Bolalar bogchasida bolalarni sheriyat bilan tanishtirish



Yüklə 51,5 Kb.
səhifə4/5
tarix26.12.2022
ölçüsü51,5 Kb.
#77951
1   2   3   4   5
XULOSA VA MUNOZARA
Axloqiy-estetik mazmundagi kitoblar bolalarda axloqiy sifatlar, xulq-atvorning ijobiy tomonlarini tarkib toptirishga yordam beradi. Sh. Sa’dullaning «Injiq qizcha», L.N. Tolstoyning «Danak», V. Oseyevaning «Sehrli so’z» degan asarlari va boshqalar shunday kitoblar jumlasiga kiradi. Muhimi, bolalarning kitobni eshitish jarayonidayoq uning g’oyaviy mazmunini tushunib
olishlaridir. Bunda muqaddima suhbati katta rol o’ynaydi, tarbiyachi bunday suhbatda bolalar diqqatini eng asosiy, muhim narsalarga jalb etadi.
Masalan, maktabga tayyorlov guruhida Sh.Sa’dullaning «Injiq qiz» she’rini o’qib berishdan oldin tarbiyachi bolalarga bunday savol beradi: «Bolalar, yaxshilab o’ylang va ayting: qanday qiz haqida – yaxshi qiz va qanday qiz to’g’risida – yomon deyishadi?». Bolalarning javoblari. Tarbiyachi: Bolalar, sizlar kimning yaxshi qiz, kimning yomon qiz deyilishini to’g’ri aytinglar. Hozir men sizlarga Gulbodom degan qiz haqida yozilagan she’rni o’qib beraman. Sizlar yaxshilab eshiting va keyin menga Gulbodomni yaxshi qiz deyish mumkin-munkin emasligini aytasiz. Bu she’r «Injiq qiz» deb ataladi. She’rni shoir Shukur Sa’dulla yozgan. Shundan so’ng tarbiyachi she’rni o’qiy boshlaydi. Axloqiy-estetik mazmundagi kitobni o’qishdan oldin o’tkaziladigan muqaddima suhbati qisqa bo’lishi – 3-5 daqiqadan oshmasligi va albatta bolalar tajribasi bilan bog’lanishi kerak («Kimni biz yaxshi qiz deymiz?» -bu savol bolalar tajribasiga va kitob mazmuniga qaratilgan).
Axloqiy-epik mazmundagi kitoblar o’qib bo’lingandan keyin ham suhbat o’tkazishni talab etadi. Bunday suhbatlarda juda ko’p savol va tushuntirishlar bo’lmasligi lozim, chunki bolalar kitobni o’qish paytidayoq qahramonlar xatti -harakatlarining mohiyatini chuqur anglab oladilar. O’qilgan asar haqida o’tkaziladigan suhbatlarda bolalarni qahramonlarning xatti-harakatlarini to’g’ri baholashga o’rgatish va bolalarning qahramon va uning xatti-harakatlariga o’z munosabatlarini aytishlariga erishish lozim. Sh. Sa’dullaning she’rini o’qigandan so’ng o’tkaziladigan suhbatda bolalarga injiq qizning xulq-atvorini baholashga ko’maklashadigan savollar berish kerak.
Tarbiyachi: Gulbodomni yaxshi qiz deb bo’ladimi?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Nima uchun? Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Siz bunday qiz bilan do’st bo’lishni istarmidingiz? Nega?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Gulbodomni uchratsangiz unga nima degan bo’lar edingiz? Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Gulbodomga onangizga qanday g’amxo’rlik qilishingiz va yordam berishingiz haqida nimalarni aytib berar edingiz?
Bolalarning javoblari.
Bilim beruvchi xarakterdagi kitoblar, masalan, mehnat haqidagi kitoblar mukaddima suhbati va o’qigandan keyinga suhbatni boshqacha mazmunda bo’lishini talab etadi. Mehnat haqidagi kitob bolalar uchun kishilarning kasblari, mashinalar va mehnat qurollari haqidagi bilimlar manbai bo’lib xizmat etadi.
Xulosa qilib aytganda, bilim beruvchi kitoblar har xil bilimlar manbai bo’libgina qolmay, balki kishilarning mehnatiga hurmat, tabiatga nisbatan muhabbat va hokazo fazilatlar tarbiyalash vositasi bo’lib ham xizmat qiladi. Shuning uchun kitob bilan ishlashni shunday yo’lga qo’yish g’oyat muhimki, u bolalarda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash imkonini berishi kerak.

Yüklə 51,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin