5-Mavzu: Aholini dori vositalar va t



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə2/7
tarix25.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#161272
1   2   3   4   5   6   7
5-Mavzu. Aholini dori vositalar va tibbiy

4-rasm. Retsept asosida dori tayyorlash assistent xonasi

Ayrim holatlarda dorixonalar ixtisoslashtirilgan bO’ladi, chunki mahsuslashtirilgan dorixonalar, aholini va davolash-profilaktika muassasalarni yuqori sifatli faoliyatni ta'minlash xizmatiga ega bo’lib, quyidagi sifat kO’rsatgichlari bilan farq qiladi:


- tayyor dori vositalarini oldi-sotdi savdosi bilan shug’ullanadigan mahsus tayyor dori vositalar bilan savdo qiluvchi dorixonalar;
- ta'minoti, faoliyati, xususiyati bilan farq qiladigan mayda ulgurji savdo va shifoxonalararo dorixonalari;
- alohida kontingentli bemorlarga xizmat qiladigan bolalar va yoshi ulug’ qariyalarga xizmat qiladigan geriatrik dorixonalar;
- sotilayotgan dori vositalarni mahsus guruhlariga xos dori vositalari, dorivor O’simliklar bilan savdo qiladigan dorixonalar, gomeopatik dorixonalar, va mahsus kasalliklarni davolashga ixtisoslashtirilgan (teri-tanosil, ruhiy va diabet kasallari uchun) dorixonalar, O’quv ishlab chiqarish dorixonalari bo’lishi mumkin. Aksiyadorlik dorixonalar esa, O’z faoliyatlarini kO’rsatishda tuman, shahar, qishloq hududida joylashib aholiga dori vositalari va boshqa tibbiyot buyumlari savdosi bilan xizmat qiladilar.
Tayyor dori vositalari savdosi bilan xizmat qiladigan dorixonalar asosan shaharlarda, qishloqlarda, poliklinikalar qoshida va boshqa joylarda tashkil qilinib, ular aholini resept asosida yoki reseptsiz berishga ruhsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar, sanitariya-gigiena, buyumlari, bog’lov materiallari va bemorlarni parvarish qilishda ishlatiladigan ashyolar bilan uzluksiz ta'minlab turadilar.

18
Maxsus, bolalarga xizmat qiladigan dorixonalar asosan katta shaharlarda yoki viloyat markazlarida tashkil etilib, bolalar uchun ishlab chiqarilgan kichik dozada tayyorlangan dori vositalari yoki ekstemporal ravishda resept asosida tayyorlanadigan dori vositalari bilan savdoni amalga oshiradi. Dorixonada dori tayyorlash uchun zarur dori xom - ashyolari (substansiyalar) va yordamchi materiallar zaxirasi bo’lishi zarur. Shuningdek, bolalar uchun tayyorlanadigan dori vositalari boshqa tayyorlanadigan dori vositalaridan, ta'mi, rangi va tashqi ko’rinishi bilan farq qilishi kO’zda tutiladi.
Geriatrik dorixonalar asosan, yoshi ulug’ insonlarga xizmat qilish uchun ixtisoslashtirilgan bo’lib, ushbu dorixonalarda qariyalarni yoshi, ruhiy fiziologik holatlarini e'tiborga olib, tegishli tartibda shifokorlar tomonidan yozib berilgan reseptlar asosida dori vositalarini berishlari kO’zda tutilgan. Shuningdek, ushbu dorixonalar dori vositalarni saqlash, ichish tartib-qoidalarini ularga aniq tushuntirib berishlari va qariyalarga dori vositalarini qabul qilish bo’yicha maslaxat beruvchi markaz hisoblanadi.
Geriatrik dorixonalar shu toifadagi aholini dori vositasi bilan ta'minlanayotganligini har taraflama tahlil qilib, ular uchun zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar ehtiyojini doimo O’rganib boradi va bu savdo assortimentini dorixonada uzluksiz ravishda bo’lishini ta'minlaydi.
Dorivor O’simliklar dorixonasi odatda yirik shaharlarda va viloyat markazlarida aholini dorivor O’simliklardan tayyorlangan dori vositalari damlama, qaynatma holida shifokorlar resepti bilan va reseptsiz har xil choylar holida, sharbatlar shaklida fitobarlarda tayyorlab, aholi uchun foydali va nisbatan bezarar bo’lgan dori vositalari bilan ta'minlash uchun tashkil qilinadi.
Bu dorixonalarning resepturasida O’ziga xos murakkablik tomonlari ham mavjud, chunki ayrim yig’malar tarkibiga o’nlab dorivor o’simliklar xom ashyosi kiritiladi, shuning uchun bu yig’malarni tayyorlash belgilangan tartib asosida amalga oshirilib, farmatsevtdan O’ziga xos bilim va maxoratni talab etadi.
Dorivor O’simliklardan tayyorlangan dori vositalarga aholi ehtiyojini qondirish ayrim hollarda farmatsevtlar va shifokorlar hamkorligida choy, qaynatma, damlama yoki kokteyl shaklida dorixonani O’zida alohida bo’limlarda va fitobarlarda tashkil qilinishi ham mumkin.
Gomeopatik vositalar muomalasini amalga oshiruvchi dorixonalar ham ixtisoslashtirilgan dorixonalar turkumiga kirib, ular ham ma'lum darajada aholini O’ziga xos gomeopatik reseptlar asosida tayyorlangan dori vositasilari bilan ta'minlashga yordam beradi. Ushbu dorixonalarni iloji boricha, geriatrik bemorlarni davolash uchun tashkil qilingan mahsus davolash va davolash-profilaktika muassasalari atrofida bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
Gomeopatik dorixonalarda dori vositalari asosan, tayyor dori vositalari shaklida beriladi, lekin bu xildagi dorixonalarda ham ekstremporal holda ayrim dori vositalarini tayyorlash ishlarini yO’lga qO’yish mumkin. Hozirgi kunda alohida maqomga ega bo’lgan gomeopatik dorixonalar Respublikamizda tashkil etilgan emas, lekin ma'lum dorixonalarda alohida gomeopatiya bO’limi sifatida tashkil qilingan. Ta'kidlash joizki, Toshkent farmatsevtika institutining

19
mutaxasisslik kafedralarida ko’plab gomeopatik dori shakllari texnologiyasi, ayniqsa Respublikamizda mavjud bo’lgan xom - ashyolardan asos sifatida foydalanib amaliyotda qo’llash uchun ilmiy ishlanmalar yaratilgan.


O’quv - ishlab chiqarish dorixonalari asosan, yosh mutaxassislarni va yuqori kurs talabalarni tayyorlash, magistratura amaliyoti mashg’ulotlarini O’tkazish, hamda farmatsevtlarni malakasini oshirish uchun baza sifatida tashkil qilinib, shu bilan birga aholini va davolash-profilaktika muassasalarini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta'minlab turish ishlarini ham amalga oshiradi.
Ushbu dorixonalarda O’quv va amaliy mashg’ulotlarni O’tkazish uchun qo’shimcha xonalar bo’lib, bu xonalarni O’quv va amaliy mashg’ulotlar uchun zarur bo’lgan asbob-uskunalar va boshqa anjomlar bilan jihozlanadi. O’quv – komp'yuter xonalari, zamonaviy pedagogik texnologiyalarga oid masofali O’qitishga mo’ljallangan texnika vositalari, O’quv adabiyotlar va tegishli me'yoriy hujjatlari bilan ta'minlanishi maqsadga muvofiq.
O’quv - ishlab chiqarish dorixonalari ilmiy izlanishlar yoki ilmiy izlanishlar samarasini dorixona amaliyotiga tatbiq etishga ham mo’ljallangan holda qurilib tashkil etiladi.
Shuningdek, talabalarni malakaviy bitiruv va magistratura talabalarini magistirlik dissertasiyasini bajarish uchun ham baza bo’lishi mumkin.
Mulkchilik shaklidan qat'iy nazar dorixonalarning asosiy vazifalari aholini, davolash-profilaktika muassasalarini va boshqa tashkilotlar, maktab, bolalar bog’chalari va ayrim ishlab chiqarish korxonalarining tibbiy sanitariya qismlarini dori vositalari, sanitariya-gigiena buyumlari, dezinfeksiya vositalari va bemorlarni parvarish qilishda ishlatiladigan tibbiy buyumlar bilan uzluksiz ravishda ta'minlab turishdan iborat.
Tibbiy buyumlar jumlasiga kasallikning oldini olish, tashxis qO’yish va davolash uchun tibbiyotda qo’llaniladigan buyumlar kiradi. Bog’lash va tikish materiallari, shprislar, qon va infuzion eritmalarni quyishga mo’ljallangan sistemalar, bemorlarni parvarishlashda qo’llaniladigan ashyolar va materiallar shular jumlasidandir.
Dorixonalar bajargan ishlari, mulkchilik shakllari e'tiborga olingan holda ular ishlab chiqarish, ta'minlash, savdo va xO’jalik faoliyatlari bilan shug’ullanadi.
Dorixonalarni ishlab chiqarish faoliyati shundan iboratki, ular dorixonada shifokorlar tomonidan yozilgan resept asosida va DPM larni talabnomalari va boshqa tashkilotlarni buyurtmalari asosida dori vositalari tayyorlab beradilar yoki tayyor dori vositasini beradilar, laboratoriya-qadoqlash ishlarini bajaradilar, aholiga tayyorlab berilayotgan ekstemporal dori vositalari va tayyor dori vositalarini sifatini nazorat qiladilar va tegishli tartibda ularni rasmiylashtirgan holda tashki tomondan bezalishiga e'tibor beradilar.
Shuningdek, dorixonalar O’zlariga yuklatilgan vazifalarga mos ravishda quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
- tibbiyot xodimlari O’rtasida tegishli tartibda axborot berish ishlarini O’tkazish, unda dorixonadagi mavjud va yangi dori vositalari to’g’risida ma'lumot berish, birorta dori vositasi bO’lmay qolganda uni O’rnini bosuvchi boshqa dori

20
vositasini taklif qilish, bu dori vositalarni ishlatish tartibi, dozasi va saqlash qoidalari to’g’risida ob'ektiv va mukammal ravishda axborot ishlarini O’tkazadilar;


- ayrim hollarda O’zlarida vaqtincha yO’q dori vositalarini, boshqa dorixonalarda mavjud ekanligi aytib uni manzili bemorga tushuntirib beriladi;
- dorivor O’simliklar xom ashyosini terish, yig’ish, tayyorlash, saqlash ishlarini amalga oshiradilar, xuddi shunday ishlarga ularga biriktirilgan dorixona filiallarini ham jalb etadilar;
- dorixonalarda sanitariya-gigiena talablari asosida tegishli boshqaruv ishlarini amalga oshiradilar;
- zarur bo’lib qolgan taqdirda bemorlarga birinchi tez tibbiy yordam kO’rsatishlari zarur.
Xuddi shuningdek dorixonalar mulkchilik shaklidan qat'i nazar, zarur bo’lib qolganda aholiga dori vositalari bilan kO’rsatiladigan tibbiy xizmatni yaqinlashtirish maqsadida O’zining dorixona shaxobchalarini ochishi mumkin.
Dorixonalar iqtisodiy kO’rsatgichlari mulkchilik shakli, ishlab chiqarish va savdo faoliyatiga qarab yuqorida qayd etganimizdek, aksionerlik, jamoa va yakka tartibda faoliyat kO’rsatuvchi xususiy dorixonalar va shifoxona dorixonalariga bO’linadi. Bu dorixonalarning faoliyat turlari esa, dorixona ochish tartib qoidalari to’g’risidagi Sog’liqni saqlash vazirligining buyrug’i asosidagi lisenziya berish hay'ati tomonidan Respublika Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida muvofiqlashtirib turiladi.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin