5. hayot faoliyati xavfsizligi


Elektromagnit maydonning inson organizmiga ta’siri



Yüklə 98,99 Kb.
səhifə2/3
tarix22.05.2023
ölçüsü98,99 Kb.
#119551
1   2   3
hayot xavfsizligi

5.2. Elektromagnit maydonning inson organizmiga ta’siri

Elektromagnit maydonlarining inson organizmiga ta’siri elektr va magnit maydonlarining kuchlanishi, energiya oqimining intensivligi tebranish chastotasi, nurlanishning tananing ma’lum yuzasida to‘planishi va inson organizmining shaxsiy xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.


Elektromagnit maydonlarining inson organizmiga ta’sir ko‘rsatishining asosiy sababi shuki, inson tanasi tarkibidagi atom va molekulalar bu maydon ta’sirida musbat va manfiy qutblarga bo‘lina boshlaydi. qutblangan molekulalar elektromagnit maydoni tarqalayotgan yo‘nalishga qarab harakatlana boshlaydi.
Qon, hujayra va hujayralar oralig‘idagi suyuqliklar tarkibida tashqi maydon ta’siridan ionlashgan toklar hosil qiladi. o‘zgaruvchan elektr maydoni inson tanasi hujayralarini o‘zgaruvchan dielektrik qutblanish, shuningdek o‘tkazuvchi toklar hosil bo‘lishi hisobiga qizdiradi. Issiqlik ta’siri elektromagnit maydonlarining energiya yutishi hisobiga bo‘ladi. Energiya yutilishi va ionlashgan toklarning hosil bo‘lishi biologik hujayralarga maxsus ta’sir ko‘rsatishi bilan kechadi, bu ta’sir inson ichki organlari va hujayralaridagi nozik elektr potensiallari ishini buzish va suyuqlik aylanish funksiyalarining o‘zgarishi hisobiga bo‘ladi.
O‘zgaruvchan magnit maydoni atom va molekulalarning magnit qutblari yo‘nalishlarining o‘zgarishiga olib keladi. Bu ta’sir inson organizmiga zarar jihatidan kuchsiz bo‘lsada, lekin umuman organizm uchun befarq deb bo‘lmaydi.

4.1-rasm. Inson boshida mobil telefon xosil qilgan elektromagnit maydonni tadqiq qiluvchi qurilma
Maydonning kuchlanishi qancha ko‘p bo‘lsa va uning ta’sir davri davomli bo‘lsa, organizmga ko‘rsatuvchi ta’siri shuncha yuqori bo‘ladi.
Tebranish chastotasining ortishi tana o‘tkazuvchanligini va energiya yutish nisbatini oshiradi, ammo kirib borish chuqurligini kamaytiradi. Uzunligi 10 sm dan qisqa bo‘lgan to‘lqinlarning asosiy qismi teri hujayralarida yutilishi tajribalarda tasdiqlangan. 10-30 sm diapazondagi nurlanishlar teri hujayralarida kam yutiladi (30-40 %) va asosan ularning yutilishi insonning ichki organlariga to‘g‘ri keladi. Bunday nurlanishlar nihoyatda xavfli hisoblanadi.
Organizmda hosil bo‘lgan ortiqcha issiqlik ma’lum chegaragacha inson organizmining termoregulyatsiyasi hisobiga yo‘qotilishi mumkin. Issiqlik chegarasi deb ataluvchi ma’lum miqdordan boshlab (I>10 mVt/sm2), inson organizmida hosil bo‘layotgan issiqlikni chiqarib tashlash imkoniyatiga ega bo‘lmay qoladi va tana harorati ko‘tariladi, bu esa, o‘z navbatida, organizmga katta zarar yetkazadi.
Issiqlik yutilishi inson organizmining suvga serob qismlarida yaxshi kechadi (qon, muskullar, o‘pka, jigar va h.k.). Ammo issiqlik ajralishi qon tomirlari sust rivojlangan va termoregulyatsiya ta’siri kam bo‘lgan a’zolar uchun juda zararlidir. Bularga ko‘z, bosh miya, buyrak, ovqat hazm qilish organlari, o‘t va siydik haltalari kiradi. Ko‘zning nurlanishi ko‘z qorachig‘ining xiralashishiga (kataraktaga) olib keladi. Odatda ko‘z qorachig‘ining xiralashishi birdaniga rivojlanmasdan, nurlangandan keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin paydo bo‘ladi.
Elektromagnit maydoni inson organizmiga ma’lum o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan dielektrik material sifatida hujayralarga issiqlik ta’sirini ko‘rsatibgina qolmasdan, balki bu hujayralarga biologik ob’ekt sifatida ham ta’sir ko‘rsatadi. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri markaziy nerv tizimiga ta’sir ko‘rsatadi, hujayralarning yo‘nalishini o‘zgartiradi yoki molekula zanjirini elektr maydoni kuchlanish chiziqlari yo‘nalishiga aylantiradi, qon tarkibidagi oqsil molekulalari biokimyo faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. qon-tomir tizimining funksiyasi buziladi. Organizmdagi uglevod, oqsil va mineral moddalar almashinuvi o‘zgaradi. Ammo bu o‘zgarishlar funksional xarakterda bo‘lib, nurlanish ta’siri to‘xtatilishi bilan ularning zararli ta’siri va og‘riq sezgilari yo‘qoladi.

Yüklə 98,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin