5-ma’ruza: Idrok va Xayol haqida ummumiy tushuncha Reja


Mavzu yuzasidan nazorat savollari



Yüklə 170,37 Kb.
səhifə13/21
tarix10.05.2022
ölçüsü170,37 Kb.
#56993
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
5-Ma'ruza MI

Mavzu yuzasidan nazorat savollari:

  1. Idrok tushunchasining mohiyatini ko’rsating?

  2. Idrokning nerv fiziologik asoslarini ko’rsating?

  3. Idrokning murakkabligi nimalardan ko’rinadi?

  4. Idrokda kuzatish va kuzatuvchanlikning mohiyati nimalarda ko’rinadi?

  5. Idrokda illyuziya va gallyusinasiya hodisalarini izohlang?

  6. Idrokning tasnifini izohlang?



Xayol haqida tushuncha
Odam o’z hayoti davomida ilgari idrok qilgan narsa va hodisalarni tasavvur etibgina qolmay, balki hech qachon hayotida uchratmagan narsalarni ham tasavvur eta oladi. Boshqacha qilib aytganda, odam faqat ilgari idrok qilgan narsalarinigina eslash bilan cheklanib qolmay, balki shu paytgacha hech qaerda uchratmagan yangi narsalarini ham o’z hayotida yarata oladi.

Shuningdek, avlod-ajdodlarimizning hayotiga doir tarixiy kitoblarni o’qiyotganimizda yoki bo’lmasa, o’qituvchining uzoq chet el mamlakati haqidagi qiziqarli gaplarini eshitar ekanmiz, yuqoridagi narsalarga nisbatan tasavvurlar hosil bo’ladi. Xayol qilish jarayonida idrok qilingan obrazlar orqali hosil qilingan tasavvurlar va bunday tasavvurlarni ongimizda xotira orqali orttirilishi tufayli yuzaga keladi. Demak, xayol jarayonining bo’lishi uchun xotira tasavvurlarining bo’lishi shart. Shuning uchun xayolning rivojlanishi insonning bilim boyligi, turmush tajribasi bilan bog’liq.



Xayol deb odamning ongida ilgaridan bor bo’lgan vaqtli aloqalarning (assotsiatsiyalarni) qaytadan tiklanishi va bir-biri bilan yangicha qo’shilishi orqali narsa va hodisalarning yangi obrazlarini hosil qilishga aytiladi.

Xayol – obraz tasavvur yoki g’oya shaklida yangi narsaning yaratilishi, ong faoliyati, ya’ni ilgari idrok qilinmagan narsalarning obrazlarini mavjud tasavvurlar asosida miyada yaratishda ifodalanadigan faoliyatdir.

Xayolning inson hayotidagi o’rni juda kattadir. Istalgan mehnat faoliyatini oladigan bo’lsak, xayolning ishtirokisiz deyarli amalga oshirib bo’lmaydi. Masalan, biror narsa yasash, biror o’simlikni o’stirish uchun qo’lga kiritiladigan natijalarni oldindan bilish, ya’ni xayolda tasavvur etib ko’rish lozim bo’ladi. Shuning uchun xayol juda ko’p faoliyatlarning tarkibiy qismiga kiradi.

Kishining butun ruhiy hayoti shaxsning bilish faoliyati va emotsional irodaviy holatlari bilan uzviy bog’liq. Xayol idrok, xotira, tafakkur kabi mantiqiy bilish jarayonlari bilan uzviy bog’liq holda rivojlanadi. Xayolning mahsuli shundaki, u orqali avvalgi tajribalar qayta ishlanadi. Xayol tafakkur bilan shunday bog’liq-ki, xayol ham, tafakkur ham muammoli vaziyatlardan kelib chiqadi va shaxs ehtiyojlariga asoslanadi. Tafakkurda fikrlar, tushunchalar asosida ifodalanadi.



Yüklə 170,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin