5 – mavzu Devorbop materiallar ishlab chiqarishdagi innovatsion texnologiyalar Reja


Turi bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə2/4
tarix10.07.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#136292
1   2   3   4
5 – mavzu Devorbop materiallar materiallar ishlab chiqarishdagi innovatsion texnologiyalar

Turi bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi:

  • Sopol va silikat g‘isht va toshlar;

  • Massasi 4,4 kgdan ko‘p bo‘lmagan to‘liq va ichi kovak g‘isht;

  • Massasi 16 kgdan ko‘p bo‘lmagan ichi kovak beton va tabiiy toshdan to‘liq toshlar;

  • Massasi 40 kgdan ko‘p bo‘lmagan tog‘ jinsidan ichi kovak va to‘liq bloklar, sopol, silikat va beton bloklar.

Foydalanishiga ko‘ra tosh materiallari quyidagilarga bo‘linadi:

  • Tashqi va ichki devorlarni qurish uchun oddiy;

  • Bino va inshoatlarning devorlarini pardozlashda foydalaniladigan – yuza uchun.

Foydalaniladigan xom ashyosi va tayyorlash usuliga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:

  • Giltuproq, trepel, diatomit va boshqa xom ashyodan plastik yoki nimquruq usulda presslab tayyorlanadigan va qizdirib pishirilganda sopolga aylanadigan;

  • Ohak va qumni yoki boshqa kremnezetarkibli va ohaktarkibli komponentlarni presslab tayyorlangan va avtoklavda qotadigan;

  • Mineral bog‘lovchi (sement, ohak, gips bog‘lovchisi, shlak va boshq.) g‘ovak yoki zich to‘ldiruvchilardan tashkil topgan qorishmani tabiiy yoki issiqlik ishlovi berish natijasida qotuvchi;

Tabiiy tog‘ jinslarini kesib tayyorlangan buyumlar.

Zichligi bo‘yicha (kg/m3) tosh materiallari quyidagilarga bo‘linadi:

  • O‘ta yengil (600gacha);

  • Yengil (600...1300);

  • Yengillashtirilgan (1300... 1600);

  • Og‘ir (1600...2200).

Issiqlik o‘tkazuvchanligi bo‘yicha tosh materiallari quyidagilarga bo‘linadi:

  • Issiqlik o‘tkazuvchanligi past;

  • Issiqlik o‘tkazuvchanligi o‘rtacha;

  • Issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori.

Devorbop sopol buyumlar qurilishda ishlatiladigan devorbop buyumlarning 50%ini tashkil etadi. Zichligiga ko‘ra devorbop sopol buyumlar (g‘isht, sopol tosh) 3 qismga bo‘linadi:

  • Effektiv – zichligi 1400-1450 kg/m3 dan ko‘p emas, issiqni yaxshi ushlab tura oladigan;

  • Shartli effektiv – 1450 - 1600 kg/m3;

  • Oddiy – 1600 kg/m3 dan katta.

Oddiy pishiq g‘ishtning o‘lchamlari 250x120x65 mm bo‘lib, qirralari to‘g‘ri, aniq, yuzasi silliq va tekis bo‘lishi kerak. Tomonlari 3 mm gacha farq qilishi mumkin.
Modulli g‘ishtlar o‘lchamlari 250x120x88 mm va dumaloq yoki to‘rtburchak kovakli bo‘ladi. Mustahkamligiga qarab g‘isht quyidagi markalarga bo‘linadi: 75; 100; 125; 150; 200; 250; 300.
Yengil betonlar o‘rtacha zichligiga qarab Germaniyada quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • 2100-2000 kg/m³ - oddiy yengil beton;

  • 2000-1300 kg/m³ - yengil konstruktiv beton, siqishga mustahkamligi 5 MPa dan yuqori;

  • 1300-800 kg/m³ - yengil issiqlikdan izolyatsiyalangan konstruktiv beton, siqishga mustahkamligi 3,5 MPa dan yuqori va issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,75 Vt/mK dan past;

  • 800-250 kg/m³ - juda yengil beton, siqishga mustahkamligi 0,5 MPa va issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,30 Vt/mK dan past.

Oddiy to‘ldirgichlar bilan tayyorlangan yengil betonning issiq o‘tkazuvchanligi (Germaniya misolida)



Zichlik, kg/m³

Issiqlik o‘tkazuvchanlikning hisobiy qiymatlari, Vt/mK

Kvars qumisiz yengil to‘ldirgich

Faqat pemza

Faqat keramzit

500

-

0,15

0,18

600

0,22

0,18

0,20

700

0,26

0,20

0,23

800

0,28

0,24

0,26

900

-

0,27

0,30

1000

0,26

0,32

0,35

1200

0,46

0,44

0,46

1400

0,57

-

-

1600

0,75

-

-

1800

0,92

-

-

2000

1,2

-

-






Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin