5-amaliy mashg’ulot


Yonilg’i o’tkazgich va yonilg’i bakini tekshirish



Yüklə 32,02 Kb.
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü32,02 Kb.
#202668
1   2   3   4
5-amaliy mashg’ulot

Yonilg’i o’tkazgich va yonilg’i bakini tekshirish. Yonilg’i o’tkazgich va filtrlarning holati tekshiriladi va ularning o’rnatilish jipsliklari, ya’ni zichlanishlari aniqlanadi va zarur bo’lsa tozalanadi. TXK davrida rezbali birikmalar mahkamlanadi. Bir yilda bir marta (MX davrida) yonilg’i baki yuvilib, yonilg’i o’tkazgichlar siqilgan havo bilan purkab turiladi. Yonilg’i bakidan yonilg’ini kerakli miqdorda so’rilishini ta’minnlash uchun, qabul qilish naychasidagi filtr tozalanada va bakning qopqog’idagi shamollatish teshigi nazorat qilinadi.
Yonilg’i nasosini tekshirish. Yonilg’i nasosi TXK davrida nazorat qilinadi va unga xizmat ko’rsatiladi yoki bu jarayon o’rta hisobda 5-10 ming km masofa yurilgandan keyin ham bajarilishi mumkin. Bu vaqtda uning ichki qismi va filtrlash to’g’ri tozalanadi, shuningdek nasos hosil qiladigan eng yuqori bosim va havoning siyraklanishi, klapanlar gemetikligi va ish unumi tekshiriladi. Yonilg’i nasosi avtomobilning o’zida yoki echib olinib tekshirilishi mumkin.
Yonilg’i nasosi avtomobilda tekshirilganda, u bilan karbyurator orasiga monometrli moslama o’rnatilib, dvigatel ishlayotgan holatda hosil bo’lgan bosim aniqlanadi. Yonilg’i nasosi hosil qiladigan bosim 0.02-0.030 MPa, ishlab chiqarish qobiliyati 0.7-2 l/minut va 30 sekund mobaynida bosimning pasayishi 0.008-0.010 MPa ni tashkil qilishi kerak. Tekshirish natijalariga ko’ra nasos qismlarga ajratilib barcha detallarning holati tekshiriladi va tozalanadi hamda, diafragma ostidagi prujinaning yuk bilan va yuksiz holatdagi uzunligi aniqlanadi va meyoriy qiymatlari bilan taqqoslanadi.
Havo filtrini tekshirish. Havo filtrlari belgilangan oraliqlarda almashtirib turilishi zarur. Agarda filtrlovchi element ko’p marotaba ilatishga mo’ljallangan bo’lsa, u holda dvigateldan echilib va uning idishdagi iflos moyi to’kilib, detallarini kerosinli vannaga solinib va filtrlovchi elementning qobiqlari atseton bilan yuviladi, so’ngra quritib, yig’ib, filtr korpusiga toza moy quyib, filtrlovchi element shu moy bilan namlanadi va o’z joyiga o’rnatiladi.

Yüklə 32,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin