5-§. Qobiq dasturlar va ular bilan ishlash


Linuxda konsol va terminal bilan ishlash



Yüklə 176,22 Kb.
səhifə2/5
tarix11.05.2023
ölçüsü176,22 Kb.
#110977
1   2   3   4   5
5-§. Qobiq dasturlar va ular bilan ishlash

5.2.Linuxda konsol va terminal bilan ishlash.


Linuxning zamonaviy distributivlarida masalan Ubuntuda ikkita interfeys mavjud: grafik interfeys va buyruq qatori interfeysi.
Grafik foydalanuvchi interfeysi (Graphical user interface, GUI). - grafik tugmalari, qalqib chiquvchi menyular, oynalar va boshqa elementlar yordamida dasturni boshqarishni nazarda tutadi va bunda ko‘pgina amallarni sichqoncha yordamida bajarish mumkin.
Grafik foydalanuvchi interfeysi afzalliklari: dastur va uning tarkibini vizualizatsiya qilish, dastur imkoniyatlarini hujjatlarni o‘qimasdan o‘rganish mumkin.
Buyruqlar satri interfeysi (Command Line Interface, CLI). - buyruqlar yordamida dasturni boshqarish.
Buyruqlar satri, qobiq, konsol - bu atamalar buyruq kiritish va chiqarishni ta'minlaydigan standart kirish / chiqarish qurilmalari yordamida inson-operatorining operatsion tizim bilan o‘zaro ta'sirini tashkil etish uchun ishlatiladi. Buyruqlar harflar, raqamlar, belgilardan iborat bo‘lib, satrma -satr yoziladi, Enter tugmachasini bosgandan so‘ng bajariladi. Bu erda asosiy vosita - klaviatura.
Buyruqlar satri interfeysi tizim yadrosiga o‘rnatilgan bo‘lib, u grafik interfeys ishga tushmasa ham mavjud bo‘ladi.
Afzalliklari: resurslarning kam sarflanishi, buyruqlar bajariladigan harakatlar ro‘yxatining moslashuvchanligi, buyruqni avtomatik tarzda bajarish qobiliyati, buyruqlarni nusxalash va joylashtirish qobiliyati.
Konsol va terminal buyruqlarni dasturiy qobiq yordamida bajaradi.
Dasturiy qobiq - bu buyruqlar tarjimoni, u buyruq satriga kiritilgan buyruqlarni taniydi va buyruqni bajarish uchun dasturlarni ishga tushiradi.
Ubuntuda qobiq sifatida “bash” qobig‘i ishlatadi va u bash tilidagi buyruqlarni taniydi.
Bashni boshqa qobiq dastur bilan xam almashtirish mumkin, ulardan bir nechtasi bor. Har bir qobiq o‘ziga xos sozlash va imkoniyatlarga ega.
Buyruqlar satriga ikki yo‘l bilan kirish mumkin: konsol yoki terminal orqali.
Terminal bilan ishlash.
Terminal - bu konsolga taqlid qiladigan grafik dastur.Bunday dasturlar grafik rejimidan chiqmasdan buyruqlarni bajarishga imkon beradi.Terminal konsolga nisbatan qo‘shimcha funktsiyaga ega (sichqonchani boshqarish, kontekst menyusi, aylantirish paneli, yorliqlar, bir nechta oynalarni ishga tushirish, asosiy menyu, grafik sozlamalar).
Terminalni quyidagicha ishga tushirishingiz mumkin:
1)Asosiy menyu → Qidiruv satriga Terminal so‘zini kiritish
yoki Ctrl + Alt + T tugmalar birikmasini bosish
2)Приложения → Стандартные → Терминал
3)Asosiy
menyu → Ilovalar → Tizim → Terminal
Terminal ishga tushirilganda har doim qaysidir katalog nomini ko‘rsatadi. Odatda, bu joriy katalog-foydalanuvchining uy katalogidir, lekin, albatta, uni o‘zgartirish mumkin.
Ayni vaqtda qaysi katalogda ekanligingizni aniqlash juda oddiy, ya’ni terminal taklifnomasiga qarab, har bir satr boshida avtomatik ravishda paydo bo‘ladigan belgilarga qarang.
Terminal ishga tushirilganda, foydalanuvchining uy papkasi joriy katalogga aylanadi va shuning uchun ~ belgisi joriy foydalanuvchining uy papkasi manzilining sinonimi bo‘ladi.
Terminalni ishga tushirgandan so‘ng, buyruqlar kiritiladigan qator ko‘rinadi, masalan:
Vladimir @ Zotac-Zbox-Nano: ~ $
Vladimir - foydalanuvchi nomi
@ - foydalanuvchi va kompyuter nomi orasidagi ajratuvchi
Zotac-Zbox-Nano-kompyuter nomi
: - ajratuvchi
~ - buyruq qaysi papkada bajariladi, ~ bu foydalanuvchi papkasi, agar ls buyrug‘i ishlatilsa, ushbu papkadagi fayllar ro‘yxatini ko‘rish mumkin bo‘ladi.
$ - belgisi oddiy foydalanuvchi huquqlari bilan buyruqni bajarishga taklifnoma (# administrator huquqlariga ega buyruqlarni bajarishga taklifni bildiradi).

37-rasm.Terminal oynasi
Terminalda Nusxa ko‘chirish / joylashtirish buyruqlari- standart Ctrl+C va Ctrl+V tugmalari ishlamaydi, bularning o‘rniga eski Ctrl + Insert va Shift + Insert yoki Shift tugmasini qo‘shib: nusxalash uchun Ctrl+Shift+C va Ctrl + Shift + V kombinatsiyalaridan foydalanadi.
Ko‘pchilik qo‘llanmalar va ko‘rsatmalarda terminal buyruqlariga duch kelish mumkin. Bu juda ko‘p grafik qobiqlarning mavjudligi bilan bog‘liq va ularning har biri uchun qandaydir harakatni qanday bajarish kerakligini tushuntirish juda qiyin bo‘lishi mumkin. Terminal hamma uchun bitta va hamma qobiqlarda bir xil buyruqlar ishlaydi (albatta, qobiqni o‘zini sozlash buyruqlaridan tashqari). Bundan tashqari, sichqoncha bilan nimani, qayerda va qanday bosish kerakligini tushuntirishdan ko‘ra, bitta buyruq berishni tushuntirish ancha oson.
Ko‘pincha ko‘p buyruqlar biror joydan ko‘chirib olib kelinmasdan qo‘lda yozilishi kerak bo‘ladi. Bunda Terminalning avtoto‘ldirish deb nomlangan ajoyib funktsiyasi yordamga keladi. Misol uchun Terminalga apt-g kiritib,Tab tugmachasi bosilsa, Terminal avtomatik ravishda buyruqni to‘ldiradi va apt-get ko‘rinishga keltiradi. Terminalda buyruqlarni to‘ldirish deyarli hamma joyda ishlaydi va nafaqat buyruqlar uchun, balki ularning argumentlari va fayl nomlari uchun ham. Terminalni ochib, Ctrl + R tugmalar birikmasini bosib, kerakli buyruqni yozilgandan keyin Terminal oldindan yozilgan buyruqlardan avtomatik ravishda mos variantlarni almashtiradi.

Yüklə 176,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin