5-maruza. Jadval redaktorlardan iqtisodiy masalalarni yechish jarayonida foydalanish


· «Главная» - «Формат» — «Ширина столбца»



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/15
tarix18.06.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#132179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
2-savolga

· «Главная» - «Формат» — «Ширина столбца» (Ustun kengligi) buyruqlarini ketma-ket 
tartib bilan tanlab muloqot oynasida parametrga kerakli qiymat beriladi va OK tugmasi 
bosiladi(7-rasm). 


Bunda ajratib ko‘rsatilgan ustun kengligi shunday tanlanadiki, unga eng o’zun ma’lumotlar 
qatorini kiritish mumkin bo‘ladi. 
Ustunning o’ng chegarasiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib kelib, sichqonchaning chap tugmasi 
ikki marta tez-tez bosilsa, kiritilayotgan qatorning eng o’zun ma’lumoti sig‘adigan ustun kengligi 
avtomatik ravishda tanlanadi. 
Qatorlar balandligini o‘zgartirish 
Qatorlarga ma’lumotlarni kiritish uning shriftiga, ya’ni kiritilayotgan belgilarning o‘lchamiga 
bog‘liq bo‘lib, ko‘pincha NORMAL bichim (stil) ishlatiladi. Microsoft Excel dasturida 
qatorlarning balandligi kiritilayotgan ma’lumotlarning qanday o‘lchamdagi shriftda yozilganiga 
qarab avtomatik ravishda o‘zgarib boradi. Bundan tashqari qatorlar balandligini yuqoridagi 
ustunlar kengligini o‘zgartirish buyruqlari orqali ham o‘zgartirish mumkin.
Buning uchun · «Главная» - «Формат» — «Высота строки» (Qator balandligi) buyrug‘i 
olinadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
Sonlarni kiritish 
Har bir yacheykaga kiritilayotgan sonlar o‘zgarmaslar (konstantalar) sifatida qabul qilinadi. 
Microsoft Excel dasturida sonlar quyidagi 1,2,3,...9,0,+,—,(),/, $,%,E,e belgilari orqali kiritiladi. 
Tugmalarning boshqa barcha kombinatsiyalari orqali kiritilayotgan ma’lumotlar raqamli va 
raqamsiz belgilardan iborat bo‘lib, matn sifatida qaraladi. Manfiy sonlar kiritilayotganda son 
oldiga «—» ishorasi qo‘yiladi yoki son qavs ichiga olinib yoziladi. Masalan, -5 yoki (5). 
Kiritilayotgan sonlar hamma vaqt yacheykaning o‘ng chegarasidan boshlab yoziladi.
Kiritilayotgan sonli qiymatlar bichimlanmagan holatda bo‘ladi, boshqacha aytganda, ular oddiy 
raqamlar ketma-ketligidan iborat bo‘ladi. Shuning uchun sonlarni bichimlash zarur. Sonlarni 
bunday bichimlashdan maqsad — yacheykadagi ma’lumotlarni, ya’ni sonlarni oson o‘qish 
imkonini berishdir. 
Microsoft Excel 2007 dasturi dasturida sonli qiymatlar 12 xil bichimlanadi (8.8-rasm). 


1. Umumiy.
2. Sonli. 
3. Pul bilan bog‘liq.
4. Moliyaviy.
5. Qisqa sana. 
6. To’liq sana. 
7. Vaqt
8. Foiz bilan bog‘liq.
9. Kasrli.
10. Eksponensial.
11. Matnli.
Boshqa son formatlari. 
Agar yacheykadagi belgilar o‘rnida «reshetka» (#####) paydo bo‘lsa, tanlangan bichimdagi 
sonlar ustun kengligiga sig‘magan hisoblanadi. Bunday hollarda ustun kengligini o‘zgartirish yoki 
boshqa sonli bichimlashga o‘tish kerak bo‘ladi. 
Agar sonli qiymatlar bichimlangandan keyin yacheykadagi jadval kursorini sonli qiymatlari 
bilan boshqasiga o‘tkazilsa, formulalar qatorida sonli qiymatlarning bichimlanmagan ko‘rinishi 
hosil bo‘ladi, chunki bichimlash sonli qiymatning yacheykadagi ko‘rinishigagina ta’sir etadi. 
Sonlarni bichimlash. Bichimlashdan oldin kerakli yacheykalarni ajratib olish zarur. 
Uskunalar paneli yordamida bichimlash. Uskunalar panelida bir qancha bichimlash tugmalari 
joylashgan bo‘lib, ular kerakli bichimlash turini tez tanlab olish va foydalanish imkonini beradi.
Yacheykalar ajratilgandan keyin tanlangan tugmalarga sichqoncha ko‘rsatkichini olib borib
tugmasini bosish kerak. Shundan so‘ng yacheykada tanlangan bichim asosida ish olib boriladi. 
Bosh menyu yordamida bichimlash. Bosh menyuda bichimlash buyrug‘i quyidagi tartibda 
amalga oshiriladi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin