5- mashg`ulot gulning tuzilishi, gul formulasi va diagrammasini o’rganish. To’pgullar xillari. Changlanish va urug’lanish. Qo’sh urug’lanish jarayoni



Yüklə 3,68 Mb.
səhifə1/7
tarix21.10.2023
ölçüsü3,68 Mb.
#158739
  1   2   3   4   5   6   7
5-amaliy mashg`


5- MASHG`ULOT
GULNING TUZILISHI, GUL FORMULASI VA DIAGRAMMASINI O’RGANISH. TO’PGULLAR XILLARI. CHANGLANISH VA URUG’LANISH. QO’SH URUG’LANISH JARAYONI
O’qitish jihozlari: tirik yoki fiksatsiyalangan gullar, kartoshka, olcha gullarining maketlari, har xil tirik gullar vazilin, okulyar – obyektiv, mikrometrlar, saxaroza, 0,2% agar-agar, 0,001 bor kislotasi, doimiy preparatlar, reaktivlar, , mikroskop, lupa, chizuvchi apparat, pintset, lezviya, britva, qaychi, skalpel, preparoval igna, buyum va qoplag’ich oynalar, salfetka, suv, darsliklar, qo’llanmalar va jadvallar.
Topshiriqlar:

  1. Yopiq urug‘lilarda gulning tuzilishini o’rganish.

  2. Gul formasi va diagrammasini o’rganish.

  3. Olma gulining tuzilishini o’rganish.

  4. No‘xot gulining tuzilishini o’rganish.

  5. Kashtan gulining tuzilishini o’rganish.



1 – ish. Yopiq urug‘lilarda gulning tuzilishi.
Ishning borishi. Yopiq urug‘lilarning o‘simliklarda gul – o‘sishi cheklangan, qisqargan, shoxlanmaydigan poya bo‘lib, jinsiy ko‘payish sababli metamorfozga uchragan va undan urug‘ hosil bo‘lishi organdir.
Gul o‘z o‘rnida tugaydi ya’ni yon yoki asosiy poya juda qisqargan va hech qachon barglarda hosil bo‘lmaydi. Gul o‘qi (uning qisqargan poya qismi) gul o‘rni deyiladi. Unda gulning barcha qismlari birlashadi.
Gul o‘rni biroz kengaygan, yassi, ayrimlarda konussimon (ayiqtovon, maymunjon), uzunchoq cho‘zilgan (gravilat, sichqondum) yoki teskari bo‘rtiq (atirgul, gilos, olxo‘ri) bo‘lishi mumkin.
Gul qismlari joylashadigan gul o‘rni gul bandida joylashadi: u ba’zan deyarli rivojlanmagan va bunday gul o‘troq gul deyiladi (ayrim sebargalarning to‘pgulidagi gullar, astradoshlarning savatchasidagi gullar).
Bir urug‘pallalilarda gul oldi bargcha gulband tomondagi qoplovchi barg qarshisida joylashadi. Ikki urug‘pallalilarda gul oldi bargcha 2 ta bo‘lib, qoplovchi barg va asosiy o‘qdan chapda gulband joylashadi. Ayrim ikki urug’pallalilarda gul oldi bargcha juda ko‘p bo‘ladi (yapon kameliyasida). Gul oldi bargcha bo‘lmasligi oila, alohida turkum va turlar uchun xos bo‘ladi. Gullardagi poyada joylashgan qoplovchi bargga qaragan gulning tomoni oldingi yoki pastki yoki abaksial deb atalsa, poya o‘qida qarama – qarshi joylashgani keyingi yoki abaksial yoki adalsial deb nomlanadi. Gulning o‘rtasidan va qoplovchi bargning o‘rta tomiridan o‘tuvchi, vertikal yassilik o‘rta tomiridan o‘tuvchi vertikal yassilik o‘rta yoki median, gul o‘rtasiga to‘g‘ri burchak ostida o‘tadigan yassilik ko‘ndalang yoki transversal yuza deyiladi.
Tipik to‘liq gul quyidagi qismlardan iborat (pastdan yuqoriga). Gulkosa odatda yashil, uncha katta bo‘lmagan va erkin yoki qo‘shilgan kosachabarglardan iborat. Tojbarg ancha yirik, turli ranglarda (yashil emas), bir nechta erkin yoki o‘sib ketgan yaproqlardan iborat. Changchi yoki mikrosporofillarning yig‘indisi androtsey deyiladi. Har bir changchi changchi ipi va changdondan iborat. Changdonda chang deb nomlanadigan mikrosporalar etadi. Urug‘chi bir yoki bir necha urug‘chibarglardan yoki megasporafillardan hosil bo‘lgan bo‘lib, ginetseyni hosil qiladi. Urug‘chi tumshuqcha, ustuncha va tugunchadan iborat. Tugunchaning yo‘g‘on qismida urug‘kurtakning ichida megasporangiy joylashadi. Agar ustuncha rivojlanmagan bo‘lsa tumshuqcha o‘troq deb nomlanadi (tugunchada) (59 - rasm).






Yüklə 3,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin