BOLALAR BOGCHASIDA BOLALARNI SHERIYAT BILAN TANISHTIRISH Reja. 1. 2. 3. KIRISH Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan ishlashda badiiy so’z katta o’rin tutadi. Bolalar xalq ertaklari, she’r, hikoyalar eshitishni yaxshi ko’radilar. Bolalar adabiyoti, avvalo o’zining qiziqarli mazmuni, badiiy obrazlarining go’zalligi, tilning ifodaliligi, she’riy so’zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga quvonch baxsh etadi. Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatadi. Buyuk rus demokratik V.G. Belinskiy bolalar kitobi tarbiya uchun yoziladi, «Tarbiya – buyuk ish, u insonning taqdirini hal qiladi» - degan edi. Badiiy adabiyotning qimmati bolaning har bir jihatdan o’sishiga ta’sir ko’rsatishidadir. Badiiy adabiyot bolaga jonajon o’lka tabiatining kishilarning mehnati va hayotini, ularning qilayotgan ishlari va ko’rsatayotgan qahramonliklarini, bolalar hayotidan olingan voqyealar, bolalarning o’yinlari, ermaklari va qilayotgan mehnatlarini himoya qilib beradi. Kishilarning ichki dunyosini yoritib, ularning xarakterlari, his-tuyg’ulari, xatti-harakatlarini, shuningdek, tasvirlangan hodisalarga
yozuvchining munosabatini ko’rsatib, badiiy adabiyot asarlari bolani hayajonlanishga, asar qahramonlariga achinishga yoki ularni qoralashga majbur qiladi. Eng yaxshi badiiy adabiyot asarlari bolalarda biror narsaga yaxshi-yomon, adolatli-adolatsiz, to’g’ri-noto’g’ri deb, o’zlariga xos bir yordam beradi.
Bolalar kitobning qiziqarli mazmuni do’stlik, halollik, mehnatsevarlik, o’rtoqlik namunalarini ko’rsatadi. Bolalar badiiy adabiyot asarlari estetik jihatdan tarbiyalashga ham katta ta’sir ko’rsatadi. Badiiy asarlarning yorqin obrazlari, jonajon tabiatning shoirona manzaralari, she’rlarning musiqaviyligi, tilning o’tkirligi, ifodaliligi bolalarga yoqadi. Bolalar badiiy so’z qudratini his etadilar, uncha katta bo’lmagan ertaklar, xalq ashula hamda she’rlarini tez va osongina eslab qoladilar. Badiiy so’zga muhabbatni ilk yoshdan boshlab tarbiyalab borish zarur, bola bog’chadan maktabga ana shu muhabbat bilan o’tadi va keyinchalik Vatan adabiyotini sevadigan bo’lib qoladi. Xalq og’zaki ijodi – ertaklar, topishmoqlar, maqollar, qo’shiqlarning ko’plari uzoq o’tmishda va hozirgidan tubdan farq qiladigan voqyeligidan tubdan farq qiladigan turmush sharoitida yaratilgan xalq ijodi asarlaridan faqat tarbiya vazifalariga javob beradiganlari tanlab olinadi. Aql-idroki yoki jasurligi bilan, sabr-toqati yoki mehnati bilan har qanday qiyinchiliklarni yengadigan dovyurak, vijdonli qahramonlar ishtirok etadigan ertaklardan bolalar juda hayratlanadilar, bunday ertaklar bolalarni ijobiy qahramonlarga nihoyatda hayrixoh bo’lishga, yovuzlikka, nohaqlikka, qizg’anchiqlikka, makr-xiylaga nisbatan murosasiz bo’lishga majbur etadi.