil uzunlikda bo‘ladi (gilos, piyoz, boychechak)
Savatcha. Umumiy o‘ram hosil qilib, aylanadi, gullar o‘sib ketgan gul o‘rnida joylashadi. Chetki va o‘rta qismida joylashuvchi gullarning differensiatsiyasi xarakterli (kungaboqar, qoqio‘t, astradoshlar oilasi vakillari) (63-rasm).
Botrik (ratsemoz) murakkab gullar.