Binar daraxtlari ko’rigini uchta tamoyili mavjud. Ularni berilgan daraxt misolida ko’rib chiqaylik:
1) Yuqoridan pastga ko’rik (daraxt ildizini qism daraxtlarga nisbatan oldinroq ko’rikdan o’tkaziladi): A, B, C ;
2) Chapdan o’ngga: B, A, C ;
3) Quyidan yuqoriga (ildiz qism daraxtlardan keyin ko’riladi): B, C, A .
Daraxt ko’rigi ko’pincha ikkinchi usul bilan, ya’ni tugunlarga kirish ularning kalit qiymatlarini o’sish tartibida amalga oshiriladi.
Agar tugunning otasi yo’q bo’lsa, bu tugun ildiz hisoblanadi. Buni aniqlash uchun dastur kodini keltiramiz. Dasturda p izlanayotgan tugun.
if(p==tree) cout<<”bu tugun ildiz ekan”; else cout<<”bu tugun ildiz emas”; Biz izlayotgan element daraxtda oraliq tugun ekanligini tekshirish uchun uning yoki o’ng shoxi, yoki chap shoxi, yoki ikkalasiyam mavjudligini tekshirish kerak. Agar ikkala shoxi NULL dan farqli bo’lsa, bu 2 ta farzandga ega oraliq tugun hisoblanadi, yoki ikkalasidan bittasi NULL ga teng bo’lsa, bu tugun 1 ta farzandga ega oraliq tugun hisoblanadi. Berilgan p element daraxtning oraliq tugun ekanligini aniqlash dastur kodini keltiramiz.
if(p!=tree){ if((p->left!=NULL)&&(p->right!=NULL)) cout<<”bu tugun 2 ta farzandga ega oraliq tugun”; else if((p->left!=NULL)||(p->right!=NULL) cout<<”bu 1 ta farzandga ega oraliq tugun”; } else cout<<”bu tugun oraliq tugun emas”; Biz izlayotgan tugun terminal tugunligini tekshirishni ko’rib chiqamiz. Agar tugunning har ikkala shoxi NULL ga teng bo’lsa, bu terminal tugunhisoblanadi. Dastur kodini keltiramiz.