n(A1×A2× … ×An) = n(A1) ·n(A2) ·… · n(An),(n>2). Masalan, Ashahardan B shaharga 3 yo’l bilan, B shahardan C shaharga ikki yo’l bilan borish mumkin bo’lsa, A shahardan C shaharga necha xil usul bilan borish mumkin? Yo’lning 1-qismini 3 xil, 2-qismini 2 xil yo’l bilan o’tish mumkin bo’lsa, umumiy yo’lni 3·2 = 6 usul bilan o’tish mumkin. Umumlashgan ko’paytma qoidasi: «Agar x elementni m usul bilan, y elementni, x ni tanlab bo’lgandan so ‘ng, n usul bilan tanlash mumkin bo’lsa, (x;y) juftlikni mn usul bilan tanlash mumkin». Masala. Nechta turli raqamlar bilan yozilgan ikki xonali sonlar bor? Yechish. 1-raqamni 9 usul bilan (1, 2, …, 9), 2-raqamni ham 9 usul bilan (noldan boshlab o’nliklar raqamidan boshqa raqamlar) tanlash mumkin. Hammasi bo’lib 9·9 = 81 ta shunday son bor ekan. Savollar
Kombinatorika masalasi ta’rifini bering.
Kombinatorika fani rivojiga xissa qo’shgan olimlarni ayting.