5-bob. Neft- gaz konlarining zahiralari va ularning energetik sharoitlari


Qatlamga g’tkazilgan ta’sir kuchidan qamralganlik darajasini kg’rsatuvchi xarita tuzish



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə41/62
tarix16.12.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#183482
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62
5-bob kitobcha

10.4.2. Qatlamga g’tkazilgan ta’sir kuchidan qamralganlik darajasini kg’rsatuvchi xarita tuzish

1) Bir qatlamli ob’ekt.


Bunday xarita tuzish uchun lozim bg’ladigan ma’lumotlar quyidagilardan iborat: qatlamga yuborilgan suyuqlik bilan undan olingan suyuqlik nisbati, qatlam va quduq tubi bosimi g’zgarishlari, quduqlar debiti g’zgarishlari va suv bosishi qonuniyatlari, gaz kg’rsatkichi (gazovыy faktor) g’zgarishlari. Bu olingan ma’lumotlaar qatlamning butunligicha va hamma burchaklarida ta’sirga egadir, degan fikrlar bilan qaraladi.
Haydalgan suyuqlik hajmi bilan olingan suyuqlik hajmi orasidagi munosabatlar qatlamning katta-katta qismlaridagi qamralganlikdan nishonadir, chunki bir qatlamli ob’ektlarning barcha qismiga suv ta’siri etib boradi. Umumiy maydonni maydonchalarga bg’lib, haydovchi quduqlar faoliyati bilan taqqoslangan holda tahlil qilinsa juda maqsadga muvofiq bg’ladi. Kichikroq maydonchalarga bg’lishda oluvchi va haydovchi quduqlarning ishlash xususiyatlarini ham inobatga olish lozim.
Har bir quduq bg’yicha olingan suyuqlik va haydalgan suv miqdori qatlam sharoitiga masshtab aniqlanadi. Agar olingan mahsulot haydalganiga tg’g’ri kelsa, shu maydon yaxshi ta’sirlan-gan (qamralgan)lardan hisoblanadi. Agar haydalayotgan suyuqlik miqdori olinayotganidan ozroq bg’lsa, hali ba’zi joylarga suvning ta’siri etib bormagan deb tasavvur qilish mumkin. Suv haydalmagan joylarda uning ta’sir kuchi deyarlik emas lekin oz bg’lsada bg’ladi. Qatlamga haydashning ta’sir etilayotganligini olinayotgan suyuqlik va haydalayotgan suv miqdorini solishti-rish bilan baholash mumkin, bunda albatta kundalik va jami ma’lumotlarga tayaniladi.
Bunday holatlarni qatlamdagi bosimlar munosabati va ularning taqsimlanishi orqali ham tahlil etish mumkin. Ta’siri yaxshi seziladigan maydonlarda haydaladigan va olinayotgan suyuqliklar miqdori ancha vaqt barqaror bg’lgan holda ularning bosimi ma’lum miqdorda ortib boradi. Ta’sir etib bormagan joyda esa, aksincha, bosim kamayib, shunga yarasha olinayotgan neft miqdori ham kamayadi. Bunday hollarni tahlil etish izobar xaritalari tuzish va ularni taqqoslash bilan olib boriladi.
Izobar xaritalari va bosimning keskin kamayishini kuzatgan holda g’sha maydonda mavjud bg’lgan tg’siqning holatini aniqlash mumkin bg’ladi.
Ta’sir kuchini quduqlar ishidan ham kuzatish mumkik. Ta’sir yaxshi bg’lganda quduqlar debiggi barqaror bg’lib, qatlamning mahsuldorligiga mos keladi. Quduqlar debitining kamayishi (anchagina yuqori mahsuldorlik imkoniyati mavjud holatda) ta’sirning kamligidan dalolat. Ba’zan bunday quduqlarda gaz omili ham ortadi, chunki g’sha joylarda bosim tushishi natijasida qatlamdagi neftda erigan gaz ajrala boshlaydi. Haydovchi quduqlardaga past qabul qiluvchanlik ham ta’sir doirasi kengaymaganligidan dalolat.
YUqorida kg’rsatilgan kg’rsatkichlarni birgalikda tahlil qilish natijasida 3 xil zonalarni ajratish imkoniga ega bg’lamiz:
1. Haydalgan suyuqlikning ta’siri yaxshi (aktiv) sezilgan (yaxshi qamragan) zonalar. Bularda quduqlar debiti yaxshi, ular qatlam mahsuldorligiga mutanosib ravishda, bosim ham yaxshi olinishini ta’minlaydi.
2. Haydalgan suyuqlikning ta’sir kuchi etarli emas (kuchsiz). Ma’lum sabablarga binoan haydalgan suv yaxshi etib kelmaydi, natijada bosim va quduqlar debiti kamayadi. Quduqlar mahsuldorligi qatlam mahsuldorligiga munosib emas.
3. Haydalgan suyuqlik ta’siri etib kelmaydi (qamralmagan zona), natijada qatlamning bosimi pasaygan.
2) Kg’p qatlamli ob’ekt.
YUqorida qayd etganimizdek, kg’p qatlamli ob’ektlarda har xil notekisliklar sabab, suv haydash jarayoni bir tekis kechmaydi va uning ta’sir kuchi ham juda notekis bg’ladi.
Suv haydash ta’sir kuchini miqdoriy jihatdan chamalash ham og’ir yumushlardandir. SHu sababdan ham qatlamdan siqib chiqarish bilan qamralganlik koeffitsienti (Ksq) tushunchasi kiritiladi. Bu jarayonni aniqlashda quduqlarning qabul qiluvchanligi, debiti, ulardagi bosim holati va h.k.larni yaxshi g’rganishni va kuzatishni tashkil qilish taqozo etiladi, chunki ular ma’lum qatlamlar ishini kg’rsatadi, demak, umumiy qatlamlar tg’g’risidagi ma’lumotlar ma’lum bg’lib qolishi mumkin. SHuning uchun ham u kg’rsatkichlarni butun ob’ekt uchun qabul qilish notg’g’ri bg’lardi.
SHu vaqtdan kg’p qatlamli ob’ekt g’rganilayotganda siqib chiqarish ta’siri kg’lamini aniqlash uchun mavjud bg’lgan barcha usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir va ularning natijalarini birgalikda tahlil etish g’ylangan maqsadga erishishda yordam berishi mumkin. Buning uchun ma’lumotlari olinadigan quduqlar ob’ekt bg’yicha bir tekis joylashgan bo’lsa ayni muddao bo’ladi.
Buning uchun birinchi galda ob’ekt buyicha ishlaydigan va o’z kesimida bittagina qatlam mavjud bg’lgal quduqlarni (ular ob’ektda uncha kg’p bg’lmaydi) tanlab, ulardagi holatni qazib chiqarishning hamma bosqichlarida kuzatish taqozo etiladi.
Kesimida 2 va undan ortiq qatlamchalar mavjud bg’lgan haydovchi va oluvchi quduqlar ham alohida hisobga olinishi lozim. Asosan haydovchi quduqlardagi holat suvning qancha va qayoqqa ketayotganidan va natijada ob’ektning qanday va qanchalik qamrayotganidan dalolat berishi mumkin. SHular bilan bir vaqtda oluvchi quduqlarda kam g’tkazilgan kuzatish va tahlil ta’sir kuchi kg’lami tg’g’risida hulosa qilish imkonini beradi.
Quyida biz shu ishlarni hal qilish uchun qg’llanadigan tadqiqot usullari tg’g’risida qisqa ma’lumot berishga urinamiz:
Radioaktiv izotoplar usuli - qabul qiluvchi quduqlar mahsulotiga radioaktiv modda qg’shiladi va boshqa quduqlarda gamma-karotaj g’tkaziladi. Dastlabki diagramma bilan suv haydashdan sg’ng qilingan dirgramma solishtirilishi natija-sida modda qg’shilgan suv quduqqa qay darajada etib kelganligini aniq bilish mumkin bg’ladi.
Romashkino konida shu usul bilan haydovchi quduqqa qilingan tadqiqot natijasi shuni kg’rsatadiki, otilgan 4 ta oraliqdan faqat 2 tasi (tepa zonasi va past zonasi) suvni qabul qilgan. Bu usulning kamchiligi shundan iboratki, u faqat qabul qilinganlikning sifat kg’rsatkichini ifodalaydi, miqdor darajasini esa kg’rsatolmaydi. Bu usul quduqdan trubalar (kolonna) orqasidan sifatsiz tsementlash natijasida suv ketishi mumkin bg’lgan holatlarni aniqlashda ham keng qg’llaniladi.
Oqimni g’lchashning mexanik usuli - bunda haydovchi va oluvchi quduqlar tubiga qatlamga kiradigan va undan chiqadigan suyuqlikning miqdorini o’lchovchi asbob (debitomer-rasxodomer) tushirish va ularni g’lchash orqali mahsulot miqdori aniqlanadi. Bu asbob orqali oluvchi quduqda g’lchangan kg’rsatkich quduqning debiti 52 m3/sut ni tashkil qiladi, jumladan yuqori qismidan 5, g’rta qismidan 15 va pastki qismidan 32 m3/sut mahsulot olinayotgani ma’lum. G’rta qatlamda esa hammasi bg’lib 47 m3/sut, jumladan uning yuqori qismidan 20, pastidan 27 m3/sut mahsulot olinayotganligi ma’lum.
SHunday vazifani haydovchi quduqda ham bajarganida otilgan uchta qatlamdan asosiy miqdordagi suvni pastki qatlam qabul qilganligi ma’lum bg’ladi (500 m3/sut) va qabul qiluvchanlik qatlam bg’yicha ham bir tekis emasligi kg’rinadi.
Bu usul amalda juda keng qo’llaniladi.
Termo mahsuldorlik oqim o’lchagich usuli, termometrik usul, neftning fotokalorimetrik usuli va shu kabilar qatlamga mahsulot yuborish yoki undan mahsulot olish vaqtida bo’ladigan g’zgarishlarni hisobga olish natijasida qabul qilinayotgan yoki olinayotgan suyuqlik miqdorini aniqlash imkonini beradi. Ulardan tashqari neytron usuli bilan ilshayotgan va ishlamayotgan oraliqlarni aniq belgilash imkoni ham mavjud. Qatlamning ta’sir bilan qamralganlik darajini undagi bosim holati bilan ham chamalash mumkin, lekin kg’p qatlamli ob’ektda bu ancha mushkul, chunki qaysi qatlam qancha qabul qilgani (bergani)ni bosim ko’rsatkichi bilan chamalash amri mahol.
Qatlamning qamralganlik darajasini ko’rsatuvchi xarita tuzish uchun qatlamga haydalgan, undan olingan suyuqliklar miqdori, undagi bosimning tarqalganligini ko’rsatuvchi ma’lumotlar hamda qatlamning geologik tuzilishini ifodalov-chi ma’lumotlar hammasi birgalikda tahlil qilinib, natijalari solishtirib ko’rilgan, ularning natijalarida foydalanish lozim. Ma’lumotlarni umumlashtirish taxminan quyidagi tartibda bajariladi.
Dastlab qazib chiqarish ob’ektining tuzilishini ifodalovchi, ularning mezo va makro notekisliklarini ko’rsatuvchi mavjud maydonlari xaritalari, kollektorlarning tarqalganligini ko’rsatuvchi xaritalar tuziladi va ular qazib chiqarishni tahlil qilishda asos bg’lib xizmat qiladi.
Sg’ngra butun ob’ektdagi qoluvchi va qabul qiluvchi quduqlar xususiyatlari, qatlamchalarning ishlovchanlik xususiyat-lari, haydovchi quduqlarning qabul qiluvchanlik va g’sha suyuqlikning tarqalish jarayonlari tahlil qilinadi va bu ma’lumotlar umumlashtiriladi.
Umumlashtirish jarayoni ham olingan ma’lumotlarning aniqlik darajasiga qarab bir necha guruhlarga bg’linsa maqsadga muvofiqdir.
Eng ishonchli ma’lumotlar sifatida bir qatlam bg’yicha har bir quduqdan olingan ma’lumotlar hisoblanadi. CHunonchi, bir qatlam bg’yicha ishlayotgan quduqlarning debiti yoki qabul qiluvchanligi, suv miqdori, qatlam bosimi, gaz kg’rsatkichi va sh.k. Bunday ma’lumotlarni umumlashtirish sodda va oson. Undan keyingisiga esa, aniqligi undan kamroq bg’lgan ma’lumotlar kiradi. Bunda masalan: bir quduqda ikki va undan ortik, qatlam otilgan, lekin qatlam ishlayotganligi ma’lum. Bunda olingan ma’lumotlar (debit, bosim kg’rsatkichi) ishlab turgan qatlamga mansub bo’lishi mumkin. Materiallarning aniqligi ularning qanchali ishonchli bo’lishiga bog’liq. Bunda albatta tadqiqot natijalariga (quduq, tubida o’lchangan debit va sh.k.) tayanilgan bo’lishi lozim.
Quduqlar fondi katta bo’lgan va ular mexaniklashgan usulda ishlagan holarda bunday tadqiqotlar o’tkazish ko’lami ancha torayadi. Agar quduq bir otilgan oraliqda ishlayotganligi aniq bo’lsa, boshqa quduqlarning ishini unga solishtirib va o’zaro quduqlarning bir-biriga ta’sirini o’rganib xulosalar chaqarish mumkin. Bunda albatta haydovchi va oluvchi quduqlar orasidagi munosabatlarni ham aniq va diqqat bilan o’rganish hamda shunga qarab xulosalar chiqariladi.
So’nggi guruh, ma’lumotlariga kattagina maydondagi ko’plab quduqlardan olingan ma’lumotlar, agar ularda bir vaqtning o’zida bir necha qatlamlar ishlayotgani ma’lum bo’lsa, kiradi. Bularda qilingan tadqiqotlar ham uncha ko’p emas. Bunday hollarda qaysi qatlam ishlayotganligini tasdiqlash mumkin bo’lgan barcha materiallardan foydalaniladi. Albatta birinchi galda u yoki bu holatni tasdiqlovchi tadqiqotlar natijalari inobatga olinadi va xulosalarga asos sifatida xizmat qiladi. Boshqa hollarda esa ikki qatlam ishlayotganligi tg’g’risida gap ketganda ularning qalinligi va o’tkazuvchanlik xususiyatlariga qarab mutanosib ravishda ko’rsatkichlarni taqsimlash taqozo etiladi. Taqsimot natijalarini boshqa ko’rsatkichlar bilan taqoslash qabul qilingan echimining to’g’riligini taqsimlashi yoki tuzatishlar kiritishini aytib beradi.
Qatlamlar to’g’risidagi barcha ma’lumotlar haydovchi va oluvchi quduqlar orqali qatlam xaritasiga tushiriladi va bir qatlamli ob’ektda tuzilgan xaritaga o’xshagan holda fikr yuritilib, kg’p qatlamli ob’ektlarning xaritasi tuziladi. Bunda albatta ta’sirning yaxshi, o’rta va yomon bo’lgan zonalari ajratilishi mumkin.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin