- «Главная» — «Удалить»—«Удалить лист» buyruqlar
ketma-ketligini bajarish orqali;
- Sichqonchaning o‘ng tugmasini olib tashlanayotgan varaq
yorlig‘i ustida bosish va buyruqlar menyusidan «Удалить» (Olib
tashlash) buyrug‘ini tanlash orqali (6-rasm). Bunda Excel
varaqni olib tashlashni tasdiqlashingizni so‘raydi.
Excel 2007 dasturida ishchi kitobidan o‘chirilgan varaqlarda
ma’lumotlar yozilgan bo‘lsa uni qayta tiklab bo‘lmaydi. Shuning
uchun ishlayotganda ma’lumotlarni «Отменить» (Bekor
qilish) tugmachasini bosib o‘chirib yuborish kerak emas.
3.Maʼlumotlarni tahlil qilish vositalari. MS Excel 2007 dasturi dasturida ma’lumotlar bilan ishlash
Microsoft Excel 2007 dasturi dasturida matnlar — bu raqamlar, bo‘sh joyl
ar va boshqa belgilardan
iborat bo‘lgan ixtiyoriy ketma-ketlikdir. Kiritilayotgan ma’lumotlarimiz yacheykaga sig‘magan
holda sig‘may qolgan qismi ekran yacheykasining o‘ng qismiga o‘tkaziladi (agar u bo‘sh bo‘lsa).
Bunday hollarda quyidagi usullardan foydalanib, yacheyka kengligi va balandligini o‘zgartirish
mumkin. Bir necha so‘zdan iborat va yacheykaga sig‘magan matnni ko‘rish uchun
«Главная» - «Формат» - «Формат ячеек» (Yacheyka bichimi) buyruqlarini
tanlash va bayroqcha (flajok) belgisini «Переносить по словам» degan ibora ustiga
joylashtirish kerak. Yacheykada yangi satrni boshlash uchun Alt + Enter tugmalarini bosish
kerak.
Ustun kengligini o‘zgartirish. Bir yoki bir nechta ustun kengligini o‘zgartirish usullarini qarab chiqamiz. Buning uchun
o‘zgartirish kerak bo‘lgan ustunlarni belgilab olish kerak. Ular bir xil o’zunlikdagi yacheykalar
bo‘lishi lozim.
· Sichqoncha ko‘rsatkichini ustunning o’ng chegara chizig’iga olib kelib, ustun kengligini
keraklicha o’zaytirish.
Bu ish sichqoncha tugmasi bosilgan holatda amalga oshiriladi.