5 International journal of theoretical and practical research Scientific Journal Year: 2022 Issue: Volume: Published



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/15
tarix20.11.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#163037
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
zamonaviy-sharoitda-o-zbekistonda-innovatsion-faoliyatning-holati-va-va-uni-rivojlantirishning-ustuvor-yo-nalishlari

SJIF 2021:5.5
 
License type supported CC: Attribution 4.0 International (CC BY 4.0)
 
22
innovatsiya faoliyatini rivojlantirish uchun sharoit yaratish, yaqin kelajakda ilmiy 
infratuzilmalarning moddiy –texnik, laboratoriya va tajriba bazalarini kuchaytirish 
maqsadida respublikada ilmiy-texnik faoliyatni rivojlantirish bo’yicha amalga 
oshirilayotgan har tomonlama tizimli o’zgarishlar asosini yanada mustahkamlashga 
xizmat qiladi. 
Biroq, bugungi kunda mamlakatda tarmoqda innovatsiyalarni jadal rivojlantirish 
uchun qonunchilik va me'yoriy-huquqiy bazani yangilashga ham e’tibor qaratishi zarur. 
Shu bilan birga, standartlar predmetlarini mavjud va kelajak texnologiyalarga 
muvofiqligini muntazam ravishda tahlil qilib borish kerak. 
Yuqoridagi taxliliy ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, mamlakatda innovatsion 
tizimning muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur bo'lgan barcha elementlari mavjud, biroq 
ular bir -biri bilan zaif bog'langan yoki umuman bog'lanmagan. "Uchburchak spirali" - 
davlat, fan va biznes o'rtasidagi samarali o'zaro ta'sir o'rnatilmagan. Muhim 
muammolardan biri - davlat mablag'larini taqsimlashning samarali raqobat 
mexanizmlarini yaratish zarur. 
Demografiya va mehnat bozorining o'zgarishi (mehnat omili) ham chaqiriq, ham 
innovatsiyalarning qo'shimcha drayveri hisoblanadi. 
Bundan kelib chiqib, mamlakatda innovatsion faoliyatni rivojlantirish muvaffaqiyatining 
asosiy omili sifatida inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan davlat strategiyasini 
takomillashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Mamlakatda, ham mehnatga layoqatli aholi soni va ham uning ta'lim olganlik darajasi 
bo’yicha muhim inson kapitali massasi mavjud va buni quyidagi raqamlar ham isbotlab 
turibdi. 
2-diagramma. Aholi soni dinamikasigagi farq 
O’zbekistonda umumiy aholi sonidagi 34 558 891 kishidan mehnatga layoqatli yoshdagi 
doimiy aholi soni 58,3 % ni tashkil etadi, ya’ni, 20135100 tasi mehnatga layoqatli 
yoshdagi doimiy aholi soni hisoblanadi. 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin