5- mavzu: tarbiya jarayonining shakllari va metodlari reja


O`quvchilar jamoasi - pedagogik jarayonning asosiy shakli sifatida



Yüklə 56,62 Kb.
səhifə7/8
tarix27.04.2023
ölçüsü56,62 Kb.
#103616
1   2   3   4   5   6   7   8
5- mavzu tarbiya jarayonining shakllari va metodlari reja

5.4.O`quvchilar jamoasi - pedagogik jarayonning asosiy shakli sifatida. O`quvchilar jamoasining asosiy belgilari va shakllanish bosqichlari. O`quvchilar jamoasiga pedagogik rahbarlik.
O‘quvchilar jamoasining shakllanishi to‘rt bosqichda kechadi.
Jamoa rivojlanishining birinchi bosqichida talab faqat o‘qituvchilar tomonidan qo‘yiladi. Bu jamoa rivojlanishining boshlang‘ich nuqtasidir. Bu bosqichda jamoa hali tarbiyalovchi ta’sirga ega bo‘lmay, balki «tashkil etuvchi birlik» (guruh) hisoblanadi. Bu bosqichda o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan talablarning qo‘yilishiga e’tiborsiz qaraydilar. Jamoa a’zolarining uzluksiz ijodiy faoliyatini tashkil qilish va ularni yagona maqsad atrofida birlashtirishga erishish orqali jamoa qaror topadi.
Jamoa hayotining birinchi bosqichida jamoa faoli (aktivi)ning paydo bo‘lishi bu davr uchun harakterli hodisadir. Jamoa faoli guruhning shunday a’zolaridirki, ular jamoa manfaatiga muvofiq tarzda harakat qiladilar, o‘qituvchi faoliyati va talabiga nisbatan xayrixohlik bilan munosabatda bo‘ladilar. Faollar o‘qituvchining yaqin yordamchilari sifatida ish olib boradilar. Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi jamoa faolining o‘qituvchi talabini qo‘llab-quvvatlashi va uning o‘zi ham bu talablarni jamoa a’zolari zimmasiga qo‘yishi bilan tavsiflanadi. Endilikda o‘qituvchi jamoada paydo bo‘lgan va u bilan bog‘liq muammo, masalalarni yolg‘iz o‘zi hal qilmaydi. Bosqichda jamoa hayotini tashkil qilish usuli murakkablashib boradi, ya’ni jamoa o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tadi. Jamoaning ijobiy rivojlanishi uning a’zolarida motiv (rag‘bat)larning paydo bo‘lishi, ijodiy hamkorlik, o‘zaro yordam munosabatlarining tez sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keladi. Jamoada mustaqil faoliyatning yuzaga kelshida jamoa faolining roli beqiyosdir. Ammo jamoa faolining jamoa a’zolari orasida hurmat qozona olishi, ularga namuna bo‘lishi, o‘z burchlarini aniq va puxta bajarishi, o‘z mavqelaridan noo‘rin foyda- lanmasliklari juda muhimdir. A.S.Makarenko jamoa faolini «jamoaning vijdoni» deya ta’riflagan edi. Jamoa faoli birmuncha imtiyozlar (huquqlar)ga ega bo‘lsa-da, ayni paytda uning o‘ziga ham oshirilgan talablarning qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir. Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi anchagina sermahsul bo‘lib, unda butun jamoa «ayrim o‘zini chetga olib qoluvchi, injiq shaxs»larga nisbatan talab qo‘ya boshlaydi. Bu bosqichda jamoa ishiga faqat faolgina emas, balki uning butun a’zolari qiziqadi. Jamoa hayotidagi uchinchi bosqich, ijtimoiy fikr mavjudligi bilan ifodalanadi. O‘qituvchi mazkur yo‘nalishda maqsadga muvofiq va izchil ish olib borgan sharoitdagina ijtimoiy fikrni shakllantirishga erishishi mumkin. Shu maqsadda u yoki bu tadbir rejasi, jamoaning birgalikdagi faoliyati, a’zolarning xatti-harakati jamoa bo‘lib muhokama qilinadi, turli mavzularda suhbatlar, ma’ruzalar uyushtiriladi, o‘quvchilar o‘rtasida samarali axborot vositalari yordamida ijtimoiy- g‘oyaviy, axloqiy, estetik, ekologik, huquqiy, iqtisodiy va hokazo bilimlarning targ‘iboti tashkil etiladi. Jamoada barqaror insoniy munosabatlar yuzaga kelishining sababi -a’zolarning ijobiy, madaniy- ma’rifiy mazmunga ega bo‘lgan ishlarni tashkil etishda faol ishtirok etishlari sanaladi. To‘rtinchi bosqichi uning barcha a’zolari jamoa oldida turgan vazifalar asosida o‘z-o‘ziga talablar qo‘ya olishlari bilan tavsiflanadi. Har bir bosqich jamoa a’zolarining o‘zlariga nisbatan muayyan talab qo‘yishi bilan harakterlanadi, biroq qo‘yilgan talablar o‘ziga xos yo‘nalishi bilan (mas., o‘yindan umuminsoniyat baxti yo‘lida kurashishiga intilish o‘rtasidagi farq kabi) ajralib turadi. To‘rtinchi bosqich jamoa a’zolarining o‘ziga nisbatan yuksak axloqiy talablar qo‘ya olishlari bilan ahamiyatlidir. Jamoaning hayoti va faoliyati jamoa a’zolarining har biri uchun shaxsiy ehtiyojga, jamoadagi tarbiya jarayoni esa o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoniga aylanadi. Biroq bu holat jamoaning muayyan shaxsni yanada rivojlantirishdagi roli, o‘rnini pasaytirmaydi. To‘rtinchi bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar ancha murakkab va mas’uliyatlidir. Bu bosqichda jamoa oldiga istiqbolli, yuksak va murakkab talablarni qo‘yish uchun juda qulay sharoit yaratiladi.
Bir guruh pedagoglar o‘quvchilar jamoasini uning shakllanish va
rivojlanishiga ko‘ra quyidagi uch bosqichga ajratadilar. Ya’ni:

  1. jamoani dastlabki jipslashtirish;

  2. jamoani shakllantirish asosida uning har bir a’zosini individual rivojlantirish;

  1. jamoaning umumiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Ta’lim muassasasi tarkibidagi eng barqaror bo‘g‘in - muayyan guruhlar negizida shakllangan jamoalar sanaladi. Ta’lim muassasalarida ikki muhim bo‘g‘in: o‘qituvchilar jamoasi va o‘quvchilar jamoasi mavjud bo‘ladi.
O‘quvchilar jamoasi - o‘quvchilardan tashkil topib, ijtimoiy ahvoli, saylov organlari oldidagi umumiy javobgarlik, barcha a’zolarning huquq va burchlar tengligi asosida o‘zaro ijtimoiy ahamiyatli umumiy maqsad va birlikka ega bo‘lgan guruh hisoblanadi.
O‘quvchilar jamoasi uchun quyidagi xususiyatlar xosdir:

  1. o‘quvchilarning jamoaviy faoliyatga tayyorliklari, ruhiy tetiklikka egaliklari;

  2. jamoa uchun ahamiyatli bo‘lgan qadriyatlar mohiyatini anglash, ularni ardoqlash va o‘z qadr-qimmatini baholash;

  3. jamoa a’zolari o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro birlik, hamjihatlik va yordam ko‘rsatish tuyg‘usining qaror topganligi;

  4. jamoadagi ishchanlik, umumiy faoliyatni tashkil etishda faollik ko‘rsatish;

  5. jamoa a’zolarida o‘z hissiy tuyg‘ularini boshqara olish, muomala, muloqot, nutq, yurish-turish qoidalariga amal qilish ko‘nikmasining shakllanganligi.

O‘quvchilar jamoasiga qo‘yiladigan yagona talablar o‘quvchilarning dars jarayoni, tanaffus va sinfdan tashqari ishlar vaqtidagi, shuningdek, jamoat joylari hamda oiladagi xulq-atvor qoidalardan iborat bo‘lib, puxta o‘ylangan talablar tizimining muntazam amalga oshirilishi maktabda muayyan tartibning o‘rnatilishini ta’minlaydi.
Pedagogik talablar quyidagi holatlarda ijobiy natija beradi:

  1. Qo‘yilayotgan talablar o‘quvchi shaxsini hurmat qilish tuyg‘usi bilan uyg‘unlashgan bo‘lishi kerak.

  2. Talablar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni hisobga olgan holda qo‘yilishi lozim.

  3. Jamoaga nisbatan qo‘yilayotgan talablar aniq bo‘lishi kerak.

  4. O‘quvchilarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi, muomalasiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar ularda ma’naviy madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi shart.

O‘quvchilar jamoasiga pedagogik talablarni qo‘yish metodikasi ular tomonidan dars jarayoni, tanaffus va sinfdan tashqari ishlar vaqtida, jamoat joylarida, oilada xulq-atvor qoidalariga qat’iy rioya etishlarini ta’minlashga yordam
beradigan shakl, metod va vositalar yig‘indisidir.
O‘quvchilar jamoasiga talablarni qo‘yish metodikasini:

  • bolalarni pedagogik talablar mazmuni bilan tanishtirish;

  • pedagogik talablarning ahamiyatini tushuntirish;

  • tajriba orttirish;

  • oquvchilar faoliyati, qoyilayotgan pedagogik talablarning bajarilishini muntazam nazorat qilib turishdan iborat pedagogik faoliyat mazmuni tashkil qiladi.

Jamoa ananalari jamoa azolari tomonidan qollab-quvvatlanadigan bar- qarorlashgan odatlar bolib, ular mazmunida jamoa azolari ortasidagi munosabatlar mazmuni, xususiyati, jamoaning ijtimoiy fikri ifodalanadi.
Jamoa an’analarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:

  • kundalik faoliyat an’analari;

  • bayram an’analari.

Jamoaning kundalik faoliyat ananalari oquvchilarning oquv faoliyati (ozaro yordam turlari) va mehnat faoliyati (kochatlar otkazish, hasharlar uyushtirish va boshqalar)ni oz ichiga oladi.
Jamoaning bayram ananalariga ijtimoiy ahamiyatga ega turli voqea hamda hodisalar bilan bogliq sanalar (xususan, «Alifbe bayrami», «Mustaqillik bayrami», «Navroz bayrami», «Xotira va qadrlash kuni» va boshqalar)ni nishonlash maqsadida tashkil etiladigan faoliyat kiradi.
Nazorat uchun savollar

  1. Tarbiya shakllari, metodlari, vositalari o‘rtasida qanday aloqadorliklar mavjud?

  2. Tarbiya metodlari, vositalari, shakllari klassifikatsiyalarini izohlang?

  3. Tarbiyaning asosiy metodlarini tavsiflang?

  4. Tarbiya vositalarini izohlang.

  5. Jamoa tarbiyasi muammosi nimani anglatadi?

  6. Jamoa nazariyasini shakllanishining asosiy jihatlari qaysilar?

  7. Bolalar jamoasining asosiy jihatlarini tavsiflang.

  8. Jamoani rivojlanish bosqichlarini va ushbu bosqichlarda tarbiyachining asosiy vazifalarini izohlang.


Yüklə 56,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin