1-Topshiriq. Jadvalni to’ldiring: Falsafa fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 23,08 Kb.
səhifə1/5
tarix02.01.2022
ölçüsü23,08 Kb.
#41786
  1   2   3   4   5
1-Topshiriq. Jadvalni to’ldiring Falsafa fanining predmeti, maq-fayllar.org


1-Topshiriq. Jadvalni to’ldiring: Falsafa fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

1-Topshiriq. Jadvalni to’ldiring:

Falsafa fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.

Filosofiya” tushunchasining kelib chiqishi, ma’nosi va mohiyati


Dunyoqarash” tushunchasining mazmuni, dunyoqarashning tarixiy shakllari.




Falsafa fanining asosiy funktsiyalari va tahlili.


Falsafa fanining bilimlar sohasi va muammolari.

Falsafa (yunoncha φιλοσοφία — «donishlikni sevish», yunoncha φιλέω — «sevaman» va yunoncha σοφία — «donolik») — eng umumiy fan (nazariya), dunyoqarash shakllaridan biri, inson faoliyati sohalaridan biri. U kishi qanday yashashi, hayot kechirishi kerak (etika); qaysi narsalar mavjud va ularning tabiati qanday (metafizika); bilim nima (epistemologiya); hamda qanday fikrlash toʻgʻri (mantiq) ekanligini hal qilishga urinadi.


Falsafa, filosofiya — insonning dunyoda tutgan oʻrni va dunyoqarashining yaxlit tizimini ifodalovchi maʼnaviy faoliyatining bir shakli. Milodiy 2—3-asrlarda oʻtgan yunon faylasufi Diogen Laertskiyning shohidlik berishicha, yunon mutafakkiri Pifagor birinchi boʻlib oʻzini "filosof" deb atagan. Bu soʻz Geraklitning falsafiy taʼlimotida narsalarning tabiatini tadqiq etishga nisbatan qoʻllanilgan, tadqiqotchining oʻzi esa "filosof" deb atalgan. Keyinchalik "filosof" soʻzi har taraflama, keng , tushunarli va haqqoniy fikr yuritishga intiluvchi kishiga nisbatan qoʻllanilgan. Tarixiy maʼlumotlar yunoncha philosophia soʻzi arabchaga "falsafa" boʻlib oʻtganligi, arablar bu fanni "hikma" deb atashi, ruschaga "filosofiya" tarzida oʻtganligini tasdiqlaydi, demak falsafa bilan filosofiya soʻzlari bir xil maʼnoga ega.

Dunyoqarash subyektiv voqe’likni baholovchi qarorlar to‘plamidir. Atrof-olamni anglashga harakat qilish natijasi o‘laroq kelib chiqadi. Dunyoqarash diniy, falsafiy, ilmiy bo‘lishi mumkin.

Dunyoqarash — dunyoga va insonning undagi oʻrniga, kishilarning oʻz atrofidagi voqelikka va oʻz-oʻziga munosabatiga boʻlgan umumiy qarashlar tizimi, shuningdek, bu qarashlarga asoslangan odamlarning eʼtiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari. D. kishining yoshi, hayotiy tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan bogʻliq. D.da jamiyatda shakllangan falsafiy, ilmiy, diniy, siyosiy, axloqiy, huquqiy, estetik bilimlar, qarashlar oʻz aksini topadi. Shaxsning D.i ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas bogʻlangan. D. insonning oʻzini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi hamda baholashi asosida shakllanadi. Bu jihatdan D. voqelikning inson ongidagi subʼyektiv inʼikosidir. Ayrim individning ongi bilan boglangan individual D., muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, sinf, millat va jamiyat miqyosidagi ijtimoiy ong bilan bogʻlangan ijtimoiy D. mavjud. Bular bir-birini toʻldiradi, bir-biriga taʼsir qiladi, bir-birini rivojlantiradi. Dastlab individ dunyoni hissiy sezadi (dunyoni his qilish). Bunda individ voqelikni bevosita hissiy inʼikos etish natijasida anglaydi. Keyin voqelik xaqida toʻplagan bilimlari asosida individning D.i paydo boʻladi.

Falsafaning vazifalari (funksiyalari). Bu fanning ijtimoiy fanlar tizimidagi o`rni va ahamiyati uning dunyoqarashni shakllantirish, uslubiy, gnoseologik, evristik, pedagogik-didaktik, prakseologik vazifalari (funksiyalari) bilan belgilanadi.

Bundan avvalgi ma’ro`zamizda falsafiy dunyoqarashning genezisi, vazifasi va ahamiyati haqida ancha batafsil to`xtalib o`tgan edik. Ushbu ma’ro`zada esa, unga qo`shimcha qilib, falsafa fan sifatida dunyoqarashni shakllantirish borasida qanday vazifani bajaradi, degan savolga javob topishga harakat qilamiz.

Falsafa fanining dunyoqarashni shakllantirish borasidagi vazifasi:


- birinchidan, inson qarashlarining shakllanish imkoniyatlari, usul va vositalarini, ularning kundalik ong darajasidan nazariy G`oyalar darajasiga kotarilish jarayonini, mifologik dunyo qarashdan farqlarini;
- ikkinchidan, milliy dunyoqarashni shakllantirishdagi turli fan yo`nalishlarining muayyan vazifalarini, ularning bir-biri bilan G`oyaviy hamkorlik qilish va uyg`unlashuv tamoyilini;
- uchinchidan, ilmiy dunyoqarashning milliy va umuminsoniy manfaatlarga mos kelishini aniqlashda namoyon bo`ladi.

Falsafa fanining muammolari, o’z xususiyatlariga ko’ra, azaliy va yoki o’tkinchi bo’lishi mumkin. Azaliy muammolar

insoniyat paydo bo’lgan davrdayoq vujudga kelgan bo’lib, toki odamzod mavjud ekan, yashayveradi. Chunki insoniyat

taraqqiyotining har bir bosqichida ushbu muammolar yangidan kun tartibiga qo’yilaveradi. Ularni o’rganish jarayonida ilm-

fan taraqqiy etib boradi.

Olam va odam munosabatlari, dunyoning mavjudligi, borliqning voqeligi, undagi o’zaro aloqadorlik va taraqqiy

etish, insoniyat hayotidagi adolat va haqiqat, yaxshilik va yomonlik, urush va tinchlik, umrning mazmuni, tabiat va

jamiyat taraqqiyotining asosiy tamoyillari bilan bog’liq ko’pdan-ko’p masalalar falsafa va falsafiy bilim sohalarining

azaliy muammolari sirasiga kiradi.

Falsafada olamning asosida nima yotadi, uni voqe etib turgan narsaning mohiyati nimadan iborat, degan masalalar

nihoyatda uzoq tarixga ega. Qadimgi Yunoniston va Rimda bu masala «Substantsiya» tushunchasi va uning

mazmunini qanday tushunilishiga qarab o’ziga xos ifodalangan. Substantsiya deganda olam va dunyodagi narsalarning

mohiyati to’g’risidagi fikr tushunilgan. Yunoniston faylasufi va matematigi Pifagor hamma narsa sonlardan tashkil

topgan degan bo’lsa, Aflotun substantsiya — g’oyalardir degan, Demokrit esa, olamning asosida atomlar (atom

tushunchasi o’sha davrda bo’linmas zarracha ma’nosida ishlatilgan) yotadi deb tushuntirgan.

Bu masalalarni qay tarzda hal qilinishiga qarab farqlanadigan falsafiy oqim va yo’nalishlar ham yo’q emas. Masalan,

olamning asosida nima yotadi, uning mohiyati nimadan iborat degan masalada monizm, dualizm, plyuralizm, materializm va

idealizm kabi qator falsafiy qarashlar shakllangan.





Yüklə 23,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin