Karmatiy mazhabi. Karmatiylar ham ismoiliylardan ajralib chiqqan shahobchalardan biri
bo‘lib, IX asr oxirida Iroqda o‘z faoliyatini boshlagandan so‘ng Suriya va Yamanga tarqalgan.
Ko‘chmanchi
badaviylar, dehqonlar va hunarmandlardan tashkil topgan bu mazhab islom
ta’limotini Allohga va Muhammad payg‘ambarga e’tiqod qilishdan
tashqari boshqa narsa va
buyumlarga sig‘inishni qoralaganlar. Shu g‘oyani o‘z tarafdorlariga singdirgan qaramatiylar
musulmonlar ziyoratgohi Ka’badagi Qora tosh ziyoratini, unga sig‘inishni, bid’at, butparastlik deb
hisoblab, X asrning boshlarida (930 yili) haj
vaqtida Makkaga bostirib kirib, bir necha ming
hojilarni va Makka shahri aholisini qatl etib, asrga olganlar. Shaharni va Ka’bani
vayron qilib,
qora toshni ikkiga bo‘lib, o‘z davlatlari Baxraynga olib ketganlar.
Qaramatiylarning bunday harakatlarini aksariyat musulmonlar jamoasi qoralagan. Makka
va Shaharni ta’mirlash ishlari amalga oshirilib 20 yildan so‘ng qora toshni qaramatiylardan katta
to‘lov evaziga qaytarib olganlar.
Ja’fariy mazhabi. Bu mazhab shialik yo‘nalishidagi imomat yo‘nalishiga (ya’ni 12
imomga e’tiqod qilish) kiruvchi asosiy mazhablardan biridir. Shialikdagi 6-imom Ja’far as-
Siddiqni Ismoiliylar fiqh tizimini asoschisi deb tan oladilar. Islom tarixidan ma’lumki, fiqhga oid
bu tizim IX-X asrlarda bir qator ilohiyotchilar tomonidan yaratilgan. Bunda imom Ja’farning
ishtiroki bor yoki yo‘qligini belgilovchi dalil qolmagan. Chunki, undan hech qanday yozma asar
qolmagan. Ammo shialikdagi diniy-huquqiylikka oid ta’limot ja’fariya nomi bilan ataladi.
Ja’fariya mazhzabi o‘rta asrlarda Eronda hukmron diniy-huquq tizimini tashkil etgan. Bu
mazhab hozirda ham Eron va Iroqda shialar o‘rtasida o‘z ta’sirini yo‘qotmagan.
Islom paydo bo‘lgan davrdan boshlab, uning turli mintaqalarga tarqalish jarayoni, xususan
diniy ta’limotni talqin qilish bilan bog‘liq davlatni idora qilish masalalari, hokimiyatni egallash
harakati hamda xalifalik davrlarda vujudga kelgan ichki ziddiyatlar natijasida islomda yo‘nalishlar
va bir qancha mazhablarni shakllanishiga olib keldi. Ammo bu yo‘nalish va mazhablar qaysi
mintaqalarda mavjudligidan qat’iy nazar islom manbalari bo‘lmish Qur’oni
karim va hadis
sharifga amal qilgan. Bunday e’tiqodga ega bo‘lgan har bir musulmon qalbida u Allohning bandasi
ekanligini his qilib turgan, gunoh ishlariga qo‘l urushdan o‘zini tiygan, toat-ibodat orqali o‘z
ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirishga harakat qilgan.
Islomdagi yo‘nalishlar va mazhablarning shakllanishi jarayonida
vujudga kelgan diniy
e’tiqod va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid ziddiyatlar tufayli sodir bo‘lgan qurbonlar,
talon-
tarojlar, islomning tarixiy jarayoni bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan ularning ko‘pchiligiga o‘z ta’sir
kuchini yo‘qota borgan, asosan musulmonlar tomonidan e’tirof etilgan yo‘nalishlar, mazhablar
hozirgi Sharqda ham Markaziy Osiyo mintaqasida ham saqlanib qolgan. Ularning aksariyati islom
ta’limotiga amal qilib, asrlar osha musulmon xalqlari hayotida ijobiy rol o‘ynab, uning ayniqsa
ma’naviy-axloqiy qadriyatlari bu dinga e’tiqod qiluvchi kishi qalbiga ezgulik urug‘ini sochmoqda.