5-Laboratoriya ishi. Daraxtsimon ma’lumotlar tuzilmasini tadqiq qilish



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə1/9
tarix20.12.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#76816
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-Laboratoriya ishi. Daraxtsimon ma’lumotlar tuzilmasini tadqiq


5-Laboratoriya ishi. DARAXTSIMON MA’LUMOTLAR TUZILMASINI TADQIQ QILISH

Ishdan maqsad:Talabalar daraxtsimon tuzilmalar, binar daraxtlarni e’lon qilish,uning ustida amallar bajarish algoritmlarini tadqiq qilishlari va o’rganishlari kerak, bu algoritmlarning dasturiy realizatsiyasini amalga oshirish ko’nikmasiga ega bo’lishlari kerak.
Qo’yilgan masala:Har bir talaba topshiriq varianti olib, undagi masalaning qo’yilishiga mos binar daraxtlarni tadqiq qilishga oid dasturni ishlab chiqishlari kerak.
Ish tartibi:

  • Tajriba ishi nazariy ma’lumotlarini o’rganish;

  • Berilgan topshiriqningalgoritmini ishlab chiqish;

  • C++dasturlash muhitida dasturni yaratish;

  • Natijalarni tekshirish;

  • Hisobotni tayyorlash va topshirish.


5.1. Daraxt ko’rinishidagi ma’lumotlar

tuzilmasi haqida umumiy tushunchalar.


Uzellar (elementlar) va ularning munosabatlaridan iborat elementlar to’plamining ierarxik tuzilmasiga daraxtsimon ma’lumotlar tuzilmasi deyiladi.
Daraxt – bu shunday chiziqsiz bog’langan ma’lumotlar tuzilmasiki, u quyidagi belgilari bilan tavsiflanadi:
- daraxtda shunday bitta element borki, unga boshqa elementlardan murojaat yo’q. Bu element daraxt ildizi deyiladi;
- daraxtda ixtiyoriy element chekli sondagi ko’rsatkichlar yordamida boshqa tugunlarga murojaat qilishi mumkin;
- daraxtning har bir elementi faqatgina o’zidan oldingi kelgan bitta element bilan bog’langan.


5.2. Binar daraxtlarni qurish

Binar daraxtda har bir tugun-elementdan ko’pi bilan 2 ta shox chiqadi.Daraxtlarni xotirada tasvirlashda uning ildizini ko’rsatuvchi ko’rsatkich berilishi kerak.Daraxtlarni kompyuterxotirasida tasvirlanishiga ko’ra har bir element (binar daraxt tuguni) to’rtta maydonga ega yozuv shaklida bo’ladi, ya’ni kalit maydon, informatsion maydon, ushbu elementni o’ngida va chapida joylashgan elementlarning xotiradagi adreslari saqlanadigan maydonlar.


Shuni esda tutish lozimki, daraxt hosil qilinayotganda, otaga nisbatan chap tomondagi o’g’il qiymati kichik kalitga, o’ng tomondagi o’g’il esa katta qiymatli kalitga ega bo’ladi.Har safar daraxtga yangi element kelib qo’shilayotganda u avvalambor daraxt ildizi bilan solishtiriladi. Agar element ildiz kalit qiymatidan kichik bo’lsa, uning chap shoxiga, aks holda o’ng shoxiga o’tiladi. Agar o’tib ketilganshoxda tugun mavjud bo’lsa, ushbu tugun bilan ham solishtirish amalga oshiriladi, aks holda, ya’ni u shoxda tugun mavjud bo’lmasa, bu element shu tugunga joylashtiriladi.
Masalan, daraxt tugunlari quyidagi qiymatlarga ega 6, 21, 48, 49, 52, 86, 101. U holda binar daraxt ko’rinishi quyidagi 4.1-rasmdagidek bo’ladi:

5.1-rasm. Binar daraxt ko’rinishi


Natijada, o’ng va chap qism daraxtlari bir xil bosqichli tartiblangan binar daraxt hosil qildik. Agar daraxtning o’ng va chap qism daraxtlari bosqichlarining farqi birdan kichik bo’lsa, bunday daraxt ideal muvozanatlangan daraxt deyiladi. Yuqorida hosil qilgan binar daraxtimiz ideal muvozanatlangan daraxtga misol bo’ladi. Daraxtni muvozanatlash algoritmini sal keyinroq ko’rib chiqamiz. Undan oldin binar daraxtni yaratish algoritmini o’rganamiz.



Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin