5-ma’ruza. Ma`lumotлар modeli. Relyatsion ma`lumotlar modeli va relyatsion algebra. Ma`lumotlarning modeli


Ma`lumotlarni ierarxik va tarmoqli modellari



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə2/12
tarix23.06.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#134377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
5-ma’ruza. Ma`lumotлар modeli. Relyatsion ma`lumotlar modeli va

2. Ma`lumotlarni ierarxik va tarmoqli modellari


Ierarxik model daraxtsimon graf ko`rinishida berilib, unda ob`ektlar bog`langan satx (ierarxik) ko`rinishida ajratiladi.
Ushbu model ma`lum qoida asosida quriladi. Bu qoidaga muvofik har bir xosil qilingan tugun (uzel) faqat bir kirishga ega bo`ladi. Strukturada fakat bitta hosil qilinmagan tugun bo`lishi mumkin. Bu tugun ushbu modelning ildizi hisoblanadi. Agar tugunning chiqish strelkasi bo`lmasa u barg deb ataladi. Strukturada bunday barglardan bir nechta bo`lishi mumkin. Tugun yozuv deb interpretatsiya qilinadi. yozuvni qidirish uchun esa ildizdan bargga karab harakat kilinadi (yuriladi), ya`ni yuqoridan pastga qarab yuriladi. Bunday yondashuv qidirish jarayonini osonlashtiradi (6.1-rasmga qaralsin).
Usulning afzallig: strukturani bayon qilishda mantiqiy va fizik satxlardan foydalanish mumkin.
Usulning kamchiligi: ma`lumotlarning elementlari orasidagi va ma`lumotlarning fizik va mantiqiy tashkil qilishdagi o`zaro o`zgarmas bog`likligi tufayli bog`liklikning har qanday o`zgarishi strukturani o`zgarishiga olib keladi.
Yukoridagi birinchi satxda «Etkazib beruvchilar» (P) ning ob`ekti


6.1-rasm. Ma`lumotlarning ierarxik modeli.
to`g`risidagi, ikkinchi satxda har bir P1 , P2 va P3 yetkazib beruvchilar to`g`risidagi, uchinchi satxda esa yetkazib beruvchilarning maxsulotlari (T) to`g`risidagi axborotlar turadi.
Ierarxik model elementlari o`rtasidagi bog`lanishda «bittadan ko`pchilikka» usuli qo`llaniladi. Agar elementlar o`rtasidagi bog`lanishlarda «ko`pchilikdan ko`pchilikka» usuli qo`llanilsa, ma`lumotlarning tarmoqli modeli hosil bo`ladi.
Tarmoqli modelda yozuvlar o`rtasida ixtiyoriy bog`lanish turlari qo`llanishi mumkin bo`lib, «teskari bog`lanish» uchun cheklanish qo`yilmagan (6.2-rasm).

6.2-rasm. Ma`lumotlarning tarmoqli modeli.
Tarmoq MB ni bayon qilishda ikki turdagi guruhlar qo`llaniladi: «yozuv» va «aloqa». Aloqa» turi ikki turdagi «yozuv» larni aniqlaydi: ajdod va avlod. O`zgaruvchi turidagi «aloqa» aloqaning nusxasidir. Tarmoq modelida bitta qoida qo`llaniladi: aloqa asosiy va bog`liqli yozuvlarni o`z tarkibiga oladi.
Usulning afzalligi: ierarxik modelga nisbatan kattagina axborotli moslashuchanligi.
Usulning kamchiligi: MB sxemasining moslanuvchan emasligi va o`ta murakkabligi, hamda oddiy foydalanuvchilar uchun MB dagi axborotlarni ishlash va tushunish qiyinligidadir.
Mashina muhitidagi ma`lumotlarning murakkabroq modellari, fayl modeliga nisbatan, tarmoqli va ierarxik modeli hisoblanadi. Bu modellar ularning o`zlariga xos turdagi MBni boshqarish tizimida ishlatiladi. Mashina “tashuvchisi”dagi MBBTga asos qilib olingan ma`lumotlar modelining turi MBBTni tasnifiy belgilarining eng muhimlaridan biri hisoblanadi. MBBTda ma`lumotlarni mantiqiy tashkil etish usuli ma`lumotlarning tarmoqli yoki ierarxik modeliga mos holda ko`rsatiladi. Bunday model o`zaro bog`liq ob`ektlarning majmuidir. Ikki ob`ektning aloqasi ularning bir-biriga tobeligini aks ettiradi. Tarmoqli yoki ierarxik modelida ob`ekt bo`lib, MBBT kiritilgan ma`lumotlar tuzilmasining asosiy turlari hisoblanadi. Turli MBBTlarda bu turdagi ma`lumotlarning tuzilmasi turlicha aniqlanishi va nomlanishi mumkin (yozuv turi, fayl, segment).

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin