Xayolning realligi - voqelikni to’g’ri aks ettiruvchi xayoliy obrazlarning yaratilishi, geniylarni xayolining kuchi real xayoldir. Masalan, kosmosga uchish xayolni oldindan tasavvur etish. Xayolning realligi odamning tajribasiga, bilimiga, tafakkuriga bog’liq bo’ladi. Obrazlar amalga oshmasa, bu real xayol bo’lmaydi, balki fantastik xayol bo’ladi. Bolalarda xayol kattalarga taqlid qilish orqali o’sadi. Bolalarda fantaziya juda kuchli, masalan, ular oddiy cho’pni «uchqur ot» deb tasavvur qilib o’ynaydilar. Ularni qahramon deb his qiladilar. Yasli yoshiga nisbatan bog’cha yoshidagi bolalar xayoli bir muncha kengroq bo’ladi. Ularda xayol asosan kengroq bo’ladi. Bola kattalarga taqlid qilib, shofyor, doktor bo’ladi va hokazo. Bog’cha yoshidagi bolalarda xayol ixtiyoriy bo’ladi. Masalan, katta odam bolaga kubiklardan uy yasash, rasm chizish kabi topshiriqlar beradi. Bog’cha yoshidagi bolalarning xayoli kattalar bilan muloqotda bo’lish ta’sirida o’sadi. Bolalar ertaklarni tinglashni, voqealarni eshitishni yoqtiradilar.
Kattalarning fikrlarini eshitish natijasida bolalarda ular hali ko’rmagan narsalar to’g’risida obrazlar paydo bo’ladi. Bolalar o’yin vaqtida erkin obrazlarni yaratadilar.
Kichik yoshdagi bolalar xayolining o’sishi uchun tarbiyachining olib boradigan mashg’ulotlari, turli o’yinlarini tasavvur etishlari katta ahamiyatga ega. Asosan qiziqishlar xayolning o’sishiga yordam beradi.
Xayol faoliyati kuchli bo’lsa uning mazmuni kengroq idrok qilinadi. Xayol tasavvurlari esda olib qolish, esga tushirish bog’lanishlarini vujudga keltirish uchun tayanch bo’ladi. Tafakkur jarayonidagi yaqqollik xayol faoliyati tufayli sodir bo’ladi. Xayol faoliyati tufayli tug’iladigan hislar ko’pincha ancha kuchli va barqaror hislar bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |