5.3. Elektromagnit maydon ta’siridan himoyalanish usullari va me’yorlari Elektromagnit nurlanishlar turli chastotalarda, aloqa tarmog‘ida qo‘llaniladi. Radiotexnik qurilmalarda antennaga generatorlar, antenna qurilmalari, yuqori chastotali transformatorlar, fider yo‘nalishlar, materiallarni termik ishlov terish uchun qurilmalarda elektromagnitlar kondensatorlar elektromagnit nurlanish manbai sanaladi. Ko‘rsatilgan qurilmalar ishida ularni o‘rab turgan makonida elektromagnit maydonlar bunyod bo‘ladi. Elektromagnit maydonlarning foydali harakati bilan bir qatorda inson tanasiga kirib, unga noqulay, salbiy ta’sir qo‘rsatishi va kasbiy kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Ular asab, endokrinologik va yurak-qon tomirlari tizimi kasallanishini chaqirishi mumkin, insonda qon bosimi pasayadi, pulsi sekinlashadi, reflekslar tormozlanadi, qon tarkibi o‘zgaradi. Elektromagnit maydonlar ta’siri organizmga issiqlik ta’sirida o‘z aksini berishi mumkin. Inson tanasi tomonidan ichga yutilgan elektromagnit maydonlar quvvati tanani va ayrim organlarni qizishini yuzaga keltirib, issiqlikka aylanib, kasalliklarga olib kelishi mumkin. Tananing 100 S dan ziyod isib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Ayniqsa, miya, ko‘z, ichak, buyrak va urug‘donlar elektromagnit maydonlar ta’siriga yo‘naladi. Elektromagnit maydonlarining ta’siri sub’ektiv bunyod bo‘lishi juda toliqish, bosh og‘riq, jizzakilikda, seruyqulik, nafas siqishi, ko‘rish qobiliyatining yomonlashuvi, tana haroratining ko‘tarilishida o‘z ifodasini topadi.
Shuning uchun ham elektromagnit tebranish to‘lqinlaridan muhofazalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish taqozo qilinmoqda. Keyingi vaqtlarda elektromagnit to‘lqinlari inson organizmiga zararli ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Bu ta’sirning xatarli tomoni shundaki, inson bu nurlar ta’siriga tushganligini sezmaydi.
Elektromagnit maydonlarni ta’siridan himoyalashning asosiy usullari va vositalariga quyidagilar taalluqli:
1. Himoyalashning tashkiliy choralari.
2. Manbadan nurlanishning jadalligini kamaytirish.
3. Nurlanish manbaining ekranlashuvi.
4. Nurlanish manbaidan ishchi o‘rinlarini ekranlashtirish va yoki holi qilish.
5. Signalizatsiya vositalarini qo‘llash.
6. Individual himoya vositalarini qo‘llash.
Ishning muayyan sharoitlariga bog‘liq tarzda shu vositalarning ixtiyoriy kombinatsiyasi qo‘llanilishi mumkin.
1. Tashkiliy choralar – uskunalarning ratsional joylashuvi, qurilmalar va xizmat ko‘rsatilayotgan personal ishi muayyan rejimini belgilashdir.
Yuqori chastotalar va o‘ta yuqori chastotalar qurilmalari ishiga tibbiy ko‘rikdan o‘tgan 18 yoshdan kichik bo‘lmagan, texnika xavfsizligi bo‘yicha o‘qib, imtihon topshirgan shaxslarga ruxsat etiladi. Har yili xizmat ko‘rsatayotgan personal tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Agar ish yuqori xavfli sharoitlarda, nurlanishda, ketayotgan bo‘lsa, xodimlar uchun qisqartirilgan ish kuni va qo‘shimcha ta’til belgilanadi.
2. Kelishgan yuklar, quvvat yutuvchilar qo‘llovida, manbay nurlanishi jadalligini kamaytirilishga erishiladi.
O‘ta yuqori chastotalar generatorlarini regulirovka qilish va sinashda, peredatchiklarning chastota va amplituda tavsifnomalarini olishda oxirgi atalgan antennaga emas, balki elektromagnit to‘lqinlar o‘chadigan nagruzkaga ulanadi.
Shu tariqa ularning antenna orqali atrof-muhitga nurlanishi mustasnodir. Hozirgi paytda qo‘llaniladigan kuch (antenna ekvivalenti) yuqori chastotalar -quvvatni 40-60 Db ga kuchsizlantirish imkonini beradi.
Qabul qilish, indikator, antenna-fider traktlari, avtomatika va radiostansiya boshqaruv tizimlari ishini tekshirishda signallarning kam quvvatli imitatorlaridan foydalanish mumkin. Bu holatda uzatuvchi qurilmadan tashqari stansiyalarning butun tizimi ishlaydi. Bu esa ishlayotganlarning nurlanish extimolini istisno etadi.
3. Nurlanish manbai maxsus ekranlar yordamida ekranlashtiriladi. Ekranlarning himoya xossalari turli materiallar bilan elektr magnit nurlanishlarning aks etishi va yutilishiga asoslanadi.
Ekranlar turlari: yaxlit, metall, turli metall, yumshoq metall, ip-gazlama yoki boshqa gazmolli (matoli), yutuvchi. Yutuvchilardan tashqari barcha ekranlar o‘ta yuqori chastotalar -quvvat, aksini ta’minlaydi.
Elektromagnit yuqori chastotalar quvvatning o‘ta yuqori chastotalar bilan kirib borish chuqurligi juda kam bo‘lgani bois, 0,01 mmqalinlikdagi O‘ta yuqori chastotalar maydoni 0,5-1 mm metall listlardan yopiq yuzalar shaklida 50 dB (100000 marta) kuchsizlanadi.
Yengil ekran – folga (yupqa metall qog‘oz). Turli ekran 20-30 dB (100-1000 marta) ga yomon (sust) ekranlashtiradi. Ekran pardalari, drapirovka, qoplamalar, maxsus kiyim-bosh (kombinezonlar, xalatlar, kapyushonlar) uchun elastik (egiluvchan) ekranlar o‘ta yuqori chastotalar quvvatdan himoya qiladi.
Elektromagnit to‘lqinlar dielektrik doimiy va magnit ta’siri teng materiallarda to‘liq yutiladi. Bu talablarga har doim ham rioya etilmaydi va yutuvchi ekranlar yutish layokatini oshiradigan konik shiplar bilan ta’minlanadi. Agar texnologik sabablarga qo‘ra, nurlanish manbaini ekranlashtirishning imkoni bo‘lmasa, u holda ish joyini ekranlashtiradilar yoki uni xavfsiz masofaga xoli qiladilar (peredatchik ishini distansion boshqaruv bilan).
Elektromagnit maydonlar jadallik darajasini kerakli me’yorlarga nisbatan oshirishda individual himoya vositalaridan foydalaniladi. Bu radiohimoya ko‘zoynaklari va kapyushonlar bilan xalatlar yoki kombinezonlardir. Ko‘zoynaklar shishalari oR 3-5 qalay ikki oksidi plyonkasi bilan qoplangan. Ko‘zoynaklar 30 Db ga quvvatni susaytiradi. Xalatlar va kombinezonlar metallashgan matodan tayyorlanadi. Bu holatda nurlanish aks etuvchi xossalar hisobiga bo‘shashadi.
Shikastlangan organizmda moddalar ayriboshlash buziladi, UNS funksiyalari, ichki sekresiya bezlari, qon yuradigan organlarga zarar yetadi. Natijada umumiy va mahalliy shikastlanishlar shaklida o‘tkir va surunkali nurlanish kasalligi rivojlanadi.
Mahalliy – xatarli shishlar, teri kasalliklardir. Ionlashgan nurlanish to‘qimalarning genetik kodiga ta’sir etadi, oldini olib bo‘lmaydigan o‘zgarish chaqirib, keyingi avlodlarda kasallik chiqishiga olib keladi.
Insonning shikastlanish darajasi yutilgan doza, nurlanish turi, ta’sir vaqti, individual ta’sirlilik ahamiyat bilan aniqlanadi.
SN 848-70 bo‘yicha ko‘zda tutilgan "Yuqori, o‘ta Yuqori va haddan tashqariYuqori chastotadagi elektromagnit maydonlari manbalarida ishlaganlar uchun sanitar norma va qoidalar"da quyidagicharuxsat etilgan norma va chegaralarbelgilanadi: ish joylarida elektromagnit maydoni radiochastota kuchlanishi elektr tarkibi bo‘yicha 100 kGs-30 MGs chastota diapazonida 20 V/m, 30—300 MGs chastota diapazonida 5 V/m dan oshmasligi kerak. Magnit tarkibi bo‘yicha esa 100 kGs-1,5 MGs chastota diapazonida 5 V/m bo‘lishi kerak.
O‘ta yuqori chastotali to‘lqinlar30-300 MGs diapazonida ish kuni davomida ruxsat etiladigan maksimal nurlanish oqimkuchlanishi 10 mkVt/sm2, ish kunining 2 soatidan ortiq bo‘lmagan vaqtdaginurlanish 100 mkVt/sm2, 15 - 20 minutdan oshmagan vaqtdagi nurlanish esa 1000 mk Vt/sm2 dan oshmasligi kerak. Bunda albatta muhofaza ko‘zoynagi taqilishi kerak. qolgan ish vaqtidavomida nurlanish intensivligi 10 mkVt/sm2 dan oshmasligi kerak.
O‘ta Yuqori chastotadagi to‘lqinlar diapazonida kasbi nurlanish bilan bog‘liqbo‘lmagan kishilar va doimiy yashovchilar uchun nurlanish oqimizichligi 1 mkVt/sm2 dan oshmasligi kerak.
Yuqorida keltirib o‘tilgan formulalarni tahlil qilish, elektromagnit maydonidan ish joylarini uzoqroq joylashtirish va elektromagnit maydonlari oqimlarini yo‘naltiruvchi antennalar bilan ish joylari orasidagi masofani uzaytirish, generatorning nurlanish kuchlanishini kamaytirish, ish joylari bilan nurlanish oqimlari uzatilayotgan antennalar orasiga yutuvchi va qaytaruvchi ekranlar o‘rnatish, shuningdek shaxsiy muhofaza aslahalaridan foydalanish ish joylaridagi elektromagnit maydonlaridan muhofazalanishning asosiy vositalari hisoblanadi.
Oraliqni uzaytirish yo‘li bilan erishiladigan muhofaza usuli eng oddiy va eng samarali hisoblanadi. Bu usuldan ish joylari elektromagnit maydonlaridan tashqarida bo‘lgan ishchilar va shuningdek nurlanuvchi ustanovkalarni uzokdan turib boshqarish imkoniyatini beradigan hollarda foydalanish mumkin.
Bu usul ish bajarilayotgan xona yetarlicha kattalikda bo‘lgandagina muvaffaqiyatli chiqadi.
Nurlanishni kamaytirishning yana boshqa usuli kuchli nurlanish generatorini kuchsizroq nurlanish generatori bilan almashtirishdir. Lekin bu usulda texnologik jarayonni hisobga olish zarur.
Nurlanish kuchini kamaytirishning boshqa usuli sifatida antennaga ekvivalent bo‘lgan nurlanishni yutuvchi yoki kamaytiruvchi qurilmalarni attenyuatorlarni qo‘llash tufayli, generatordan nurlanish tarqlayotgan qurilmagacha bo‘lgan oraliqdagi nurlanish kuchini yo‘qotish yoki kamaytirish mumkin.
Energiya yutgich sifatida grafit yoki boshqauglerodli qotishmaishlatiladi. Shuningdek ba’zi bir dielektrik materiallardan foydalanish mumkin. Bunday energiya yutuvchi qurilmalarning energiya ta’sirida qizishini hisobga olib, ularda sovutish yuzalari hosil qilinadi, shuningdek suv oqimlari harakatidan foydalaniladi.
Nurlanish quvvatini kamaytirish maqsadida ishlatiladigan attenyuatorlar doimiy va o‘zgaruvchan bo‘lishimumkin. Doimiy attenyuatorlar elektromagnit to‘lqinlarini yutish koeffitsienti katta bo‘lgan materiallardan ishlanadi. Bunday materiallar qatoriga rezina, polistirol va boshqalarni kiritish mumkin.
Bu attenyuatorlarning pichoqlari va plastinkalari dielektrik materialdan tayyorlanadi va ustki qavati yupqa metall plastinka bilan qoplanadi. Ular elektromagnit kuchi chiziqli maydoniga parallel ravishda o‘rnatiladi. Attenyuatorlarning so‘ndirish kuchi pichoqni to‘lqin o‘tkazgichga chuqurroq botirish yoki plastinkalarni bir-biriga yaqinlashtirish yo‘li bilan oshiriladi yoki kamaytiriladi.
Nurlanishni yutuvchi qurilmalardan va attenyuatorlardan to‘g‘ri foydalanish elektromagnit energiyasining tashqi muhitga tarqalishini 60 dB dan ko‘proq miqdorda kamayishini ta’minlaydi va nur kuchlanish oqimi 10 mkVt/sm2 dan ziyod bo‘lmagan miqdorini ta’minlash imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Elektromagnit nurlanishlaridan muhofazalanishning asosiy usullaridan biri ekranlar usulidir. Ekranni to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektromagnit to‘lqinlarini tarqatayotgan manbaga yoki ish joylariga o‘rnatish mumkin. Nur qaytarish ekranlari elektr tokini yaxshi o‘tkazadigan materiallardan — aluminiy, po‘lat, mis, latun kabi materiallardan yasaladi. Ekranlarning muhofazalash xususiyati elektromagnit maydoni ta’sirida ekran yuzasida Fuko tokining hosil bo‘lishiga asoslangan. O‘z navbatida Fuko toki elektromagnit maydoniga qarama-qarshi zaryadga ega bo‘lgan maydon hosil qiladi.
Natijada ikkala maydonning qo‘shilishi kuzatiladi va ikkala maydondan uncha katta kuchga ega bo‘lmagan maydon qoladi.
Ekran yuzasidagi yo‘qotilgan energiya va ma’lum miqdordagi nurlanishni yo‘qotish mumkin bo‘lgan ekran qalinligini hisoblash mumkin. Ekrandan o‘tib kelayotgan nur oqimiquvvati va zichligini R0 va I0 bilan, ekransiz nur oqimiquvvati va zichligini R va I bilan belgilaymiz. Bunda kuchsizlangan nurlanish quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(4.6)
Ekranning mustahkamligiga asoslanib, ular yaxshi elektr o‘tkazuvchan, qalinligi 0,5 mm dan bo‘lmagan yahlit materiallardan tayyorlanadi. Kuzatish uchun va texnologiya nuqtai nazaridan qoldirilgan ochiq joylar yacheykasi 4 x 4 mm dan kam bo‘lmagan metall to‘r bilan to‘silishi kerak. Ekran albatta yerga ulanishi zarur. To‘r va ekran elementlari o‘zaro yaxshi payvandlangan bo‘lishikerak. Chunki elektr o‘tkazuvchanlikning pasayishi ekran ta’sirining keskin kamayishiga olib keladi.
Ekran bilan elektromagnit maydonining kuchsizlanish darajasi shartli ravishda elektromagnit to‘lqinlarining ekran materialiga kirib borish chuqurligi ekran qalinligidan kamroq bo‘lishi bilan belgilanadi.
Magnit maydonining ekranga kirib borish chuqurligi d bo‘lganda, undagi kuchsizlanish darajasi Ye=2,718 marta bo‘lsa, u quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(4.7)
bunda: ekran materialining mutloq magnit qarshiligi g/m; ekran materialining solishtirma o‘tkazuvchanligi, Sm/m; chastota, Gs.
Bunda ekranning muhofazalanish samaradorligi quyidagi tengsizlikni qanoatlantirishi kerak:
(4.8)
bunda: ekran materialining qalinligi, mm; qancha katta bo‘lsa, maydonning ekran qalinligiga kirib borish chuqurligi shuncha kam bo‘ladi, bu esa ekranni yupqalashtirish imkonini beradi.
Odatda, yuqori va o‘ta yuqori chastotadagi elektromagnit maydonlarining kirib borish chuqurligi juda kichkina (mm dan ancha kichkina) bo‘ladi, shuning uchun bunday ekranlarni tanlashda uning tuzilishiga qaraladi.