5-bob. Neft- gaz konlarining zahiralari va ularning energetik sharoitlari


Neft beruvchi ob’ektlar mahsulotining suvlanishi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə29/62
tarix16.12.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#183482
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62
5-bob kitobcha

10.2.3. Neft beruvchi ob’ektlar mahsulotining suvlanishi

Qatlamdan neftni suv bilan siqib chiqarish jarayonida qatlam mahsulotida suv mavjudligi tabiiy hol. Mahsulotning suvlanganlik darajasi quyidagicha hisoblanadi:


V=(qs/qsgyuq)-100 %,


bu erda: V - mahsulotning suv bosganlik darajasi;


qs- mahsulot bilan chiqqan suv;
qsuyuq-qatlamdan olingan umumiy suyuqlik miqdori.
Har bir ob’ektda mahsulotning suv miqdori bir necha foizdan boshlanib, to 98-99% gacha borib etadi. Suv bosishlik xususiyati qatlamning va undagi suyuqliklarning xossalariga qarab har xil holatda ketadi.
Qatlam sharoitida kam qovushqoqlikka (5gacha) ega bg’lgan holatda birinchi bosqich davrida deyarli qatlam mahsulotida suv bg’lmaydi. Ularda suv ikkinchi bosqichning boshlarida paydo bg’ladi. Aksariyat suvning miqdorini kg’rsatuvchi egri chiziq abtsissa chizig’iga teskari g’girilgan, ularning tg’g’ri chiziq kg’rinishida bg’lishi deyarli kuzatilmaydi.
Mahsulotning 80-85% suv bosganik holatida olinadigan neftning miqdori 10-20% dan oshmaydi. Hamma sharoitda suv bosganlikning har xil bg’lishi uyumning geologik xossalariga bog’lanib ketadi. Katta miqdordagi suv bosganlik kollektor-ning notekisligiga tg’g’ridan-tg’g’ri bog’liqdir. Undan tashqari, suv-neftli maydoni salmoqli bg’lgan katta neft konlarida va uning ustiga neftni qovushqoqligi yuqori bg’lsa, suv bilan neftni siqib chiqarish jarayoni murakkablashadi. CHiqaruvchi quduqlar tg’ri siyraklashgan holatlarda suv bosish jadallasha-di. SHuni ta’kidlash lozimki, kam qovushqoqli neftlar uyumlarni qazib chiqarish jarayonida mahsulotni suv bosishligi uchinchi bosqichning oxiriga juda har xil bg’lib 30-85 % gacha g’zgarishi mumkin.
Nisbatan yuqori qovushqoqlikka ega bg’lgan neft uyumlarning suv bosishlik xususiyati mahsulotni suv bosib qazib chiqarishning dastlabki vaqtidan boshlanib, tezlik bilan avj oladi va 80-85% ga etadi. SHundan sg’ng suv bosishlik kamayadi yoki bir darajada qoladi. 80-85% suv bosganlik sharoitida qatlamdagi neftning yarmi va undan ortig’i olinadi. Uchinchi bosqichning oxirida suv bosganlik 85% dan ortiq bg’ladi.
Qazib chiqarish jarayonini boshqarish va nazorat qilish hamda sharoitga qarab barcha texnologik ahvolni moslashtirish bevaqt suv bosish jarayonini g’sishini oldini oladi va sekinlashtiradi. Lekin shuni ham unutmaslik darkorki, harakatlanuvchi suvni nog’rin tg’xtatib qg’yish, qatlamda kg’plab neftning qolib ketishiga sabab bg’lishi mumkin.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin