ADABIYOTLAR SHARHI O’zbek xalq ertaklaridan tashqari ko’pgina rus xalq va mamlakatimizdagi boshqa xalqlar ertaklari ham bolalarga o’qib beriladigan ertaklar jumlasiga kiradi. Rus mumtoz adabiyoti namoyondalaridan A.S.Pushkin, N.A. Nekrasov, L.N. Tolstoy, K.D. Ushinskiy va boshqalarning asarlari bolalarga o’qib berish dasturiga kiritilgan. O’zbek yozuvchilari, shoirlari bolalar uchun juda ko’p ajoyib asarlar yaratganlar. Bu G’.G’ulom, N. Orifjonov, I. Muslim, P. Mo’min, Sh. Sa’dulla, Q. Hikmat, Q. Muhammadiy va boshqalarning asarlari – bolalarga o’qib beriladigan asarlarning eng boy manbasi hisoblanadi. Maktabgcha tarbiya yoshidagi bolalarga bag’ishlangan adabiyotlar ro’yxatidan rus yozuvchilari va shoirlari: V. Mayakovskiy, A. Kononov, S.Mixalkov, A. Gaydar, K. Chukovskiy va boshqalarning tarjima qilgan asarlari keng o’rin olgan. Bu ro’yxatga chet el yozuvchilari Sh. Perro, X.K.Andersen va boshqalarning ertaklari ham kiradi. Bolalarga o’qib beriladigan asarlar doirasiga har xil janrdagi asarlar: hikoya va povestlar, proza hamda she’r shaklidagi ertaklar, dostonlar, xazil she’rlari, topishmoqlar, masallar kiradi. Tarbiyachi har bir yosh guruhida bolalarni juda ko’p bolalar badiiy adabiyoti asarlari bilan tanishtirib borishi lozim. Tarbiyachi bolalarda adabiy asarni idrok qilish ko’nikmasini tarkib toptiradi. Bola asarni tinglayotib, uning mazmunini o’zlashtiribgina qolmay, balki muallif tasvirlayotgan his-tuyg’ular va kayfiyalarni his etishi ham lozim. Мактабгача таълим ташктлотида asarning mazmuni va formalarini analiz qilishning ba’zi elementlari ham tarkib toptiriladi. Har bir bola maktabga o’tish paytida asarda hikoya qilangan asosiy qahramonlarni aniqlay olishi, ularga nisbatan o’z munosabatini (kimning nima uchun yoqqanini) ayta bilishi, asarning formasini aniqlay bilishi (she’r, hikoya, ertak) lozim. Bolalarda birgalashib eshitish malakalarini, uyushqoqlik bilan savollarga javob berish va o’qib berilgan asar asosida savollar berish, illyustrasiyani diqqat bilan ko’zdan kechirish, kitobga yaxshi munosabatda bo’lish ko’nikmalarini tarbiyalash zarur. Bog’cha bolalarda kitobga berilish, bilishga qiziqish, tinglangan asar haqidaga taassurotlarni o’rtoqlashish istagi va ko’nikmasini tarbiyalashi lozim.