Binolarni barpo etishda yechib olinmaydigan opalubkadan foydalanish «VELOKS» yog‘och-sementli plitalarni tayyorlash uchun optimal namligi 22% bo‘lgan yog‘och chiqindilaridan foydalaniladi. Qalinligi 25 mm bo‘lgan plitalarni maxsuldorligi yiliga 1,2 mln. m2 bo‘lgan zavod uchun 35 ming m3 yog‘och chiqindisi zarur bo‘ladi. Shuning uchun namligi yuqori bo‘lgan yog‘och chiqindilari namligi optimaliga yetgunicha omborda ushlab turiladi va quritiladi. Plitalarni ishlab chiqarish uchun archa, qarag‘ay, terak kabi yog‘och turlaridan foydalaniladi.
Veloks plitalarini tayyorlash uchun uskunalarning joylashishining texnologik sxemasi: Yog‘ochni tayyorlash: 1 – yog‘och zahirasi uchun konteyner; 2 - kesuvchi mashina va saralagich; 3 – ikkilamchi maydalash stanogi (drobilka); 4 – oraliq bunker; 5 – zatvor-dozator; 6 – bunker-ta’minlagich; 7 –bunker dozatori; 9-portlansement silosi; 10-sementni uzatish uchun parrakli transporter; 11-kimyoviy eritmalarni tayyorlash idishlari; 12 – qorgichning qabul qilish voronkasi; 12 – beton qorgich; 13 – bunker-ta’minlagich; 14 – tasmali transporterlar; 15 – to‘ldirilmagan yog‘och qolip; 16 – to‘ldirilgan yog‘och qolip; 17 – tekislovchi rolik; 18 –roliklar; 19 – press etajerkasi; 20 – press; 21 – metall tortgichlar; 22 – rolikli transporter; 23 – metall styajkalar bilan tortib qo‘yilgan, to‘ldirilgan qoliplar tahlami; 24-rolikli transporter; 25-qolip-larni bo‘shatgich; 26 – qoliplarni ag‘darib bo‘shatgich; 27–veloks plitalari; 28-kesish stanogining formatlovchi diskli arrasi; 29-poddonlarni moylash kamerasi; 30 – metall poddon; 31 – o‘lchash uchun shiberlar; 32-zanjirli taxlagich; 33–yog‘och plankalar.
Turli mamlakatlarda ishlab chiqariladigan arbolitga o‘xshash materiallarning fizikaviy-mexanik xossalari