XXI asi texnik va fan taraqqiy etgan bir paytda axborot berish va olish keng ko`lamda rivojlanib borib, axborot uzatishlar kompyuter grafikasi dasturlari yordamida turli xil tasvirlar va ovozli taqdimotlar kundan – kunga ommalashib borayapti. Kompyuter grafikasi yordamida foto va video montajlarni turli xil buyruqlar yordamida bajarila boshlandi. Bunday dasturlarni o`rgangan sayin kundan – kunga borib qo`shimcha buyruqlari bilan yangi dasturlar chiqa boshlayapti.
Kompyuter dasturi yordamida mashina detallarni bajarishda dastaval mashinasozlik chizmachilik fani haqida nazariy ma`lumotga ega bo`lish zarur. Mashinasozlik chizmachilik fani ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar, tishli ilashmalar, yig`ish chizmalari kiradi. Ajraladigan birikmalarga bir-biriga buralib ulanadigan birikmalar kiradi. Ajralmaydigan biirikmalar esa bir-biriga payvandlangan birikmalar kiradi. Tishli ilashmalarga g`ildiraklarni aylantirishda xizmat qiladigan silindrsimon, konussimon tishli va tasmali ilashmalar kiradi. Mashina korpusidan bir necha detallarga ajratib proyeksiyalarini chizish yig`ish chizmalariga kiradi.
Mashinasozlik chizmachilik mavzularidan biri bo`lgan, mahkamlash birikmalariga kiradigan bolt va gayka 3D modelini bajarishda Auto CAD 2007 grafik dasturida bajarish imkoniyatlari haqida ma`lumot berib o`tamiz. Auto CAD grafik dasturi ish stolidan (Рабочие пространства)ishchi maydonidan (3D моделирование) uch o`lchamlida o`tib bu ishchi maydonda jismlarning gabarit o`lchamlari ya`ni eni, uzunligi, balandligini bajaradi.
Grafik dasturda bu kabi amallarni bajarish uchun Auto CAD grafik dasturi bo`yicha ma`lumotga ega bo`lish kerak.
Auto CAD grafik dasturini yuklagandan so`ng ishchi stoldan (Рабочиепространства)ishchi maydon (3D моделирование) 3D uch o`lchamliga o`tamiz (1-shakl). Uch o`lcamlidagi panellari va qurilmalari bilan ozgina ma`lumot berib o`tsak. Auto CAD grafik dasturi ish stolidan