5-amaliy mashg’ulot mavzu: Surilmaosti kamarlarini geodinamik shakllanishini Surxondaryo sinklinoriyasi Ishning maqsadi


Regionning tektonik rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə2/2
tarix25.03.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#89988
1   2
3-amaliy mashgulot (Geotektonika va geodinamika)

Regionning tektonik rivojlanish xususiyatlari .Surxandaryo megasinklinali Tojik botiqligi elementi bo‘lib , u quydagi to‘rtta geotektonik rivojlanish bosqichini boshidan kechirgan:
paleozoy geosinklinal bosqichi;
permatrias o‘tish bosqichi;
yura-paleogen platforma bosqichi;
neogen-antropogen bosqichi.
Paleozoy bosqichi geosinklinal tartibda rivojlangan. Palezoy davri boshida kembriy davrigacha bo‘lgan kristall fundament aloxida bloklarga ajralgan va ularning harakatlanishi natijasida riftli mintaqalar yuzaga kelgan. Bular Kelif-Sariqamish, Kofirnigon, Obigorm ko‘tarilma mintaqalaridir.
Kembriygacha bo‘lgan bu bloklar o‘rnida chuqur egikliklar xosil bo‘lgan. Bularga Surxon, Kulyab megasinklinallari va Vaxsh egiklari kiradi.
Ko‘rinib turibdiki, region baykal, kaledon va gersin tektonik sikllarni bosib o‘tgan. Bularning ichida gersin sikli aloxida o‘rin tutadi. Bu siklda mintaqada tog‘ sistemalari hosil bo‘lgan. Bu tog‘ sistemalari hosil bulgan.Bu tog‘ sistemalari paleozoy oxiriga kelib tez yemirila boshladi.
Tojik botiqligi, shu jumladan Surxondaryo megasinklinali ham, nisbatan past joylashganligi uchun tog‘ hosil bo‘lish jahududida mintaqa umumiy ko‘tarilish vaqtida bu joylarda molassaviy jinslar yig‘ila boshlagan va natijada mintaqa tekis holga kelgan. Bu bosqich yoshi bo‘yicha perma-triasga to‘g‘ri keladi va geosinklinal va platformali turdagi jinslarning oraliq xarakteriga ega.
Yuqori trias yotqiziqlari boksit qobiq jinslar bo‘lib, ular mezazoy rel’efigacha bo‘lgan past xududlarni to‘ldiradi. Quyi-o‘rta yura yotqiziqlarida kontinental kulrang gil–terrigen tuzilmalar asosiy qismini tashkil qiladi. Bu o‘sha vaqtda mintaqada gumid iqlim bo‘lgani va keyinchalik bu iqlim arid (quruq) iqlimga o‘tganidan dalolat beradi.
Quyi-o‘rta yura davrida rift yoriqlari kattalashadi, ular bazi joylarda toza ko‘mir jinslari bilan to‘lgan va keyingi ko‘tarilmaga asos tashkil qilgan. Quyi-o‘rta yura yotqiziqlari qalinligi 150m dan 1000m gacha boradi.
O‘rta yura oxiriga kelib mintaqada tektonik xarakatlar to‘xtaydi, dengiz sharoiti shakllanadi va kam suvli yoriq qismlarida karbonat jinslari yig‘iladi. Bu vaqtda O‘rta Osiyoning katta qismiga xatto xozirgi vaqtda Oloy, Turkiston, Gissar va boshqa baland tog‘ tizmalari joylashgan qismlariga xam dengiz suvi quyiladi.
Yuqori yuraning karbonat bosqichi pastki qismida qatlam oxaktoshlari va yuqori qismida esa rifogen massivlaridan tashkil topgan. Gadjak, Sangardan, Derbent maydonlarida karbonat bosqichining o‘rganilgan qismi to‘q –kulrang va qora oxaktoshlar, kuchsiz piritlashgan kaltsit, angidrit ko‘zli, tez dolomitlashgan, organogen, afonit oxaktoshlardan tashkil topgan.
Yuqori yuraning karbonat bosqichida oxaktoshlarning boshqa tur jinslari bilan tasiri natijasida uning umumiy litologik qiyofasi o‘zgargan.
Bu bosqichda mintaqa janubiy g‘arbidan dolomit va terrigen materiallar bilan boyigan. Shimoliy–Sharqda oxaktoshlar miqdori oshadi va Boysunona posyolkasi atroflarida turli xil toza oxaktoshlar shakillangan. Yana shimoliy-sharqda terregen materiallar va dolomit miqdori oshib boradi. Oxaktoshli qumtosh, alevrolit va gips qatlamchalari kuzatiladi.
Dorvoza qirqimida kelloviy–oksford yotqiziqlari yaxshi saralangan qumtoshlardan tashkil topgan. Ularning qalinligi 210m.dan 440m.gacha yetadi. Vaxsh – Kofirnigon xududida karbonat bosqichi terrigen bosqichiga o‘tishi yuz bergan degan fikrlar xam mavjud.
Karbonat bosqichi qalinligi Surxondaryo megasinklinali va Xisor tizmasining janubiy–g‘arbiy qismida janubdan va janubiy-g‘arbdan shimol va shimoliy-sharqqa tomon yo‘nalishda 680 m.dan (Gaurdak) 510 m.gacha (Boysuntog‘) va 250 m.gacha (Surxontog‘) ma’lum qonunyat asosida kamayib boradi.
Shunday qilib, yuqori yuraning ikkinchi yarimida karbonat bosqichi shakllanishi uchun dengizdan uzoqroqda joylashgan Janubiy-Surxon xududi va Boysun egikliklari yaxshi sharoit yaratib bergan.
Topshiriq. 1. Surxondaryo sinklinoriyasi nechta taraqqiyot bosqichlari ajratilgan va bu bosqichlar asosida hosil bo’lgan strukturalarni ta’riflang (yosh jihatdan).
2. Surxondaryo sinklinoriyasi hosil bo’lgan strukturalarni yoshiga ko’ra qalinliklarini ajratib chiqing.
3. Surxondaryo neftgazli regionidagi neft vagaz konlarini o’g’zaki ta’riflang (yoshi, hosil bo’lish davriga ko’ra).
Mavzu bo’yicha tayanch izohli atamalar (o’rganish iloji bo’lsa yod olish tavsiya etiladi). Sinklinoriya, qirqim, egiklik, sikl, afonit, piritlashgan, rift yoriqlari, massiv, .

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin