5.
Varaqlarning yorlig‘i. Bu yorliqlarning xar biri yon daftarchaning yorlig‘iga o‘xshash bo‘lib,
ishchi kitobning Alohida varaqlari sifatida qaraladi. Excel 2007 dasturida ishchi kitob ixtiyoriy
sondagi varaqlardan iborat bo‘lishi mumkin. Har bir varaqning nomi bo‘ladi va u varaq yorlig‘ida
ko‘rsatib qo‘yiladi.
Excel 2007 dasturida ishchi kitob varaqlari bilan ishlash
MS Excel 2007 dasturi dasturi ishga tushirilgandan so‘ng avtomatik ravishda yangi Excel 2007
dasturi ishchi kitob
«Kнига 1» nomi bilan yaratiladi. Agarda siz boshqa Ishchi kitob yaratmoqchi
bo‘lsangiz, Bosh uskunalar panelidagi
«Создать» piktogrammasiga sichqoncha ko‘rsatkichini
keltirib tugmani bosishingiz kerak bo‘ladi.
Yangi yaratilayotgan kitob kompyuter xotirasida saqlanib, xali
fayl sifatida diskda saqlanmagan bo‘ladi. Agar alohida
ko‘rsatilgan bo‘lmasa, jadvaldagi Excel 2007 dasturida ishchi
varaqlar 16 tagacha bo‘lishi mumkin. Yangi yaratilgan ishchi
kitobida bitta varaq bilan faol ish olib boriladi. Boshqa varaqni
faollashtirish uchun shu varaqning yorlig‘i ustiga sichqoncha
ko‘rsatkichini keltirib bosish kerak. Boshqa varaqlarni ko‘rib chiqish uchun aylanma ko‘rsatkich
tugmasini bosish kerak. Alohida nom berilmagan bo‘lsa ishchi jadval varaqlari «Лист1»,
«Лист2»... kabi nomlanadi. Bu varaqlarni qayta nomlash ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: