5 ma’ruza Mavzu: Sodda shifrlash algoritmlari. O’rinlarini almashtirish shifrlari. Reja



Yüklə 47,83 Kb.
səhifə1/5
tarix22.12.2023
ölçüsü47,83 Kb.
#189259
  1   2   3   4   5
Sodda shifrlash algoritmlari


5 - ma’ruza
Mavzu: Sodda shifrlash algoritmlari. O’rinlarini almashtirish shifrlari.
Reja:

  1. Shifrlash algoritmlari klassifikatsiyasi.

  2. O‘rniga qo‘yish shifrlari.

  3. O‘rin almashtirish shifrlari.

  4. Enigma kriptomashinasi.

Tayanch atamalar: simmetrik, assimetrik, oqimli, blokli, o‘rin almashtirish, o‘rniga qo‘yish, bir alfavitli, ko‘p alfavitli, enigma mashinasi.

  1. Shifrlash algoritmlari klassifikatsiyasi

Shifrlash algoritmlari asoslarini ochiq ma’lumotni ifodalovchi alfavit belgilarini yoki belgilar birikmalarini (ularni shifr qiymatlar deb ham ataladi) shifrma’lumotni ifodalovchi alfavit belgilariga yoki belgilar birikmalariga (ularni shifrbelgilar deb ham ataladi) akslantiruvchi matematik modellar tashkil etishi yuqorida ta’kidlangan edi. Shuning uchun ham shifrlash algoritmlarini sinflarga ajratishning boshlang‘ich bosqichi, ular negizidagi akslantirish turlari asosida amalga oshiriladi. Agar shifrlash jarayonida ochiq ma’lumot alfaviti belgilari shifr ma’lumot alfaviti belgilariga almashtirilsa, bunday akslantirishga asoslangan shifrlash algoritmi o‘rniga qo‘yish shifrlash sinfiga kiradi. Agar shifrlash jarayonida ochiq ma’lumot alfaviti belgilarining o‘rinlari almashtirilsa, bunday shifrlash algoritmi o‘rin almashtirish shifrlash sinfiga kiradi. Ko‘rinib turibdiki, o‘rin almashtirish shifrlash algoritmlarida ochiq ma’lumotni tashkil etuvchi alfavit belgilarining ma’nosi shifr ma’lumotda ham o‘zgarmasdan qoladi. Aksincha, o‘rniga qo‘yish shifrlash algoritmlarida shifrma’lumotni tashkil etuvchi alfavit belgilari ma’nosi ochiq ma’lumotni tashkil etuvchi alfavit belgilarining ma’nosi bilan bir hil bo‘lmaydi. Shifrlash jarayonida o‘rniga qo‘yish va o‘rin almashtirish akslantirishlarining kombinatsiyalaridan birgalikda foydalanilsa, bunday shifrlash algoritmi kompozitsion shifrlash turkumiga kiradi. Demak, shifrlash algoritmlari akslantirish turlariga qarab o‘rniga qo‘yish, o‘rin almashtirish va kompozitsion shifrlash sinfiga bo‘linadi


  1. Yüklə 47,83 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin