1-ish Asosiy to‘qimalar O‘simlik organlarining ko‘pchilik qismi yirik, hujayra devori yupqa, modda almashinish jarayonida aktiv ishtirok etuvchi hujayralardan tashkil topgan. Bu guruh hujayralar o‘simlik organlarida birlamchi va ikkilamchi meristema hisobidan hosil bo‘ladi va ular asosiy to‘qimalardeyiladi. Bu to‘qima tashqi tomondan qoplovchi to‘qima bilan o‘ralgan va uning oraliqlarida mexanik, o‘tkazuvchi va shu kabi boshqa to‘qimalar elementlari joylashgan. Asosiy to‘qima hujayralari parenxima, ya’ni ko‘pincha yumaloq ko‘pburchak shaklida bo‘ladi. Hujayra po‘sti yupqa sellyulozadan tuzilgan, ba’zan qalinlashgan va yog‘ochlangan. Asosiy to‘qima hujayralari orasida har xil shaklda va kattalikda bo‘lgan hujayralararo bo‘shliqlari mavjud.
Asosiy to‘qimalar ko’pincha o‘simliklar uchun oziqlantiruvchi vazifani o‘taydi. Bajaradigan vazifasi va joylanishiga ko‘ra asosiy to‘qima quyidagi qismlarga bo‘linadi:
So‘ruvchi (shimuvchi) parenxima. Bu parenxima ildizning so‘rish mintaqasida joylashgan bo‘lib, u ildiz tuklari hamda birlamchi po‘stloqning yosh parenxima hujayralaridan iborat. Bu parenxima tuproqdagi suv va unda erigan mineral moddalarni so‘rib olib ildizning markaziy silindridagi o‘tkazuvchi to‘qimalarga yetkazib beradi.Epiblemayokirizodermadaildiztuklariorqaliildizgasuvvaundaeriganmoddalarnituproqdanshimibolinadi. Velamen orxideyalarninghavoildizlaridao’tayaxshitaraqqiyetgan. G’alladoshlarmurtagidagiqalqonningso’ruvchiqavati ham muhimvazifanibajaradi.
Assimilyatsion parenximayoki xlorenxima. Xloroplastlari bo‘lgan asosiy to‘qima assimilyatsion parenxima deb ataladi. Bu parenxima asosan o‘simlik barglarida, o‘t o‘simliklarning poyalarida daraxtsimon o‘simliklar poyasining birlamchi parenximasida, felloderma hujayralarida, epifit o‘simliklarining havo ildizlarida va yashil mevalarida bo‘ladi. Bu to‘qima hujayralarida fotosintez jarayoni bo‘lib turadi.
Barg xlorenximasining hujayralari har xil tuzilgan. Yuqori epidermis ostida joylashgan hujayralari ko‘pincha uzunasiga cho‘zilgan, prizmatik, barg yuzasiga perpendikulyar va zich joylashgan bo‘lib, u ustunsimon yoki palisad parenxima deyiladi. Bu hujayralarda xloroplastlar ancha ko‘p bo‘lib, fotosintez intensiv o‘tadi.
Barg xlorenximasining ikkinchi qismi bargning ostida joylashgan, bu yerda hujayralar izodiametrik shaklda bo‘ladi, bu hujayra oraliqlarida bo‘shliqlar ko‘p. Natijada hujayralar siyrak joylashadi. Buni bulutsimon parenxima deyiladi. Bu hujayralarda xlorofillar bo‘lsa ham unda asosan transpiratsiya va gaz almashinuv jarayoni kechadi. Fotosintez esa uning ikkinchi darajali vazifasi hisoblanadi.
Qarag‘ay ninabargidagi xlorenxima hujayralarining yumaloq po‘sti har tomonlama burmali yoki qatlamli bo‘ladi. Shuning uchun bu xlorenxima burmali xlorenxima deyiladi.
G‘amlovchi parenxima. Bu parenxima hujayralarida kraxmal, yog‘, oqsil va vitaminlar kabi zaxira oziq moddalar to‘planadi. Bunday to‘qima urug‘li o‘simliklarning hamma organlarida bor. Urug‘lardagi g‘amlovchi hujayralarda ularning po‘sti ba’zan qalinlashgan bo‘ladi.
Suv g‘amlovchi parenxima. Bunday parenxima hujayralarida suv g‘amlanadi va ular ko‘pincha qurg‘oqchilik sharoitida o‘sadigan kserofitlarda ko‘p uchraydi. Kaktus, agava, aloe, qizilsho‘ra, anabazis, qora saksovul kabi o‘simliklar shular jumlasidandir.
G‘amlovchi parenxima hujayralari sitoplazmasi va ularning vakuolalarida shilimshiq moddalar bor, ular suvni saqlaydi hamda hujayralardagi suvdan foydalanishni tartibga soladi.
2-ish. Ajratuvchito’qimalar. Ishning borishi. Sekret (lot. sekresio-ajrataman) chiqaruvchi yoki ajratuvchi to’qimalarga tuzilishi har xil bo’lgan, ixtisoslashgan hujayralar kiradi. Bu hujayralarda modda almashinuvi natijasida kimyoviy tarkibi har xil bo’lgan moddalar hosil bo’ladi. Tashqarida sekret chiqaruvchi to’qimalar bezsimon tuklar, nektar, gidatodlar shaklida bo’ladi. Bezsimon to’qimalar yoki trixomalar epidermadan yuzaga keladi (16-rasm).
Nektarlar o’zidan qandli suyuqlik – nektar chiqaradi va hasharotlarni jalb etadi. Nektarlarni ajratuvchi hujayralari quyuq sitoplazmaga ega bo’lib, modda almashinuvida faol qatnashadi.
16-rasm. Primula (Primulasinensis) bargininggidatodasiniuzunasigakesmasi: m – traxeidlar; m – hujayrarobo’shliqlar; x – xlorofillihujayralar; k – qobiq;
z – tutashtiruvchihujayra; e – parenxima.
Ba’zan tashqariga sekret chiqaruvchi to’qimalar dag’al bezlar shaklida bo’ladi, ularga emergenslar deb ataladi. Emergenslar hosil bo’lishida epidermadan tashqari, ichki to’qimalar ham qatnashadi (17-rasm).
17-rasm. Bezchalituklar: 1, 2, 3 – pelargoniyaningbarginibandi (Pelargoniumzonale); 4, 5 –qoraqatni (Ribesnigrum) bargyaprog‘i; 1 va 2 – sekret (efirmoyi); 3 – kutikulayirtilishi; 4 va 5 – spirtbilantukchalardanefirmoyiajratibolingan.
Savol va topshiriqlar: Ajratuvchi to’qimalarni aniqlab, belgilash va rasmi chiziladi.