Xayol jarayonlari Xayol jarayonlari insonning tajribasi va bilim doirasi, shuningdek o’tmish tajribalari bilan belgilanadi. Shuningdek xayol jarayonlari sifatida quyidagilar ajratib ko’rsatiladi va ular yaqqol ifodalash maqsadida jadval ko’rinishida aks ettirildi.
Agglyutinatsiya – «elimlash» degan ma’noni bildirib, unda turli qismlarni bitta qilib yangi obraz yaratiladi. Masalan: yalmog’iz kampir, suv parisi, kentavr, sfinks obrazlari va boshqalar.
Giperbolizatsiya - obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish shuningdek, alohida qismlarni o’zgartirishdir. Masalan: Gulliver, Liliput, Alpomish, Rustam pahlavon obrazlari kabilar.
Tizimlashtirish- o’xshatish orqali ayrim tasavvurlarni ular orasidagi farqlarni silliqlash; tipiklashtirish-bir xil obrazlarni qaytarilishi bo’lib, har bir davr uchun tipik bo’lgan obrazlarni yaratish Masalan: A.Qahhor hikoyalari («O’g’ri», «Bemor») A.Qodiriy («O’tgan kunlar») romani kabilar.