5-маъруза Faoliyat haqida tushuncha va uning turlari



Yüklə 81,71 Kb.
səhifə9/9
tarix16.12.2023
ölçüsü81,71 Kb.
#182391
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-маъруза

Interiorizasiya (lot. interior - ichki) - tashqi amaliy harakatlarning ichki aqliy amallarga aylanish jarayoni.
Ko’nikma - odamning ma'lum ishni bajarishga tayyorligida ko’rinadigan qobiliyati.
Malakalar interferensiyasi (lot. later - orasida, ferens - tarqatuvchi) avval hosil qilingan malakalarning keyinchalik boshqa yangi malakalarning hosil bo’lish jarayoniga sal'biy ta'sir ko’rsatishi natijasida yangi malakalarning susayib qolishi.
Mehnat - odamning ma'lum maqsadga, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun borliqni bilish va uni qayta qurishga, moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratishga yo’naltirilgan faoliyati.
Faoliyat - insongagina xos, ong bilan boshqariladigan ehtiyojlar tufayli paydo bo’ladigan va tashqi olam bilan kishining o’z-o’zini bilishga, uni qayta ko’rishga yo’naltirilgan faolligi.
Faoliyat mahsulini tahlil qilish - psixologiyaning ilmiy-tekshirish metodlaridan biri; shaxsning bilim va mahorati, qobiliyati, qiziqishlari, didi, faoliyat turiga bo’lgan munosabatlari va uning o’zgarishini o’rganish usuli.
Faollik - tirik materiyaiing umumiy xususiyati, tevarak-atrofdagi muhit bilan o’zaro ta'sirda bo’lishida namoyon bo’ladi.
Eksteriorizasiya (lot. Exterior - tashqiga aylanish) - ichki psixik faoliyatning tashqi amaliy faoliyati, jonli mushoxadaga aylanishi.
O’yin - faoliyat turlaridan biri. Bu bolalarning kattalar faoliyatini, ularning ish-harakatlarini, odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarii aks ettirishda ifodalanadigan va tevarak-atrofdagi borliqni bilishga qaratilgan faoliyatidir.
O’qish - shaxsning bilim va faoliyat usullaripi egallashga hamda uni mustahkam esda saqlab qolish jarayoni.
Harakat - maqsadga muvofiq yo’naltirilib, ongli ravishda amalga oshiriladngan harakatlar yigindisi.

Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzular


  1. Faoliyat haqida tushuncha.

  2. Faoliyatning tuzilishi.

  3. Faoliyatning o’ziga xosligi.

  4. Faoliyatning interorizasiyasi va ekstrorizasiyasi.

  5. Faoliyatning o’zlashtirilishi va malakalarni egallash.

  6. Faoliyatning asosiy turlari.

  7. A.N.Leontev bo’yicha faoliyat tuzilishi.

  8. Faollik va faoliyat tushunchalarining mazmuni.

  9. Inson faoliyati va hayvonlarning xatti-harakati o’rtasidagi farq.

  10. Faoliyatni egallash

  11. Ko’nikma va malaka tushunchalarining mazmuni.

  12. Odat tushunchasining mazmuni.

  13. Faoliyatni o’zlashtirish bosqichlari.

Yüklə 81,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin