Agrar qonunchilik nima?
|
Qishloq xo’jaligida va qishloq aholisi hayoti bilan bog’liq holda amalga oshayotgan jarayonlarga ta’sir o’tkazadigan huquqiy me’yorlar
|
Qishloq xo’jaligi tarkibini o’zgartirishga qaratilgan amaliy tadbirlar
|
Eksport faoliyatini tartibga soluvchi qonun va qonunosti hujjatlari
|
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonunlar majmui
|
2-Topshiriq. Agrar sohada amalga oshirilgan institusional o’zgarishlar jarayonining bosqichlari bilan tarnishing va har bir bosqichning xususiyatlari nimalarda iborat ekanligini yozma izohlang.
Bosqichlar
|
Institutsional asoslari
|
Xususiyatlari
|
Birinchi bosqich
(1991 – 1995 yillar)
|
“Dehqon (fermer) xo’jaliklari to’g’risida”gi qonun qabul qilindi, Vazirlar Mahkamasining 438–sonli “Qishloq xo’jalik mahsulotlari kontraktasiyasi shartnomalarini tuzish va bajarish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash to’g’risida”gi qarori, “Shahar va posyolkalarda yer uchastkalarini mulkka o’tkazish, auksion asosida sotish haqida”gi qarori.
|
|
Ikkinchi bosqich
(1996-2003 yillar)
|
“Yer to’g’risida”gi, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”gi, “Ijara to’g’risida”,“Mulkchilik to’g’risida”gi, “Shirkat xo’jaligi to’g’risida”gi “Dehqon xo’jaligi to’g’risi”dagi, “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi qonun, “Lizing to’g’risida”gi qonunlar hamda “Mehnat kodeksi”, “Yer kodeksi”.
|
|
Uchinchi bosqich
(2004–2007 yillar)
|
“Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi qonunning yangi tahriri, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “zarar ko’rib ishlaydigan, past rentabelli va istiqbolsiz shirkat xo’jaliklarini fermer xo’jaliklariga aylantirish” to’g’risidagi qarori, va “O’zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tashkil qilinishi.
|
|
To’rtinchi bosqich
(2008-2016 yillar)
|
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer xo’jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydonini maqbullashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi F-3077-sonli Farmoyishi, “Inqirozga qarshi choralar”dasturi, “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi v.b.
|
|
2017-yildan
|
2017-yil 19-maydagi “Buxoro viloyatida zamonaviy paxtachilik-to‘qimachilik klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2978-son qarori, hamda 2017-yil 15-sentyabrdagi “Sirdaryo viloyatida zamonaviy paxtachilik-to‘qimachilik klasterini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3279-son qarori
|
|
3-topshiriq. O‘zbekistonda qishloq xo’jalik klasterlari bo’yicha SWOT tahlilini amalga oshiring.
Topshiriqlarning talabalar tomonidan bajarilishini nazorat qilish va yo’l-yo’riqlar berish.
Topshiriqlarni yechishning asosiy natijalari bo’yicha xulosa va takliflar.
Savol-javoblar.
Uyga vazifa.
8.1. O’tilgan mavzuni o’qib chiqish.
8.2. Berilgan tushunchalarga izohlar yozish.
8.3. Mavzu bo’yicha test va krossvordlar tuzish.
Dostları ilə paylaş: |