5.6. Binar daraxt bo’yicha qidiruv funksiyasi
Mazkur funksiyaning vazifasi shundan iboratki, u berilgan kalit bo’yicha daraxt tuguni qidiruvini amalga oshiradi. Qidiruv operatsiyasining davomiyligi daraxt tuzilishiga bog’liq bo’ladi. Haqiqatdan, agar elementlar daraxtga kalit qiymatlari o’sish (kamayish) tartibida kelib tushgan bo’lsa, u holda daraxt 5.7-rasmdagidek bir tomonga yo’nalgan ro’yhat hosil qiladi (chiqish darajasi bir bo’ladi, ya’ni yagona shoxga ega), masalan:
4.7-rasm. Bir tomonlama yo’naltirilgan binar daraxt tuzilishi
Bu holda daraxtda qidiruv vaqti, bir tomonlama yo’naltirilgan ro’yhatdagi kabi bo’lib, o’rtacha qarab chiqishlar soni N/2 bo’ladi. Agar daraxt muvozanatlangan bo’lsa, u holda qidiruv eng samarali natija beradi. Bu holda qidiruv dan ko’p bo’lmagan elementlarni ko’rib chiqadi.
Qidiruv funksiyasini ko’rib chiqamiz. search fuksiyasi daraxtdan key kalitga mos elementning adresini aniqlaydi.
int search(node *tree, int key){
node *next; next=tree;
while(next!=NULL) { if (next->info==key){cout<<"Binar daraxtda "< if (next->info>key) next=next->left; else next=next->right; } cout<<"tuzilmada izlangan element yo’q!!!"< return 0; }
4.7. Daraxtga yangi element qo‘shish funksiyasi
Daraxtga biror bir elementni qo’shishdan oldin daraxtda berilgan kalit bo’yicha qidiruvni amalga oshirish lozim bo’ladi. Agar berilgan kalitga teng kalit mavjud bo’lsa, u holda dastur o’z ishini yakunlaydi, aks holda daraxtga element qo’shish amalga oshiriladi.
Daraxtga yangi yozuvni kiritish uchun, avvalo daraxtning shunday tugunini topish lozimki, natijada mazkur tugunga yangi element qo’shish mumkin bo’lsin. Kerakli tugunni qidirish algoritmi ham xuddi berilgan kalit bo’yicha tugunni topish algoritmi kabi bo’ladi.
Daraxtda qo’shilayotgan element kalitiga teng kalitli element yo’q bo’lgan holda elementni tuzilmaga qo’shish funksiyasini keltirib o’tamiz.
Node *q=NULL;
Node *p=tree;
while(p!=NULL){
q=p;
if(key==p->key){
search=p;
return 0;
}
If(key
key) p=p->left;
else p=p->right;
}
Berilgan kalitga teng tugun topilmadi, element qo’shish talab qilinadi. Ota bo’lishi mumkin tugunga q ko’rsatkich beriladi, elementning o’zi esa yangi nomli ko’rsatkichi bilan beriladi.
node *q=new node;
Qo’yilayotgan yangi element chap yoki o’ng o’g’il bo’lishini aniqlash lozim.
If(keykey) q->left=yangi;
else q->right=yangi;
search=yangi;
return 0;
Dostları ilə paylaş: |