5-Amaliy mashg’ulot”Minglik” mavzusida sonlarni nomerlashga o’rgatish metodikasi va ular ustida amallar bajarish metodikasi Mavzuni o'rganish masalalari



Yüklə 113,33 Kb.
tarix21.03.2023
ölçüsü113,33 Kb.
#88937
5-амалиу сирт


5-Amaliy mashg’ulot”Minglik” mavzusida sonlarni nomerlashga o’rgatish metodikasi va ular ustida amallar bajarish metodikasi

Mavzuni o'rganish masalalari:
- O'quvchilarni yangi sanoq birligi- yuzlik bilan tanishtirish.
- «III xona birliklari» tushunchasini kiritish. O'nlik sanoq sistemasining qurilish prinsipini o'zlashtirish.
- 3 xonali sonlarni o'qish va yozishga o'rganish.
- 3 xonali sonlar ichida raqamlarning o'rin qiymatlari prinsipini mustahkamlash.
- 3 xonali sonlarni nomerlashni bilish asosida sonlarni qo'shish va ayirish ko'nikmasini shakllantirish.
- Bir birlikda ifodalangan miqdorni boshqa nomdagi birlikka o'tkazishda 3 xonali sonlarni nomerlashga doir bilimlarini qo'llashga o'rgatish.
O'nlik sanoq sistemasining qurilish xususiyatlari 2 xonali sonlarni o'qish va yozish ko'nikmasini 3 xonali sonlarga ham qo'llashda yordam berishdan iborat. Shuning uchun «Minglik» konsentridan sonlarni nomerlashni o'rganish masalalari «Yuzlik» konsentrida sonlarni nomerlashni o'rganish masalalariga ko'p jihatdan o'xshash. 3 xonali sonlarni nomerlashni o'rganishda o'quvchilar ko’proq mustaqil ishlashni nomoyon qilishlari uchun «Yuzlik» konsentrida nomerlashni o'rganishda o'tilgan masalalarni takrorlash kerak.

Topshiriqlar.
59. «Yuzlik» va «Minglik» konsetrlarida sonlarni nomerlashni o'rganishning izchilligini asoslang.
60. 3 xonali sonlarni nomerlashni o'rganishga o’tishda o'qituvchi o'quvchilarning qanday bilimlariga asoslanadi?
61. Yangi sanoq biligi – yuzlik bilan tanishtirishda o'qituvchi qanday ko'rgazmali qurollardan foydalanishi mumkin?




62. Rasm bo'yicha suhbat tuzing. Berilgan rasm bo'yicha darsning maqsadini ifodalang.

63. Quyidagi savollarni o'qituvchi o'quvchilarga qanday maqsadda berishi mumkin:
Yuzlikda nechta birlik bor? Ikkita yuzlikda-chi? Bitta yuzlikda nechta o'nlik bor? Ikkta yuzlikda-chi? Beshta yuzlikdachi? Minglikda nechta yuzlik bor?
Agar o'quvchilar savolga javob berishga qiynalishsa, o'qituvchi ushbu vaziyatda nima qilishi kerak?
64. «Matematika – 3» darsligida «Nomerlash» mavzusining «Minglik» konsentrida qanday mashqlar sonlarning natural qatorda hosil bo'lish prinsipini mustahkamlashga qaratilgan? Darslikda ogzaki bajarish mumkin bo'lgan mos mashqlarni tanlang.Yozma bajarish mumkin bo'lgan oldingi konsentrlarning mashqlariga o'xshash bo'lgan mos mashqlarni mustaqil tuzing.
65. «Minglik» konsentrida sonlarni nomerlashni o'rganishda qanday yangi tushunchalar kiritiladi? Darslikda berilgan tushunchalarni mustahkamlashga doir mashqlarni toping.
66. Dars lavhasi bilan tanishing. O'qituvchi savollarni beradi, o'quvchilar javob beradilar. Berilgan darsda o'quvchilar qanday ilgari o'zlashtirgan savollarni takrorladilar? Darsning berilgan bosqichida o'qituvchi qanday didaktik masala qo'ydi? Qanday o'qitish metodlaridan foydalandi?
Doskada 52 soni yozilgan.
Doskada nima yozilgan: raqam yoki sonmi? (Son, raqam har doim 1 ta, son esa o'nliklar va birliklardan tuzilgan. 52 soni 5 va 2 raqamlari bilan yozilgan).
Har qanday ixtiyoriy son o'nliklar va birliklardan tuzilgan bo'ladimi? 1- sinfda qanday sonlarni o'rganganimizni eslang. (Bir xonali sonlarni. 52 – bu 2 xonali son. Men 1,2,3…0 raqamlarini bilaman. Raqamlar 10 ta. Sonlar ko'p, lekin hammasini aytib bo'lmaydi. Raqamlar – bular belgilar, ular yordamida biz sonlarni yozamiz.)
Faqat 4 raqamidan foydalanib, nechta son yozish mumkin? (Ko'p. 4, 44, 444, 4444… .)
53 va 35 sonlarining o'xshash va farq tomonlari nimada? (Ikkalasi ham 5 va 3 raqamlari bilan yozilgan, lekin birinchi holda 5 raqami o'nliklarni, ikkinchi holda esa birliklarni ifodalaydi.)
4 va 0 raqamlari yordamida qanday sonlarni yozish mumkin? (40, 400, 44 404…).
04 sonini yozish mumkinmi? (Yo'q. Agar oldindan nol turgan bo’lsa, demak o'nliklar xonasida o'nliklar yo'q, demak faqat 4 ta birliklar bor, bu esa bir xonali son. Uni faqat «4» deb yozish kerak).
2 xonadan iborat bo'lgan ixtiyoriy son ayting. (Bolalar 2 xonali sonlarni taklif qiladilar).
Eng katta 2 xonali son qaysi? (99).
Undan keyin qaysi son keladi? (100).
Uni ikki xonali son, deb atash mumkinmi? ( yo’q yuzlik xonasi: bor).
Qarang, har bir juftlikda sonlar qaysi tomonlari bilan o'xshaydi va farq qiladi.
1 va 101 3 va 103 11 va 111
2 va 102 10 va 110 12 va 112
67. «Matematika – 3» darsligida «Nomerlash» mavzusining «Minglik» konsentrida maqsadi –3 xonali sonda raqamlarning o'rin qiymatlari prinsipini o'zlashtirish bo'lgan mashqlarni toping. Ushbu topshiriqlardan qaysilarini turli xil usullari bilan bajarish mumkin?
68. Quyida keltirilgan topshiriqlarni o'quvchilarga qanday ketma- ketlikda bajarish maqsadga muvofiq? Javobingizni asoslang.
4 m 08 sm da nechta 8 m bor? 9 m 40 sm da-chi?
100+20, 300+80, 400+8, 900+40.
Bir bog'lamda 100 ta cho'p bor. 3 ta bog'lamda nechta cho'p bor? 4 ta bog'lamda – chi? 9 ta bog'lamda-chi?
Yuzlab sanang: 100,200… .
69. Topshiriqni bajarish asosida qanday bilimlar yotadi: «Ma’lumki, 1 m=100 sm. 200 sm ni necha metr tashkil qiladi? 500 sm ni – chi? 1000 sm ni – chi?
Berilgan topshiriqlarni bajarishdan oldin qanday tayyorgarlik mashqlarini bajarish kerak!
70. 3 xonali sonda yuzliklar va o'nliklar sonini aniqlash uchun o'quvchilar qanday usullardan foydalanishlari mumkin?
71. Sonda yuzliklar va o'nliklarning umumiy miqdorini aniqlashda o'quvchilarning ko'nikmasi qanday amaliy qo'llaniladi? «Matematika –3» darsida mos mashqlarni toping.
72. Quyidagi topshiriq bilan ishlashda o'qituvchi o'quvchilarning e’tiborini nimaga qaratish kerak: «Har bir sonni yozishda nechta raqamdan foydalaniladi: 336, 282, 808, 553, 707?» Shu maqsadda qo'llash mumkin bo'lgan boshqa topshiriqlarni tanlang.
73. «Matematika – 1», «Matematika – 3» darsliklarida «Yuzlik» va «Minglik» konsetridagi «Nomerlash» mavzusining quyidagi savollarini mustahkamlashga qaratilgan bir xil turdagi topshiriqlarni toping: a) sonning xona tarkibi; b) raqamlarning o'rin qiymatlari; g) natural qatorda sonlarning hosil bo'lish prinsipi; d) o'nlik sanoq sistemasida xona birliklarining mosligi.
74. Quyidagi topshiriqlarni taklif qilishda o'qituvchi o'quvchilarning qanday bilim va ko'nikmalarini tekshiradi.
a) Birliklar xonasida 8 raqami, yuzliklar xonasida esa 1 raqami turgan o'sish tartibida hamma 3 xonali sonlarni yozing. Hosil bo'lgan qatorda keyingi son oldingi sondan necha birlik ortiq?
b) 345, 54, 78, 591, 84, 765, 385, 91 sonlarini 2 ta guruhga ajrating. Har bir guruhga bir belgi bo'yicha o'xshash bo'lgan sonlarni yozing.
75. Qanday maqsadda o'qituvchi quyidagi topshiriqlarni taklif qildi:
a) Birinchi vertikal qatordagi sonlarning yig'indisi 830 ga teng. Qolgan vertikal qatordagi sonlarning yig'indisini tez topishning yo’lini toping.
200 201 202
205 206 207
210 211 212
215 216 217
b) 376-375, 375-374, 374-373, 373-372. Berilgan ifodalarning o'xshash tomonlari nimada? Qanday xulosa qilish mumkin?
g) Noma’lum sonni toping: x+384=9+384, 932+384=x+932.
d) Noma’lum qo’shiluvchini toping: x+20+9=829, 300+x+5=375.
76. Quyidagi keltirilgan misollarning qaysilarini o'quvchilar sonlarni nomerlashni bilishga asoslangan holda yechishlari mumkin? Javobingizni asoslang.
400+7 640+163 200+40 360-50
980-80 500-60 610+300 356-595
77. Sonlarni nomerlashni bilish asosida yechishlari mumkin bo'lgan qo'shish va ayirishga doir misollar tuzing. O'quvchilarning fikrlashlarini keltiring.
78. O'quvchilar darsda topshiriq bajardilar: «Sonlarni taqqoslang: 68…86, 72…62, 98…100, 48…38».
Topshiriqni tekshirishda o'quvchilarga qanday qo'shimcha savollar berish mumkin?
Masalan: 68 soni 86 sonidan nechta kam? 68, 86 sonlari qanday raqamlar bilan yozilgan? U va bu sonlarda 6 raqami nimani bildiradi?
3 xonali sonlar bilan shunga o'xshash topshiriqlar tuzing.
79. 3 xonali sonlarni nomerlashning quyidagi savollarini mustahkamlash uchun darsda qo'llash mumkin bo'lgan didaktik o’yinlar tanlang: a) 3 xonali sonning tarkibi; b) raqamlarning o'rin qiymatlari; g) xona birliklarining mosligi; d) natural qatorda sonlarning hosil bo'lish prinsipi.
80. 3 xonali sonlarning «Nomerlash» mavzusida bir birlikda ifodalangan miqdorni ikkinchi birlikda ifodalangan miqdorga o'tkazishga doir mashqlar qanday rol o'ynaydi? Mos mashqlar misollarini keltiring. O'quvchilar ularni qanday bajarishlari mumkin?
81. «Minglik konsentridagi «Nomerlash» mavzusi bo'yicha nazorat ish tuzing. Har bir topshiriq bilan qanday bilim, ko'nikma va malakalarni tekshirishingizni tushuntiring.
Yüklə 113,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin