kursorni oldingi yoki joriy so‘zning boshiga o‘tkazadi
ctrl+k
matnni joriy kursor pozitsiyasidan satr oxirigacha o‘chiradi
ctrl+u
joriy qatorni to‘liq o‘chiradi
ctrl+w
kursor oldidagi so‘zni o‘chiradi
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: Linuxda Terminalni ochish va ishlatishni tushuntirib bering;
Linuxda Konsolni ochish va ishlatishni tushuntirib bering;
Linuxning turli distributivlarida ishlatiladigan qobiq dasturlarni ayting
Linuxda ishlatiladigan tezkor tugmalar va ularning vazifalarini ayting;
Linuxda ishlatiladigan qobiq dasturlarni ayting.
Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar: Linuxda terminalda ishlatiladigan buyruqlar ro‘yxatini toping va turli distributivlarda ishlatiladigan buyruqlarning bir-biridan farqini o‘rganing;
Linuxda qobiq dasturlarni ishga tushirish va ular bilan ishlash qoidalarini o‘rganib chiqing;
Linux turli distributivlarida mavjud qobiq dasturlarni o‘rganib chiqing;
Linux qobiq dasturlarida ishlatiladigan tillarni o‘rganib chiqing.