10.5.1. Neft uyumlarini ishlatish jarayonida mahsuldor qatlamni suv bostirishini nazorat qilish
Neft uyumlarini qazib chiqarish jarayonida mahsuldor qatlamlarni suv bostirishini o’rganish ularni qazib chiqarishni nazorat va tahlil qilishdagi eng muhim vazifalaridandir. Qatlamning to’laligicha suv bilan qamralishi, demak, undan olinadigan zapasning mukammalligi- qatlamga kiradigan suvning harakat qilish xususiyatlariga bog’liqdir. Qatlamdagi suvning harakati har omillarga bog’liq bg’lib, shulardan eng muhimlari neftli uyumning tuzilishi, qazib chiqarish sistemasi, hamda neftning hamda uning siqib chiqaruvchi suvning xususiyatlariga bog’liqdir.
Uyumlarning turiga va unga ta’sir qilish xususiyatiga qarab qatlamga suvning kirishi har hil omillarga borlik bo’lishi mumkin, chunonchi dastlabki suv neft zonasidan suv neft chegarasining surilishi hisobiga, ichki suv neft chegarasining surilishi hisobiga, bunda neftli zona torayib, suv-neftli zona kengayadi (bunday hollar juda yotiq uyumlarda sodir bo’lishi mumkin), hamda haydovchi quduqlarga suv haydash natijasida sodir bo’ladi.
YUqorida keltirilganlardan ikki holatda suvning qatlamga kirishi suv-neft chegarasining surilishi natijasida ro’y beradi. Bunday holat yuz berishiga qatlamning tabiiy rejimi sababchi bo’lishi yoki chegaradan tashqari yoki chegara yonidan suv haydash usullari qo’llangan hollarda ro’y beradi.
Tabiiy sharoitlarning turli-tumanligi va qatlamga ta’sir kilishning turlari tufayli yuqorida keltirganimiz holatlar birgalikda o’zi alohida namoyon bo’lishi mumkin. Neftning unga haydaladigan suvning xususiyatlariga qarab hamda qatlamning notekisligi tufayli suv-neft chizig’ining holati yoki suv-neft chegarasining holati har xil shaklda namoyon bo’lishi mumkin.
Suv-neft yuzasining joriy shakli-suv bilan siqib chiqarilishi jarayoni neft va suvlar o’rtasidagi qovushqoqlik-ning farqiga, qatlam kollektorlik xususiyatlarining o’zgaruv-chanligiga bog’liq bo’lib, har shaklga va holatga ega bo’lishlari mumkin. Aksariyat ular holatiga haydaladigan suv va olinadigan suyuqlik nisbatlari ham ta’sir qiladi. Tabiiyki, monolit kollektorlarda suv va neftning qovushqoqligi bir-biriga yaqin bo’lsa, neft suv chizig’i tekis suriladi, lekin tabiatda bunday hodisa juda kam uchraydi, shuning uchun u chiziq -dastlabki holatidan ancha o’zgarishga uchrashi mumkin.
Neft va suv qovushqoqligi birdan kichik bg’lgan hollarda ( 0< 1) tashqi neft-suv harakati ichkarisinikiga nisbatan tezroq sodir buladi, natijada suv-neft zonasining- hajmi kichrayadi, hamda dastlab gorizontal bo’lgan suv neft chegarasi voronka shaklida kelib qoladi. Xuddi shunday hol Molgobek-Voznestskiy konini qazib chiqarish jarayonida amalda kuzatilgan. SHuni qayd etish lozimki, bunday vaqtlarda neftning qovushqoqligi kamaygan sari suv-neft chizig’ining holati tikkalashaveradi.
Bunday hollarda uyumni ishlatish juda muvaffaqiyatli kechadi, quduqlar uzoq vaqt suvsiz ishlaydi, suv bilan qamralganlik darajasi juda yuqori bo’ladi. Quduqlarga ichki chegara yaqinlashib kelgach, ularni tezlikda suv bosadi va mutlaqo suvga aylanadi. Bunday hollarda quduqning suvsiz ishlagan muddati suv bilan ishlagan muddatidan ancha ko’p bo’ladi. Qatlamning notekisligi suv-neft chegarasining surilishiga deyarlik ta’sir ko’rsatmaydi. Bunday holat YArino-Kamennolojskiy konining YAsnopolyanskiy uyumini qazib chiqarishni kuzatishda yaqqol namoyon bo’lgan.
Neft va suv qovushqoqligi ortgan hollarda ( 0=2-2,5) monolit hamda bir tekis tog’ jinslarida suv-neft chizig’ining harakati deyarlik yuqorida bayon qilingandek bo’ladi. Bunda qo’shimcha quduqlar qazilmagan holda mo’ljaldagi neftning olishga muvaffaq bo’lingan. Lekin shuni e’tiborga olish lozimki, bunday hollarda qatlamning notekisligi o’z ta’sirini ko’rsatar ekan, aksariyat agar qatlamlar linza ko’rinishida bo’lsa va ular orasida o’tkazmaydigan qatlamlar mavjud bo’lsa, buning ta’siri sezilarli bg’lar ekan. YUqorida keltirgan misolimizda uyumning shimoliy qismida mahsuldor qatlam qatlamchalarga bo’lingan holat kuzatiladi va bunda suv-neft chizig’ining surilish ko’rinishi g’zgarib, u past-baland shaklni egallagan. Bu erda ichki chegara chizig’i tashqarisidan kg’ra tezroq surilganligi kuzatiladi. Albatta bunday hollarda qatlamni qamralish darajasi kamroq bo’ladi, ma’lum joylarda o’tkazmaydigan qatlamchalar mavjudligi tufayli neftlar qolib ketadi.
Neft va gaz qovushqoqligi nisbati oshgan sari ( 0>3) ichki chegara chizig’ining surilishi tashqarisiga nisbatan tezroq bulib, suv-neftli zonaning maydoni ortadi. CHunonchi buni Muxanova konidagi S-1 qatlam misolida ko’rishimiz mumkin. Qatlam monolit holatda bo’lib, unda 0>3 hamda u tabiiy suv, siquvi rejimida ishlagan. Monolit qatlamdagi suv-neft chegarasi tg’nkarilgan kosa shaklini oladi.
Qatlamda o’tkazmaydigan qatlamchalar mavjudligida emas, ularning ta’siri bilinib, chegara past-baland murakkab shaklini oladi. Bunday hollarda neft-suv chizig’ining kg’tarilishi qiyinlashadi yoki butunlay to’xtaydi.
SHunday hollarda neftning siqib chiqarilishi darajasi kamayadi, neft-suvli zonalardan uning olinishi kamayadi, unday hollarda ma’lum joylarda ko’shimcha quduqlar qazilishi taqozo etiladi.
Neft va suv qovushqoqligi nisbati ( 0>5) beshdan ortiq bo’lgan hollarda suvning harakati ancha tezlashib, u aksariyat yaxshi o’tkazuvchan qatlamchalardan sodir bo’ladi.
Bunday holatlarda suvning siqib chiqaruvchanlik qobiliyati ancha pasayadi, qatlamda quduqlar suvsiz ozgina muddat ishlaydilar, so’ngra ular suv va neft bilan ishlay boshlaydilar. Suvning suyuqlikdagi miqdori orta boradi, lekin bunday quduqlar o’nlab yillar davomida neft va suv bilan ishlayverishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |