5-”D”sinf rahbari Yakubova Sofiyaning-www.hozir.org
YANGI O’QUV YILINING MAQSAD VA VAZIFALARI: Vatanimizning shonli tarixidagi buyuk va ochmas sana - Ozbekiston mustaqilligining yigirma yetti yilligiga yuqori saviyada tayyorgarlik ko’rish va uni munosib nishonlash bugungi kunda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy faoliyatimizning asosiy ma’no-mazvuni yangi demokratik davlat va fuqorolik jamiyati qurish borasida amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan yutuqlar mohiyatining keng targ’ib qilish . Yosh avlod qalbi va ongiga vatangga muhabbat va sadoqat tuyg’ularini chuqurroq singdirish.
Har tomanlama barkamol shaxsni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalash bo’yicha rejali ish olib borish.O’qishga mehnatga,ongli munosabatda bo’lish,o’quv yurti mulkini ko’z qorachig’iday saqlash ruhida tarbyalash.Ta’lim va tarbiyaning birligiga erishish.
Maktabda,sinfda o’quvchilarni ahil jamoaga jipslashtirish va tashabbuskor o’quvchilarni tarbiyalash maqsadida o’quvchilarni talab va qiziqishlarini , ularning oiladagi o’zaro munosabatlarini chuqur va har tomonlama o’rganish, erkin fikrlovchi o’quvchi shaxsini kamol toptirish. Muhtaram Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimovning “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarini o’quvchilar yoshiga mos qilib tushuntirish.
O’quvchilarni o’zbek va boshqa xalqlarning madaniy,tarixiy, milliy va hududuiy an’analarini hisobga olib xalq pedagogikasi asosida tarbiyalash maqsadida maktabning tarbiyaviy imkoniyatlari,tevarak ,atrof-muhiti sharoitidan kelib chiqib ish yuritish.
Ota-onalar bilan o’quvchilarda ota-ona va kattalarga hurmat,kamtarlik,saxiylik va saxovatliylik , insonlarga yordam berishga tayyor turish,mehribonlik,mehnatsevarlik hislatlarini singdirib borish..
Millatlararo munosabatlarni yaxshilash uchun keng imkoniyatlarni yaratuvchi tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish ,milliy madaniyatni boyitish maqasadida baynalminal tarbiyani bashqa xalq vakillari bilan hamkorlikda olib borish.
Istiqlol g’oyalariga cheksiz sadoqat,ona diyoriga mehr- muhabbat , ozod va obod Vatan barpo etishdek ulug’ va olijanob maqsadga e’tiqod , jasurlik va fidoyilik ruhini o’quvchilar ongiga ma’naviy -tarbiyaviy tadbirlar orqali singdirish.O’quvchilarga kasbni to’g’ri tanlashlari yo’lida ish olib borishda, ularga ko’maklashish.