Do – n uzunlikdagi kodli kombinatsiyadagi xato bitlar soni (xatolar karrasi);
lokal:
do – to’g’ri uzatilgan bitlar soni;
ns – uzatilgan bitlar soni;
p – bir holatdan boshqasiga o’tish zarurligini aniqlaydigan vaqtincha o’zgaruvchi;
po – xatolikning mavjudligini aniqlaydigan vaqtincha o’zgaruvchi.
4.6-rasm. Diskret kanal uchun tadqiq qilinayotgan Gilbert modeli SF-diagrammasi
Joriy SF-diagrammasidagi beginG’ holati boshlang’ich hisoblanadi. Joriy holat to’g’ri uzatilgan bitlar hisoblagichini (do) va uzatilgan bitlar (ns) hisoblagichini nol holatiga tushirish uchun kerak.
badG’ holati Gilbert modelining 2 holatiga mos keladi (6.3-rasm). beginG’ holatidan st2G’ holatiga o’tish shartsiz bajariladi. Bunday holatda kanal dastlab “yomon”, ya’ni 2 holatda bo’ladi deb olinadi. Shunga qaramay bu yondoshuv modellashtirish vaqtining katta davrlarida (105 dan yuqori) natijalarga ta’sir ko’rsatmaydi. badG’ holati o’z ichiga uchta avlod holatlarini oladi: bad1G’, bad 2G’ va bad3G’.
bad1G’ holatida kanal 2 holatda bo’lganida xatolik paydo bo’lganligi aniqlanadi. ml.rand(1) funksiyasi [0; 1] intervaldagi tasodifiy sonni beradi. Agar po o’zgaruvchi po > p2o shartni qanoatlantiruvchi qiymat qabul qilsa, bad2G’ holatig o’tish amalga oshadi, ya’ni bu bitta bit uzatganda xato yo’qligiga mos keladi. Aks holda (po ≤ p2o bo’lganda) Do qiymati hisoblagichi T ning qiymati bittaga oshiriladi, chiqishdagi o’zgaruvchi Do ga do qiymati o’zlashtiriladi va beginG’ holatiga o’tish yuz beradi.
bad2G’ holatida uzatilgan bitlar (ns) hisoblagichi va to’g’ri uzatilgan bitlar (do) hisoblagichini bittaga oshirish bajariladi. Agar uzatilgan bitlar hisoblagichi qiymati kodli kombinatsiya uzunligidan kichik bo’lsa (ns < n), bad3G’ holatiga o’tish yuz beradi. Aks holda Do qiymati hisoblagichi T ning qiymati bittaga oshiriladi, chiqishdagi o’zgaruvchi Do ga do qiymati o’zlashtiriladi va beginG’ holatiga o’tish yuz beradi.
bad3G’ holatida badG’ holatidan goodG’ holatiga o’tish zarurati aniqlanadi. Agar p ≤ p21 shart bajarilsa, goodG’ holatish o’tish amalga oshiriladi. Aks holda tizim badG’ holatida qoladi.
goodG’ holati Gilbert modelining 1 holatiga mos keladi. Ushbu holat o’z ichiga ikkita avlod holatlarini oladi: good1G’ va good2G’. Bu holatda xatolik paydo bo’lmaydi.
good1G’ holatida uzatilgan bitlar (ns) hisoblagichi va to’g’ri uzatilgan bitlar (do) hisoblagichi qiymati bittaga oshiriladi. Agar uzatilgan bitlar hisoblagichi qiymati kodli kombinatsiya uzunligidan kichik bo’lsa (ns < n), good2G’ holatiga o’tish yuz beradi. Aks holda Do qiymati hisoblagichi T ning qiymati bittaga oshiriladi, chiqishdagi o’zgaruvchi Do ga do qiymati o’zlashtiriladi va beginG’ holatiga o’tish yuz beradi.
good2G’ holatida goodG’ holatidan badG’ holatiga o’tish zarurati aniqlanadi. Agar p ≤ p21 shart bajarilsa, badG’ holatish o’tish amalga oshiriladi. Aks holda tizim goodG’ holatida qoladi (ya’ni good1G’ holatiga o’tadi).
Shunday holatda, modellashtirish jarayonida Chart bloki chiqishida (6.3-rasm) xatosiz uzatish intervallari davomiyligi (Do) qiymatlari paydo bo’ladi. Ushbu qiymat mos vaqt otschetlari bilan error-free_period1.mat faylidagi TD o’zgaruvchisiga yoziladi (buning uchun «To File» bloki parametrlariga mos qiymatlarni berish kerak). Shunga qaramay SF-diagramma ish siklining har xil davomiyligi natijasida (6.6-rasm) Do qiymati «Chart» bloki chiqishiga modellashtirish vaqtining turli oraliqlarida chiqadi, faylga esa modellashtirish vaqtining har bir birligida yoziladi. Natijada, faylda Do o’zgaruvchi qiymatlarining dublikatlari shakllanadi, bu olingan natijalarni qayta ishlashni murakkablashtiradi. Bu muammoni yechish uchun qiyomati error-free_period1.mat faylidan TD o’zgaruvchisiga yoziluvchi T hisoblagichidan foydalaniladi. Bunday holatda TD uch o’lchamli massiv bo’ladi, birinchi qatorda model vaqti otschetlari qiymati, ikkinchi qatorda T hisoblagichi qiymatlari, uchinchi qatorda esa, Do qiymatlari yoziladi. T hisoblagichi qiymati Do qiymati raqamiga mos keladi, shuning uchun ular modellashtirish vaqti otschetlari o’rniga Do qiymatlari tanlamasi uchun qo’llaniladi.
Petrovich modeli diskret kanalida xatosiz uzatishning intervallari davomiyligi taqsimotini tadqiq qilish uchun Char blokida (4.4-rasmga qarang) SF-diagrammasini yaratish talab etiladi (6.7-rasm).
Joriy SF-diagrammasida quyidagi o’zgaruvchilar ishlatiladi: