5-ma’ruza. Ma`lumotлар modeli. Relyatsion ma`lumotlar modeli va relyatsion algebra. Ma`lumotlarning modeli



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə6/12
tarix23.06.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#134377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
5-ma’ruza. Ma`lumotлар modeli. Relyatsion ma`lumotlar modeli va

Nazorat savollari

  1. Ma`lumotlar modeli va uning turkumlari.

  2. Tarmoq modeli amaliyotda qo`llaniladigan o`rinlariga misollar.

  3. Ierarxik va tarmoqli modellarini birgalikda qo`llash mumkinmi?

  4. Ma`lumotlarni modellashtirish deganda nimani tushunasiz?

§7. Relyatsion ma`lumotlar modeli va relyatsion algebra

1. Tushunchalar


Ma`lumotlarning relyatsion modeli 1970 yil IBM firmasining xodimi Edgar Kodd tomonidan taklif etilgan. Relyatsion MBning asosiy g`oyasi MB strukturasini soddalashtirishga qaratilgan. Unda ierarxik modeldagi kabi avlod va ajdodlarga yaqqol ko`rsatgichlar yo`q, barcha ma`lumotlar star va ustunlarga bo`lingan oddiy jadvallarda tasvirlanadi. Relyatsion modeldagi asosiy tushuncha “munosabat” (relation) hisoblanadi.
Ma`lumotlarning shunday modeliga relyatsion model deyiladi, unda barcha ma`lumotlar foydalanuvchiga jadval shaklida xavola etiladi va MB ustidagi barcha amallar jadvalllar ustiga amallarga olib kelinadi. Har bir jadval MB tarkibida o`z nomiga ega bo`ladi, hamda satr va ustunlardan iborat bo`ladi. Har bir jadval real dunyodagi ob`ektlar (mohiyat) tipini aks ettiradi, har bir satri esa ob`ektning konkret nusxasini bildiradi.
Relyatsion munosabat jadval tarzida ifodalanib, jadvalning har bir satri kortejni, ustunlar soni munosabatning ko`rsatkichi (darajasi), satrlari soni quvvati (kardinal soni) hisoblanadi. Jadval ustunini – atribut, ustun sarlavhasini – atribut nomi, sarlavha ostidagi elementini – artibut qiymati deb atashadi.
MBda munosabat (jadval) nomi va undagi atribut(ustun)lar o`z nomiga ega bo`ladi hamda bu nomlanishi betakror (qaytarilmas) bo`lishi talab etiladi (atributlarning nomlanishi boshqa munosabatlarda qaytarilishi mumkin, ya`ni bitta jadvaldagi ustunning nom boshqa jadvalning ustun nomi sifatida ishlatilishi mumkin). Ixtiyoriy jadval kamida bitta ustunga ega bo`ladi; ustunlar jadvalda ularni yaratish tartibida joylashadi. Satrlar ustunlardan (atributlar) farqli ravishda nomga va joylashish tartibiga ega emas. Ularning miqdori chegaralanmagan.
Relyatsion MBdagi asosiy tushunchalarga quyidagilar kiradi.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin