Monokolonial antitelolar
Gormonal preparatlar
Rekombinant DNK texnologiyasi yordamida olingan dori vositalari
Aminokislotalar
Vaksinalar
Vitaminlar
Sitokinlar
N- va L-zanjirlari o‘zgaruvchan (VH i VL ) va o‘zgarmas (CL, SN|, Sn2 i Snz) domenlardan iborat. O‘zgaruvchandomenlaresa CDR-qismlarni (CDR1, CDR2 i CDR3) o‘z ichiga oladi.
Dorivor moddalarni ta`sir etishi kerak bo‘lgan joyga olib borish uchun bir necha usullardan foydalaniladi:
Liposomalarga kiritish; bunda lipasomalarni lipid qatlami kerakli organlarni hujayralari bilan yuqori darajada o‘xshagan bo‘lishi kerak;
Maxsus toksinlarni genlarini shishini yo‘qotadigan limfotsitlarga joylashtiriladi, oqibatda ular toksinlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ridan shishni ichiga kiritib, chiqaradilar;
Dorivor moddalar monoklonal antitelalarga yoki aniq hujayralarni sirtidagi oqsillarga nisbatan spetsifik bo‘lgan monoklonal antitelalarni Fv – fragmentlariga bog‘lanadi, masalan, shish hujayralari (rasm A).
Dorivor moddalarni faol bo‘lmagan shaklidan foydalaniladi va ularni tegishli fermentlar yordamida faollashtiriladi.
Antigenni intakt antitela bilan bog‘langanidan keyin immun javob ishga tushadi:
Kompliment tizimi (sistemasi) faollashadi; bu tizimni kompanentlari hujayra membranalarini parchalaydilar, fagotsitlarni faollashtirib, immun javob sistemasini boshqa kompanentlarini ishga solib, signallarni tiklaydilar (generatsiya qiladilar).
Antitelani Fc-uchastkasini effektor hujayrani Fc-retseptori bilan bog‘lanishi natijasida, hujayra sitotoksinligi orqali o‘tadigan reaksiya ishga tushadi. Faolashgan effektor hujayra, begona hujayrani lizis qiladigan moddalarni bo‘shatadi. Bu moddalar bilan antitela molekulasini Fab-uchastkasi bog‘g‘lanadigan bo‘ladi.
Eriydigan antigen bilan Fab-uchastka bog‘langandan keyin, antiteloni Fc-uchastkasi fagotsitlarni retseptorlariga bog‘lanishi mumkin, ular esa, antigen-antiteloni ushlab olib, bu kompleksni parchalab yuboradi.
Dostları ilə paylaş: |