G‘ildirak juftliklari kuzov, aravachalar va barcha jihozlar, shuningdek bevosita g‘ildirak juftliklariga o‘rnatilgan detallarning og‘irliklarini qabul qiladi va relsga uzatadi. Elektrovoz harakatlanishida g‘ildirak juftliklari relsli iz bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi, yo‘l notekisliklaridan yuzaga keladigan zarblar (vertikal va gorizontal) va yo‘naltiruvchi kuchlarni qabul qiladi, o‘z navbatida g‘ildirak juftligi yo‘lga qattiq ta’sir ko‘rsatadi. G‘ildirak juftligi orqali TEM ning aylanish momenti uzatiladi, tortuv va tormoz rejimlarida esa g‘ildiraklarni rels bilan kontakti joylarida ilashish kuchlari yuzaga keladi.
G‘ildirak markazi konstruksiyasiga ko‘ra g‘ildirak juftliklarining quyidagi klassifikatsiyasi qabul qilingan:
G‘ildirak markazi konstruksiyasiga ko‘ra g‘ildirak juftliklarining quyidagi klassifikatsiyasi qabul qilingan:
-Spitsali ;
-Diskli quyma – (VL60, VL80 elektrovozlari)
-Diskli katankali;
-Yaxlit katankali.
Aravacha ramasi turiga ko‘ra g‘ildirak juftliklari tashqi va ichki sheykali bo‘lishi mumkin. Xususiy yuritmali elektrovozlarda tashqi ramalar va tashqi sheykali g‘ildirak juftliklari qo‘llaniladi.Ichki sheykali g‘ildirak juftliklari o‘tgan asrning 20-30 yillarida ishlab chiqarilgan guruhli yuritmali elektrovozlarda qo‘llanilgan.
Aylanish yuzasi bo‘yicha g‘ildiraklarning diametri: teplovozlarda – 1050 mm; yo‘lovchi elektrovozlarda – 1200 mm; yuk elektrovozlarida – 1250 mm. Bandaj va tishli g‘ildirak bilan g‘ildirak markazi o‘rnatish yuzasi yakuniy ishlov berilganidan so‘ng o‘qqa 1080 - 1470 kN kuch bilan presslab o‘rnatiladi
G‘ildirak juftliklari o‘qi dumaloq ko‘ndalang kesimli brusdan iborat (3.2-rasm). O‘qning diametri butun uzunligi bo‘yicha bir xil emas: o‘qning eng katta diametri g‘ildirak gupchagi presslab o‘rnatiladigan gupchak osti qismidir. O‘qning bu qismi eng katta yuklanishlar ta’sirida bo‘ladi, va shu qismda o‘qning darz ketish (sinish) xollari ko‘p uchraydi.