5.57. Normal sharoitda biror gazning o’rtacha kvadratik tezligi 461 m/sek ga teng. Bu gazning 1g dagi molekulalarning soni qancha.
5.58. 100C haroratda 20g kislorod issiqlik harakat energiyasi nimaga teng? Bu energiyaning qancha qismi molekulalarning ilgarilama harakatiga va qancha qismi aylanma harakatga to’g’ri keladi?
5.59. 150C haroratda havoning 1g dagi molekulalari issiqlik harakarining kinetik energiyasi topilsin. Havoning bir kilomolining massasi 29 kg/kmol ga teng bo’lgan bir jinsli gaz deb hisoblansin.
5.60. 70C haroratda 1kg dagi azot molekulalarning aylanma harakatining kinetik energiyasi nimaga teng.
5.61. 1,5·105 N/m2 bosimda bo’ldan 2 litr hajmli idishdagi ikki atomli gaz molekulalari issiqlik harakatining energiyasi nimaga teng.
5.62. 0,02 m3 hajmli balondagi azot molekulalari ilgarilama harakatining kinetik energiyasi 5·103J ga o’rtacha kvadratik tezligi esa 2·103 m/sek ga teng. 1) ballondagi azotning miqdori, 2) azot qanday bosimda bo’lganligi topilsin.
5.63. Geliyning atomlari yerning tortishish kuchini yengib yer atmosferasini abadiy tashlab ketishi uchun geliy atomlari issiqlik harakatining o’rtacha kinetik energetik qanday tempeteturada yetarlicha bo’ladi? Shunga o’xshash masala oy uchun yechilsin.
5.64. p=8·104 N/m2 bosimda zichligi ρ=4kg/m3 bo’lgan 1kg 2 atomli gaz bor. Bu sharoitda gaz molekulalari issiqlik harakatining energiyasi topilsin.
5.65. p=40mm sim.ust bosimda va t=270C haroratda V=10sm3 hajmni egallagan 2 atomli gaz molekulalarining soni qancha? Bu molekulalarning issiqlik harakati energiyasi qancha?
5.66. 1) V=const va 2) p=const bo’lganda kislorodning solishtirma issiqlik sig’imi topilsin.
5.67. O’zgarmas bosimda quyidagi gazlarni: 1) vodorod xlorid 2) neon 3) azot ikki oksidi 4) uglerod oksidi va 5) simob bug’ining solishtirma issiqlik sig’imlari topilsin.