5-маъруза Faoliyat haqida tushuncha va uning turlari



Yüklə 81,71 Kb.
səhifə2/9
tarix16.12.2023
ölçüsü81,71 Kb.
#182391
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-маъруза

Faoliyat - insoniyatga xos ong bilan boshqariladigan ehtiyojlar tufayli, paydo bo’ladigan va tashqi olam bilan kishining o’z-o’zini bilishga, uni qayta qurishga yo’naltirilgan faolligidir.
Harakat - maqsadga muvofiq yo’naltirilib, ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlar yig’indisi. Harakat ongli faoliyatlarning tarkibiy qismlari va motivlaridan biridir.
Q.Turg’unovning "Psixologiya" terminlarining qisqacha ruscha-o’zbekcha izohli lug’atida: Faollik - shaxsning ehtiyojlarini qondirish uchun voqelikni o’zlashtirishga qaratilgan muhim qobiliyatidir. Faollik ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo’lib, kishining faoliyati mehnat, o’qish, o’yin, ijtimoiy hayot, sport, ijod kabilarda yaqqol namoyon bo’ladi"- deb ko’rsatiladi.
Faoliyat - inson hayotining uning voqelikka nisbatan faol munosabatining ro’yobga chiqish shakli. harakat - maqsadga muvofiq yo’nal-tirilib, ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlar yig’indisi ongli faoliyat tarkibiy qismlari va motivlaridan iborat.
V.M.Karimovaning "Psixologiya" o’quv qo’llanmasida quyidagicha ta'riflar uchraydi: Faollik - shaxsning hayotdagi barcha xatti-harakatlarini namoyon etishni
tushuntiruvchi kategoriyadir. Faoliyat - inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan hamda tashqi olamni va o’z-o’zini o’zgartirish va takomillashtirishga
qaratilgan o’ziga xos faollik shaklidir.
Mazkur ta'riflardan ko’rinadiki, faoliyat tushunchasi o’z tarkibiga shaxsning u yoki bu darajadagi faollik ko’rsata olish darajalarini qamrab oladi va unga umumiy tarzda quyidagicha ta'rif berish mumkin: Faoliyat-anglangan maqsad bilan boshqariladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) harakatlar yig’indisiga aytiladi.
Adabiyotlarda faollik va harakat tushunchalari o’zaro bir-biriga bog’liq bo’lgani bilan ular o’rtasidagi ayrim farqli belgilar kuzatiladi. Jumladan, faoliyatning mazmuni to’la-to’kis uni yuzaga keltirgan tabiiy-biologik va ma'naviy ehtiyojlar bilan shartlashmaganligi tufayli uning psixologik mexanizmi ham o’zgacha negizda qurilishi mumkin.
Ikkinchidan, faoliyat muvaffaqiyatini ta'minlash uchun psixik narsa va hodisalarning xususiyat ob'ektiv xossalarni aks ettirishi, qo’yilgan maqsadga erishish yo’l-yo’riqlarini aniqlab berish lozim.
Uchinchidan, faoliyat shaxsning xulq-atvorini maqsadga qaratilgan harakatlarni ruyobga chiqarish, yuzaga kelgan ehtiyojlarni va yordamga muhtojligi, faollikning imkonini beradigan boshqarishni uddalash lozim. Shuning uchun faoliyatni bilish jarayonlarisiz, irodaviy zo’r berishsiz amalga oshirish juda mushkul. Aynan ikkala omil o’zaro uzviy aloqaga kirgandagina yaratuvchanlik xususiyatini kasb etadi.
Inson faolligining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, faoliyatning mazmuni ana shu faoliyatni yuzaga keltirgan ehtiyojning bir o’zi bilan belgilanmaydi. Agar ehtiyoj faoliyatga motiv sifatida madad berib, uni rag’batlantirib tursa faoliyatning shakli va mazmuni ijtimoiy sharoitlar, ijtimoiy talablar hamda tajribalar bilan belgilanadi.


Yüklə 81,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin