Atta guruhda Q. Muhammadiygaing «Etik» she'rini o‘qishda. Dastur maqsadi



Yüklə 23,98 Kb.
səhifə1/7
tarix27.09.2023
ölçüsü23,98 Kb.
#149295
  1   2   3   4   5   6   7
115236 3 amaliy


Lug`atni rivojlantirish.
Katta guruhda Q. Muhammadiygaing «Etik» she'rini o‘qishda).
Dastur maqsadi: Bolalarni etikdo‘zning mehnati bilan tanishtirish, o‘z mehnatiga hammani mamnun etadigan munosabati singari mehnat belgilarini yoritib berish. Mehnatkashga nisbatan hurmat, uning mehnatini qadrlash xislatlariii tarbiyalash.
Mashg‘ulotning borishi
Tarbiyachi: Bolalar, oyoq kiyimingizga qarang, ular naqadar chiroyli: Shahnozada oq tasmali qizil tufli, Alisherda jigar rangdagi tufli (bolalar o‘z oyoq kiyimlariii ko‘zdan kechiradilar). Bolalar, o‘ylab aytinglar, bunday chiroyli tufli, shippaklarni sizlar uchun kim tikkan, kim siz uchun harakat qilgan? (bolalarning javoblari)
Bolalar, sizlar va hamma odamlar uchun oyoq kiyiminn kim tikishi haqida eshitishni istaysizlarmi? Hozir sizlarga o‘zbek shoiri Q. Muhammadiyning «Etik» she'rini o‘qib beraman.
II. She'rni ifodali o‘qish.
III. O‘qigan she'r haqida suhbat:
Tarbiyachi: Salimjonga nimani sovg‘a qilishdi? Nima uchun Salimjonga yangi etigini ehtiyot qilishni tayinlashdi? Bu etikni kim tikkan? Nima uchun etik bunday chiroyli va pishiq qilib tikilgan? (odamlar yaxshi tikishga harakat qilishgan) Ustalar kim uchun bunday yaxshi oyoq kiyiimi tikishga harakat qilishdi? Salimjon nima deganini aslang-chi
Tarbiyachi bolalar javobidan so‘ng she'rdan quyidagi to‘rtlikni takror o‘qiydi:
«Bilib qo‘y, shuning uchun,
Mehnatlarni hurmatlab,
Qovurg‘ang sinmasin deb,
Bosayapman puf-puflab».
Ustalar Salimjon degan bola va boshqa kishilar uchun chiroyli etik tikishga juda ko‘p mehnat sarflashgan. Bunday chiroyli poyabzalni kiyib, xursand bo‘lishlarini o‘ylashgan. Salimjonga ham yangi etik juda yoqdi va u etikni ehtiyot qildi. Eslang-chi, u etigiga qanday qarardi. Nima uchun etigi doimo toza va yaltirab turar edi? Xo‘sh, sizlar uchun ustalar — etikdo‘zlar tayyorlagan oyoq kiyimingizga o‘zlaringiz qanday qaraysiz? Uni qanday saqlash lozim?
She'r o‘qib bo‘lingandan keyin bolalarning asarni yaxshiroq eslab qolishlari hamda o‘z hayotiy tajribalari bilan bog‘lashlari uchun ham ular bilan suhbat o‘tkaziladi. Agar bolalarning o‘yinlari haqidagi kitob o‘qib berilsa, o‘qib bo‘lingandan so‘ng kitobda faqat nima yozilganligi haqidagina emas, balki bolalarning uyda va bog‘chada nimani qanday o‘ynashlari haqida ham gaplashib olish lozim.

Yüklə 23,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin